Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш


Bolalarning mustaqil tasviriy faoliyatlari burchagining jihozlari va ashyolari


Download 0.73 Mb.
bet11/75
Sana06.11.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1750451
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi

Bolalarning mustaqil tasviriy faoliyatlari burchagining jihozlari va ashyolari. Bolalarning mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda tasviriy faoliyat bilan mustaqil shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratilgan bo‘lishi kerak. Bu maqsadda guruh xonasining yaxshi yoritilgan va o‘yin burchagidan mumkin qadar uzoqroq biron bir joyni ajratish kerak. Xonaning deraza oldini ajratish maqsadga muvofiq, u yerga ikki-uch stol qo‘yiladi. Agar deraza tokchalari past bo‘lsa, ularga taxtalar mustahkamlanadi, bolalar shug‘ullanmayotgan paytda ularni tushurib qo‘yish mumkin. Rasm solish, narsalar yasash, applikatsiyalar uchun mo‘ljallangan buyumlar yaqin turgan shkafning ochiq tokchalarida, stollarda turishi kerak. Kichik guruhda bolalarga erkin foydalanishlari uchun faqat rangli qalamlar beriladi. Katta guruh bolalariga (ayrim cheklanishlar bilan) barcha ashyolar berilishi mumkin: Loy o‘rniga plastilin tavsiya qilindi. Bolalar o‘z rasmlarini “Xalq ertaklari”, “Odamlar mehnati”, “Manzarali naqshlar”, “Tabiat haqida” va shu kabi mavzudagi papkalarga joylashtiradilar. Tasviriy faoliyat “zonasida” bolalar o‘z ishlarida ijodiy foydalanishlari uchun tabiiy ashyolar solingan quti va ko‘rgazmali qurollar bo‘lishi kerak.



4. TASVIRIY SAN’ATGA O’RGATISH METOD VA USULLARI

O‘rgatish metodlari – pedagogikada qabul qilingan ta’rifga ko‘ra qo‘yilgan masalani yechish uchun tanlangan yagona yo‘l sifatida ta’riflanadi. U mashg‘ulotdagi bolaning va tarbiyachining butun faoliyatini o‘rgatish usullari – ayrim yordamchi vosita bo‘lib, mashg‘ulotdagi faoliyatning xususiyatini aniqlamaydi, u ta’limda tor ma’nodagi ahamiyatga ega.


Ayrim metodlar mashg‘ulot ishining umumiy yo‘nalishini aniqlamay, balki usul sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan: mashg‘ulot boshida she’r (hikoya) o‘qish beriladigan vazifaga bolalarning qiziqishini uyg‘otish uchun o‘qilsa, boshqa mashg‘ulotlarda esa she’r o‘qish tarbiyachi uchun xizmat qiladi, ya’ni mashg‘ulot boshini tashkil qilish uchun qo‘llaniladi.
Yu.B.Babanskiy tasviriy san’at metodlarini faoliyatning umumiy harakteriga qarab, 3 guruhga klassifikatsiyalagan:
1-guruh: o‘quv-bilish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish. Bunga o‘quvchilarning ko‘rgazmali, og‘zaki, amaliy, induktiv va deduktiv, reproduktiv va muammoli-izlanuvchan, hamda mustaqil ishlari kiradi.
2-guruh: ta’lim berishning o‘quv faoliyatini stimullashtirish (qiziqtirish va rag‘batlantirish) va motivatsiyalash (maqsadga yo‘naltirish) metodlari. O‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va motivlashtirish; burch va javobgarlikni stimullashtirish motivlashtirish.
3-guruh:

Yu.B.Babanskiy taklif qilgan bu metodlar asosan maktab ta’limiga mos bo‘lib, ularning 1-guruhidangina maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda foydalaniladi, ya’ni bu: ko‘rgazmali, og‘zaki, amaliy metodlar, hamda ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish uchun qaratilgan qisman reproduktiv mashqlardir.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning mustaqil ishlari katta o‘rin egallaydi, faqat bu mustaqil ishlarga bolalarning murakkab muammoli masalalarni yechishi kirmaydi, chunki bunday murakkab masalalar uzoq vaqtni talab qiladi. Qolgan metodlar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun murakkablik qiladi, chunki ularning deyarli barchasi muammoli masalalarni yechish bilan bog‘liqdir. Maktabgacha ta’lim muassasasi uchun o‘ziga xos bo‘lgan asosiy guruhni o‘yin usullari tashkil etadi va bu o‘yinlardan turli metodlar ichida foydalanish mumkin.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling