Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш
Maktabgacha yoshdagi bolalar tasviriy faoliyatlarining o`ziga xosligi
Download 0.73 Mb.
|
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi
Maktabgacha yoshdagi bolalar tasviriy faoliyatlarining o`ziga xosligi. Ijodkorlik qobiliyati odamning o`ziga xos xususiyati bo`lib, uni hayvonot olamidan ajratib turadi, u faqat borliqdan foydalanishni emas, balki, tasvirda olamni o`zgartirish imkonini ham beradi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda idrok maqsadga yo`nalgan bo`ladi. Ularning ko`pchiligi ko`rish hissiyotlariga asoslanadi, ularning yordamida bola rang, o`lcham, shaklni idrok qiladi. Lekin idrok yetarli darajada rivojlanmaganligi tufayli, ko`rish - tasvir to`liq bo`lishi uchun lozim bo`lgan tasavvurni yaratib bera olmaydi.
Tarbiyachining yana bir vazifasi – bolani olamni ko`rishga o`rgatish. Bu degani bolada kuzatuvchanlik, ko`rgan narsasini anglashga o`rgatish bu orqali tafakkur, analiz, fikrlash operatsiyalarini rivojlanlantirish lozim. 5-6 yoshli bola atrofdagi ob`yektlarni idrok qilar ekan, ularning qobiliyatlarini ajratishga, analiz qilishga, umumlashtirishga harakat qiladi. Lekin ular yuzaki. Odatda bolalarning e`tiborini ikkinchi darajadagi, ko`pincha rasm chizishda uncha ahamiyatga ega bo`lmagan yorqin, jo`shqin detallar tortadi. Bu ularning tasavvur xarakterida, predmetning rasmdagi tasvirida va loy ishida aks etadi. Katta maktabgacha yoshdagi davrga kelib, bolalarda tafakkurning analiz-sintez qismi tobora rivojlanib boradi, bu bosqich tasvir ishlash jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega. Faoliyatda bora-bora hayol kata rol o`ynay boshlaydi. Lekin kichik yoshdagi bolalarda hayol hali beqaror, fragmentar bo`ladi, bu ularning rasmlarida ham ko`rinadi. Yil sayin bolalarda hayol boyib boradi va bolalarga o`z ishi mazmunini mustaqil tuzish va yangi obrazlar kiritish imkonini beradi. Tasviriy faoliyatga qiziqish uyg’otuvchi yana bir ahamiyatli vosita-bu kayfiyatdir . U diqqatni va bola xissatlarni jamlaydi va hayolni kuchaytiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga tasviriy bilimlarni va ko’nikmalarni o’zlashtirish qulay. 2-3 yoshda bola qalam ushlash , mo’yqalam bilan ishlash malakalarini oson o’zlashtiradi va foydalanadi. 6 yoshga kelib, bolada anchagina kerakli malakalar to’planib qoladi, bolalar ularni anglagan holda mustaqil yangi predmetlarni yaratish chog`ida foydalanadi. Ilmiy izlanishlarda, bolalar ijodiga oid savollarga bolalarda boshlang`ich ijodiy faoliyatning mavjudligini xarakterlovchi bir qator qirralarni keltirishadi. Bular faoliyatning namoyon bo`lishi, o`zlashtirilganlarni qo`llashda mustaqil bo`lishva tashabbus ko`rsatish, qo`yilgan masalalarni hal etishda yangi yo`llarni topish, turli tasviriy vositalardan foydalanib o`z hissiyotlarini ifodalashdir. Boshida tasviriy faoliyatda atrof-olamni anglash tasviriy qobiliyatlar bilan bog`liq bo`lmaydi va jihoz xususiyatlarini anglashdan iborat bo`ladi bola ular orqali faoliyat yuritadi: qalam v abo`yoqlar qog`ozda iz qoldiradi, loy yumshoq undan yasash mumkin. Bu davr keyinchalik tasviriy faoliyat yuritish uchun muhim rol o`ynaydi, chunki bola bu davrda o`z tasavvurini obrazlarda namoyon etishga yordam beruvchi qurollar bilan tanishadi. Shunday qilib, ijodiy faoliyatning birinchi bosqichi bo`lmish, g`oyaning tug`ilishi, bolalar faoliyatida ham mavjud. Biroq rassom g`oyani amalga oshirish uchun uzoq vaqt rejalashtirsa, odatda bolalarda bu jarayon bo`lmaydi. Bola qanchalik kichik bo`lsa,u shuncha tez ishga kirishadi. U hali ish natijasini va bajarish ketma-ketligini oldindan ko`ra olmaydi. Oldindan o`ylash, ishni rejalashtirish bajarish jarayoni bilan qo`shilib ketadi. Shuning uchun ham mazmunning o`zgarishi, tasvir obrazlariga xos bo`lmagan detallar tez-tez uchrab turadi. Katta maktabgacha yoshdagi bola ayrim elementlarni va mazmunni, bajarish qurollarini oldindan o`ylab chiqishga qodir. U mustaqil qaror qabul qila oladi, nima chizishni hal qiladi,tasvirdagi asosiy va qo`shimcha detallarni ajratadi, vositalarni tanlay oladi. Jarayon davomida bola rejani bajaradi va mazmuniga ko`ra to`ldiradi. Bola tasviriy faoliyati natijasida yaratgan obrazni rassomning obrazi bilan tenglashtirib bo`lmaydi, bola hali katta odamdek umumlashtira olmaydi. Ular tomonidan yaratilgan obrazlar qobiliyatning umumiy rivojlanish bosqichiga bog`liq holda, ozmi ko`pmi ta`sirchanlikka ega bo`ladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling