Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш


Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy tasavvuri va tasviriy faoliyatini rivojlantirish


Download 0.73 Mb.
bet8/75
Sana06.11.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1750451
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi

Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy tasavvuri va tasviriy faoliyatini rivojlantirish. Maktabgacha bo‘lgan yoshda bolada har tomonlama uyg‘un rivojlanish kuzatiladi. Psixologlar va pedagoglar shunday xulosaga kelishdiki, maktabgacha yoshdagi bolada ijodga bo‘lgan layoqatni erta rivojlantirish kelajagidagi omadga qo‘yilgan garovdir. Estetik tarbiya – bu davomli hamda murakkab jarayon bo‘lib, bunda bolalar san’atga bo‘lgan ilk taassurotlarini xosil qiladilar, ijodiyot bilan to‘qnashadilar, ijodiy faoliyatning turlari bilan shug‘ullanadilar. Bundan ijod faoliyat turlari orasida tasviriy san’at, ganch, applikatsiya, loyixalash yetakchi o‘rinni egallaydi. Erta yoshdan bolada ajoyibot xissi, estetik zavq rivojlanishi muxim, san’at asarlarini, ona tabiyatning go‘zalliklarini tushunish hamda baxolay olishi lozim. Bu esa o‘z navbatida xar tomonlama rivojlangan boy ruxiy shaxsni shakllantirishga yordam beradi. V.A.Suxomilinskiy yozishicha “Bola tabiatan sinchkov tadqiqotchi, olamning ixtirochisi. Shunday ekan ular qarshisida ajoyib dunyo yorqin ranglarda, yorqin va xayajonli ovozda, ertaklarda hamda o‘yinlarda, shaxsiy ijodda, odamlarga egulik ulashuvchi xolatda namoyon bo‘lsin. Ertak, fantaziya, o‘yin orqali, bundan tashqari bolaning takrorlanmas ijodi orqali bolaning qalbiga to‘g‘ri yetib boriladi”.
Tasviriy faoliyat bolalar uchun qiziqarli va jozibadordir, bunda qalam, bo‘yoq, plastilin, loy bo‘lagi yoki qog‘oz parchasi orqali bola atrofdagi xodisa xaqiqatlar xaqidagi o‘z ta’ssurotini yetkazib bera oladi. Bu jarayon unda xursandchilik va ajablanish xissini uyg‘otadi.
“Ijodiyot” tushunchasi bu - yakunida bola yangi, takrorlanmas, o‘z xayolotini ishga solgan holda orzu niyatlarini shuning vositasida amalga oshirsa bo‘ladigan jarayon sifatida qaraladi. Ijod qilish istagi – bolaning ichki extiyoji bo‘lib u mustaqil yuzaga chiqadi va samimiyligi bilan ajralib turadi.
Mualliflik ishlarini ko‘rib chiqar ekanmiz, maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda tasviriy faoliyatga noan’anaviy yondashuvni tadbiq etish imkoniyati bilan qiziqdik. Noan’anaviy tasvirlash texnikasi jixoz va asboblarning noodatiy birlashuvini namoyish qiladi. Ularning bajarilish texnikasi kattalar kabi bolalar uchun xam birdek qiziqarli va oson.
Bolalarni yassi qog‘oz bo‘lagi bilan rasm chizishga, xavo oqimini puflashga, qattiq mo‘yqalam bilan nam fonda chizishga, matoga chizishga, g‘ijimlangan qog‘oz bo‘laginiing izi bilan chizishga o‘rgatish mukin. Turli materiallardan foydalanganda erkin tanlov yuzaga keladi bu esa ijodiy faoliyatda muximdir. Tasviriy faoliyatning turli ko‘rinishlari bolalarda ma’lum sifatlarni rivojlantiradi. Ganch bilan ishlashda bola buyumning xajmini o‘rganadi, bo‘laklari bilan ishlaganda ikki qo‘llab ishlash ko‘nikmasi paydo bo‘ladi, xarakatlarini muvofiqlashtirishni o‘rganadi, qo‘llarning mayda muskullari faol ravishda rivojlanadi bu esa o‘z navbatida tafakkurni, ko‘z bilan chamalashni, makonga oid fikrlashni rivojlantiradi. Bolalarga plastilin yasash yoki u yordamida tasvirni tasvirlash texnikasini taklif qilish mumkin. Bunda faqat karton qog‘ozgagina chizilmaydi. Agar bunda organik oynadan foydalanilsa tasvir xaqiqiydek bo‘lib chiqadi.
Tuzli xamirdan buyumlar tayyorlash texnikasi plastilin va loydan yasash texnikasi bilan bir hil lekin bunda xomashyoni bolalar o‘z qo‘llari bilan suv va undan tayyorlashadi. Tuzli xamirdan turli bumlar va tasvirlarni paydo qilishda foydalansa bo‘ladi.
“Applikatsiya” tushunchasi turli materiallardan ularning xususiyati hamda o‘ziga xosligiga ko‘ra foydalangan holda san’at asarini yaratishni anglatadi. Ular: qog‘oz, somon, quritilgan o‘simliklardir. Bunda po‘stloqlar fonga turli yelimlar yordamida yopishtiriladi; mato, charm va jun tikiladi; terakning pari, paxta duxoba matoga yelimsiz biriktiriladi.
Bolalar uchun tabiat ashyolari bilan ishlash qiziqarlidir, o‘simliklardan, somondan, paxtadan, pista po‘chog‘i va boshqa po‘stloqlardan applikatsiya yasash, qarag‘ay g‘o‘ddasidan xajmli buyumlar yaratish jarayoni bolalarda ijodkorlikni rivojlantiradi. Keraksiz buyumlar bilan ishlashda: polivinil plenkalardan, yupqa plastmass, qadoqlash qutilaridan foydalaniladi. Mato va shunga o‘xshash materiallardan matodan va iplarni bo‘laklab applikatsiyalar yaratish mumkin. Bundan tashqari, katta yoshdagi bolalar kollaj, qog‘ozli plastika, origami va boshqa shunga o‘xshash tasviriy ijod faoliyatida qatnashishlari mumkin.
O‘z qo‘li, mehnati bilan yaratilgan buyum o‘z mexnati natijasi, uning go‘zalligidan lazzatlanish xissini, badiiy didni, zamon va makon tafakkurini, fantaziyasini, qo‘l motorikasini hamda bilishni rivojlantiradi. Tasviriy san’atda, ganch va applikatsiya ishlarida ijodkorlikni shakllantirishda badiiy so‘z, musiqa, tasviriy san’atning o‘zaro ta’siri muxim rol o‘ynaydi. Bolani ijod dunyosiga qiziqtirish orqali biz unda mexnatsevarlikni, sabrni, badiiy didni, tasavvurni, fikrlashni, dunyoga ijobiy yondoshgan holda qarashini shakllantiramiz.
Bularning barchasi bolani maktabga tayyorlaydi, o‘quv faoliyatiga ko‘nikma xosil qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar xayotiy zarur elementar bilimlarni egallaydilar, turli materiallar, ya’ni qog‘oz, karton, iplar, kleenka, plastilin, tuzli xamir va boshqalarda qo‘l mexnati bilan ishlash ko‘nikmasi va maishiy buyumlarni dizayni elementlarini o‘rganadilar.
Bolalar badiiy obraz yaratishda uni nimadan xosil qilishni o‘zlari mustaqil hal qiladilar.
Individual o‘ziga xoslikdan kelib chiqqan holda kommunikativ qobiliyatlar barcha bolalarda birdek rivojlangan bo‘lmaydi, shunga ko‘ra men mashg‘ulotlar davomida har bir bolaga aktiv qatnashishi, o‘ziga, kuchiga ishonishi uchun sharoit yaratib beraman.
Tasviriy san’atning noan’anaviy texnikasi jixozlar materiallarning o‘zaro noodatiy uyg‘unligini namoyish qiladi. Shubxasiz bunday texnika ularning universalligi qimmatini ta’minlab beradi. Ularning bajarilish texnikasi kattalar kabi bolalarga xam qiziqarli xam yengildir. Bolalar ijodkorligini rivojlantirish muammosi xozirgi kunda xam nazariy xam amaliy doirada muximdir. Bunda asosiy masala shaxs rivojlanishining ilk bosqichlaridayoq unga kerakli imkoniyat va sharoitni yaratib berishda.
Kuzatishlar davomida shunday muammoga duch keldik: bolalar o‘ziga ishonchi yo‘qligi, ularning qo‘lidan bu ish kelishiga ishonmaganliklari tufayli tasvirni yaratishda qiynaladilar. Bu ularda tasviriy faoliyat malakasining yaxshi rivojlanmaganligi, shakl chizish xarakatlarining yetarli darajada emasligidadir. Bolalarda mustaqillik va o‘zlariga bo‘lgan ishonch yetarli emas. Ish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tasviriy faoliyatning noan’anaviy texnikasini egallash agar u bolalarning yosh va faoliyatiga ko‘ra tadbiq qilinsa maktabgacha yoshdagi bolalarga xaqiqiy xursandchilik olib keladi.
Shunday qilib, turli sharoitlarda o‘z bilimlarini va maxoratini ko‘rsata oladigan ijodkor shaxs tarbiyalanadi. Noa’naviy texnika bilan tasvir yaratish qiziqarli va o‘ziga maxliyo etuvchi faoliyatdir. Bu bolalarga o‘ylashga, sinab ko‘rishga, izlash, tajriba orttirish va eng muximi o‘z – o‘zini namoyon qilishga katta imkoniyatlar eshigini ochadi.




Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling