5-mavzu: tafakkur va nutqning psixologik tavsifi. Tafakkur bilish jarayonlari tizimida. Tafakkur haqida tushuncha


Download 19.82 Kb.
bet1/4
Sana01.04.2023
Hajmi19.82 Kb.
#1316080
  1   2   3   4
Bog'liq
5-mavzu psixalogiya (1)


5-MAVZU: TAFAKKUR VA NUTQNING PSIXOLOGIK TAVSIFI.
Tafakkur bilish jarayonlari tizimida.
1. Tafakkur haqida tushuncha.
Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi aʼzolarimiz bilan bevosita aks ettirib boʻlmaydigan narsa va hodisalani ongimizda aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar oʻrtasida koʻz bilan koʻrib, quloq bilan eshitib boʻlmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar mavjud.Anashu ichki bogʻlanish hamda qonuniyatlarni biz tafakkur orqali bilib olamiz. Demak, tafakkur deb narsa va hodisalar oʻrtasidagi eng muxim bogʻlanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi.
Aynan tafakkur orqali biz moddiy olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilish imkoniga ega boʻlamiz. Shu bois, dunyoni bilishda bevosita sezish, idrok, tasavvur va boshqa tafakkur muhim rol oʻynaydi.
Tafakkur tushunchasining mazmun mohiyati psixologiya darsliklarida olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Jumladan, umumiy psixologiya darsliklarida tafakkurga berilgan taʼrifda turlicha boʻlib uning ikkita yoki uchta muxim xususiyati taʼkidlab oʻtiladi, holos. Jumladan, P.I.Ivanovning darsligida “ tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqeilikni eng aniq, toʻliq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonning tagʻin ham oqilona amaliy faoliyat bilan shugʻullanishiga imkon beradi” deb taʼriflanadi. Ushbu taʼrifda tafakkurning toʻla, aniq va umumlashtirilgan holda aks ettirish taʼkidlab oʻtiladi, holos, lekin uning harakterli xususiyatlari soʻz yordami bilan ifodalanishi muallifning diqqat markazidan chetda qolgan.Dunyoni bilish – bevosita( yaʼni sezish, idrok) va bavosita tafakkur.
2.Tafakkurning nerv-fiziologik asosi.
Tafakkur faoliyati muayyan maqsadga qaratilgan alohida ongli jarayon tariqasida sodir boʻladi. Bosh miyaning biror uchastkasidagi faoliyat emas, balki butun bosh miya poʻstining faoliyati mana shu jarayonning fiziologik asosidir. Tafakkur faoliyati uchun avvalo analizatorlarning miyadagi uchlari oʻrtasida vujudga keladigan murakkab bogʻlanishlar muhim ahamiyatga egadir. Analizatorlarning bosh miya poʻstidagi uchastkalari bir-biridan keskin ajralgan holda emas, balki bir-biriga tutashib, bir-biri bilan chambarchas bogʻlanib ketganligi sababli mazkur bogʻlanishlarning vujudga kelishi yuqorida aytib oʻtilgandek, tafakkurning maxsus nerv-fiziologik mexanizmlaridir. Bunda ikkinchi signallar tizimining bogʻlanishlari birinchi signal tizimidagi bogʻlanishlarga tayanadi.
I.P. Pavlov ikkinchi signal tizimining ishi hamisha birinchi signal tizimi bilan oʻzaro oʻtkazish jarayonida hozir boʻladi, deb taʼkidlagan. Ikkinchi signal tizimi asosida birinchi signal bilan oʻzaro taesir qilish jarayonida dastlab umuminsoniy empirizimini va nihoyat odamning oʻz tevaradagi olamni va uning oʻzini bilish uchun oliy qurol boʻlgan oliy tafakkur voqʼe boʻladi. Tafakkurning muayyan bir narsaga qaratilishi uchun nerv-fiziologik asos boʻlgan orientirovka refleksi tafakkur jarayonlarida katta rol oʻynaydi. Akademik I.P.Pavlov taʼkidlaganidek, “ avvalo umuminsoniy empirizimni nihoyat, atrof olamni va insonning oʻzini ham bilishi uchun oliy qurol boʻlgan fanni ham yaratuvchi maxsus insoniy oliy tafakkur zarurdir”.

Download 19.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling