Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш


Tayyorlov guruhida applikatsiya qilishga o‘rgatish


Download 0.73 Mb.
bet41/75
Sana06.11.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1750451
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi

Tayyorlov guruhida applikatsiya qilishga o‘rgatish. Dasturda tayyorlov guruhi bolalari bilan mazmunli applikatsiyalarni bajarish ko‘zda tutiladi. Ular ko‘cha, akvarium kabi mavzularda, shuningdek, «Bo‘g‘irsoq» kabi ertaklarga illyustratsiyalar bajarishlari mumkin.
Tayyor shakllarni yopishtirish tayyorlov guruhida ham davom ettiriladi. Simmetrik shakllardan naqshlar tuzishda ularga turli bichim va rangdagi tayyor shakllar beriladi va bu guruhda ham katta guruhdagi kabi qog‘ozni qo‘l bilan yirtish usulidan foydalanish davom etadi.
Ikkinchi kichik guruhda bolalarni appilikatsiya qilishga o‘rgatishga ish uchun beriladigan materiallar va mashg‘ulotni tashkil etish muhim ahamiyatga egadir. Materialning rangi bolalarni diqqatini o‘ziga tortib ularni chalg‘itadi. Shuning uchun dastlab mashg‘ulotlarda material alohida paketlarda tushuntirilib bo‘lgandan so‘ng tarqatiladi. Tarbiyachi mavzuni tushuntirib bo‘lgandan so‘ng material tarqatilib, bolalar materialni topshiriqqa mos ravishda qog‘oz varag‘ida terib chiqadilar. Tarbiyachi dastlab elementlarni qo‘yib yig‘ilganligini tekshiradi, shundan keyingina bolalarga kley ishlatish uchun beriladi. Bu guruhda tarbiyachi bolalar bilan naturani kuzatishi namuna bilan birgalikda olib borishi kerak. Namunani ko‘rayotgan jarayonida tarbiyachi shaklning rangini aniq atashi va barmog‘i bilan uni ko‘rsatib, shu shaklning xususiyatlarini bolaga aniq ko‘rsatib beradi. Tarbiyachi tomonidan ishni bajarilishini ko‘rsatib berilishi bolalarni turli malaka va o‘quvini vujudga kelishida muhimdir. Shuningdek, tarbiyachi ish tartibini ham boshidan ko‘rsatib beradi. Qanday shaklni oldi, qanday qilib quyib kley surtdi va boshqalar. Tarbiyachi o‘zining har bir harakatini so‘z bilan birgalikda olib boradi.
Tayyorlov guruhda ishning dastur materialiga siluet qirqish usuli kiritiladi. Shuning uchun o‘rgatish usullarining harakteri bir muncha o‘zgaradi. Naturani tahlil qilishda tarbiyachi ularning diqqatini barmoq harakati orqali predmetni konturiga tortadi. Bunda harakatni qirqish qaysi qismdan boshlanadigan bo‘lsa o‘sha qismdan boshlash lozim. Bu guruhda bolalar endi predmet konturiga qandaydir detal qirqishga o‘rganadilar (tipratikan ignalari bilan). Albatta bolalarga bu qiyin. Shuning uchun bu ishni bajarishda ikki etapdan foydalaniladi. Oldin tayyorlangan qog‘ozdan umumiy kontur qirqiladi. So‘ngra uning detallari, masalan: oyog‘i yoki suzgichlari qirqiladi.
Ba’zi vaqtlarda siluet qirqish oldindan chizilgan kontur asosida qirqiladi. Bu narsa ko‘proq murakkab o‘simlik elementlaridan dekorativ shakllar tuzishda qo‘llaniladi. Bu guruhda qog‘ozni ikkiga buklab qirqishning murakkabroq usuli bilan tanishtiriladi. Masalan: archa, odam, hayvon shakllari. Yana bu guruhda qirqishning murakkab usuli – qog‘ozni bir necha marta buklash orqali qirqishga o‘rgatish usuli o‘rgatiladi. Bu usul salfetka, qor parchalari hosil qilishda qo‘llaniladi. Tarbiyachi bolalarga qog‘ozni qanday buklash kerakligini, qirqish yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Bu usuldan bolalar keyin dekorativ applikatsiya mashg‘ulotlarida foydalanadilar.
Bu guruhda mazmunli applikatsiya qilish davom ettiriladi. Bunda bolalarni shakllarni to‘g‘ri joylashtirib, yopishtirishga o‘rgatadilar. Oldin umumiy fon, keyin uzoqda joylashgan, so‘ngra o‘rtada va oldinda joylashgan predmetlar yopishtiriladi. Tayyorlov guruhda applikatsiya jamoa ishi sifatida berilishi mumkin. Masalan: «Egri va to‘g‘ri» ertagida bolalar 4 tadan bo‘lib, har bir guruh shu ertakdan ma’lum bir ko‘rinishni bajarishlari mumkin. Bolalar shu ko‘rinish elementlarini qirqib, joylashtirib qurganlaridan so‘ng uni qanday ketma-ketlikda yopishtirish kerakligini aniqlaydilar. Biri yelim surtadi, ikkinchisi uni joylashtiradi, uchinchisi latta bilan mahkam yopishtiradi. Bu ish bolalarni o‘rtoqlik, jamoatchilik ruhida tarbiyalashda katta qimmatga egadir.
Maktabgacha ta’lim muassasasining hamma guruhlarida ixtiyoriy applikatsiya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Lekin o‘rta guruh bolalariga o‘ylagan mavzulari asosida tayyor shakllar beriladi. Katta guruhlarda o‘zlari o‘ylagan mazmunlari asosida qirqadilar. 6-7 yoshdagi bolalar oldindan qiladigan ishlari mazmunini eskizda oddiy qalam bilan chizib olishi, keyin esa shu eskizning detallarini applikatsiya qilishlari mumkin.
Demak, tayyorlov guruhida applikatsiya mashg’ulotida quyidagi texnik malakalarni o’zashtirib, maktabga chiqadilar:

  1. Yelimlash usuli: mo’yqalamga ozgina yelim olish, salfetka yordamida yelimlash (chetidan chiqqan yelimni salfetkaga shimdirish)

  2. Qaychidan foydalanish usuli:

  • geometrik shakl qirqish, kvadratni qiya qirqib uchburchak hosil qilish, to’rtburchakni o’rtasidan qirqib kvadrat kabi shakllar hosil qilish

  • kontur asosida qirqish. Bola nimani tasvirini qirqmoqchi bo’lsa, tarbiyachi qalin chiziq bilan konturni chizib beradi. Bolalar qaychini kontur bo’ylab yurgazadilar.

  • ikki buklab qirqish (simmetrik)

  • bir necha marotaba buklab qirqish (yulduzcha, gul, qor parchasi)

  • ko’z bilan chamalab qirqish (siluet)

  • garmoshka usulida taxlab qirqish. Bu usuldan dekorativ applikatsiyada bezakdan bir yo’la bir nechta hosil qilish uchun ko’proq foydalaniladi







Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling