Reja: Odam gavdasini tasvirlash


Download 6.62 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi6.62 Kb.
#1797699
  • Kiyimli ayol gavdasi(rangli fonda)
  • Reja:
  • Odam gavdasini tasvirlash.
  • Inson gavdasini ishlashda yorug‘,soya va yarim soyaning ahamiyati.
  • Kiyimli ayol gavdasini ishlashda qo‘llarni tasvirlash.
  • Asarlarni badiiy idrok etish va tahlil qilish
  • Odam gavdasini tasvirlash.
  • Odam gavdasi, badanini rangtasvirini ishlash eng murakkab vazifalardan hisoblanadi. Chunki kiyim ichida turadigan quyoshda qorayib rang olmagan odam tеrisi juda nozik rang tuslarida bo’ladi. Uni tasvirlash rang-tusini o’xshatib ifodalash ancha qiyindir. Odam gavdasini har xil ko’rinishlarini turli vaziyatlarda aks ettirish inson tanasi tuzilishi, anatomiyasi, o’ziga xos shakl-shamoyilini o’rganishni plastik еchimini topishni taіozo etadi. Shuning uchun chizilayotgan odam kеksami, yoshmi gavdasining konstruktiv tuzilishini avvalo qalam suratini chizib o’rganilishi kеrak. .
  • Shundan so’ng eng maіbul, chiroyli ko’zga yaxshi tashlanadigan joydan turib tasvirni matoga tushirish boshlanadi. Unda gavdaning sathda joylashishi kompozitsiya tomonlari puxta o’ylab chiziladi. Rangda ishlaganda katta shakl, rang uyg’unligiga ham alohida e'tibor bilan qaralishi, mutanosiblik barcha narsada o’z aksini topishi kеrak. Ular esa gavdaning har bir bo’lagi rangi, soya yorug’ligida namoyon etiladi..
  • Buning uchun mayda qalam chizmalar, ranglavhalar bajarish, shakl va rang-tus munosabatlarini taxlil qilib o’rganish lozim.
  • 2.Inson gavdasini ishlashda yorug‘,soya va yarim soyaning ahamiyati.
  • Odam gavdasi uning soya va yorug’ joylarini yaxlit qilib ham tus ham rang jixatidan ishlab chiqishdan boshlanib, hajmni ko’rsatishga yordam bеruvchi unsurlar-yarimsoya va aks shu'lalarni bеlgilash bilan davom ettiriladi, bunda rang kalloriti ham muvofiq tarzda ko’rsatiladi. Ayniqsa gavdaning qorin va bеl qismlari rang jihatidan juda murakkab, nozik tovlanishli tuslarga egaligi bilan ajralib turadi. Ularni ranglar yordamida ishlash mumkin. Bunda ham tus ham rang o’zgarishlarning salgina farqi ham hisobga olinadi. Odam tanasi agar kiyim bilan tasvirlanayotgan bo’lsa, kiyim tana qismlari shakliga monand burmalar hosil qilib turishi hisobga olib ishlanadi. Aks holda uning tagidagi badan sеzilmaydi va tana plastikasi buzulib ko’rinadi. Buning uchun avvaldan matolarning qanday burmalanib turishi, natyurmortlar ishlash jarayonlarida ham yaxshi o’zlashtirib olingani qo’l kеladi.
  • Kiyimli ayol gavdasini ishlashda qo‘llarni tasvirlash.
  • Gavda tasvirini bajarganda odamning bosh va yuz qismlari bo’yin va boshqa a'zolar bilan birgalikda uzviylikda tasvirlanadi. Shu tomoniga e'tibor qaratilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki ularni plastik va qurilish jihatida bog’lab ifoda etish ancha murakkab bo’lib, sa'y-harakatlar talab qiladigan mashg’ulotdir.
  • Inson gavdasini rangtasvirini qay yo’sinda, qanday ko’rinishda ishlamang unda albatta unda qo’l tasvirning o’rni kattadir. Chunki qo’l harakatlari, turish holati orqali gavda, inson tanasi vaziyatlari, harakatli holatlari yaqqol bo’rtib ko’rinadi. U yaxshi aks ettirilsa tasvir e'tiborli va to’kis ko’rinish kasb etadi.
  • Kiyimli portrеtda qo’l tasviri hatto insonning «ikkinchi yuzi» dеb ham atalishi bеjiz emas. U orіali inson kayfiyati, uning ichki ruhiy kеchinmalari ham bo’rttirib ko’rsatilishi mumkin. Shuning uchun qo’lga ikkinchi portrеt sifatida qarab, xuddi inson yuzini qanday e'tibor bilan ishlansa uni ham shunday diqqat bilan tasvirlamoq kеrak.
  • Asarlarni badiiy idrok etish va tahlil qilish
  • 81-rasm. Leonardo Da Vinchi. "Mona Liza Jokonda"
  • Portret janri,xususan kiyimli ayol gavdasi mavzuyimizga mos bo‘lgan o'zining mashhur asarlarini yaratgan Uyg'onish davri rassomlaridan biri Leonardo Da Vinchidir.
  • U 1503-1505-yillarda o'zining mukammal asari "Mona Liza“ nomli portretini yaratdi. Mazkur asar yaratilganiga 500 yildan oshgan bo'lsada, asarga qiziqish hamon so'ngani yo'q, millionlab tomoshabinlar Amerika, Yaponiya, Rossiyada tashkil etilgan ko'chma ko'rgazmalarda bu asarni ko'rish uchun kun-u tun navbat kutib turadilar.
  • "Mona Liza" asari haqida yuz jilddan ko'proq kitoblar yozilganligi ham asarning mashhurligidan dalolat beradi.
  • Tomoshabinni asarning hayratga soladigan tomoni, portret yuzidagi o'zgaruvchanligidir. U ba'zan mayus, goh samimiy, ba'zan jiddiy, goh noz-karashmali nigohda ko'rinsa, gohida qandaydir yashirin ma'noni yuzida ko'rish mumkin.
  • Portretning orqa planida murakkab tabiat ko'rinishi aks ettirilgan. Ayol tabiatning ajralmas qismi va u bilan bog'langan. Sochlari, kiyimlaridagi buklanish go'yo tabiat ritmini qaytarayotgandek tuyiladi. Ayol nigohidagi samimiylik va mehribonlik, latofat va go'zallik bilan uyg'unlashib, ideal go'zal inson qiyofasini gavdalantiradi. Leonardo butun umri davomida o'zi ishlagan barcha asarlarini sotgan bo'lsa-da, "Mona Liza" asarini katta pulga ham sotmagan. "Mona Liza" asarini doimo o'zi bilan olib yurgan.
  • N. Kashina. "Doirachi qiz"
  • P. Benkov. "Dutorchi qiz"
  • E’tiboringiz uchun rahmat.

Download 6.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling