Katta guruhda mazmunli rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari:
Bola besh yoshdan boshlab ma’lum mavzudagi rasmlarni chiza olish qobiliyatiga ega bo‘ladi. U tevarak-atrofni o‘zgarishlarini tasavvur qila oladi va chizishga harakat qiladi. Bu yoshdagi bolalarga quyidagi mavzudagi rasmlar chizish tavsiya qilinadi:
Katta guruhdagi bolalar badiiy asarlardan olingan taassurotlari asosida va ertak mazmunini tushungan holda quyidagi mavzuda rasm chiza oladilar. Masalan, "Ikki ochko‘z ayiqcha", "Ayyor tulki va kulrang bo‘ri", "Mushuk, xo‘roz va tulki" va boshqalar. Bu chizdirilgan rasmlar aniq va konkret mavzuda bo‘lishiga ahamiyat berish kerak. Masalan, "14 yanvar-himoyachilar kuni", "8 mart-onalar bayrami", "21 mart-Navro‘z bayrami". Katta guruhda o‘tkaziladigan rasm mashg‘ulotlari qiziqarli, savollarga javob olgan holda, asarda qatnashayotgan har bir qahramonga tavsif bergan holda ranglarni tanlay olish va varaqqa joylashtirish vazifalarini belgilash kerak. Bolalar tomonidan ishlanayotgan har bir rasmda predmetlarning hajmi, o‘lchovlarini chamalash bilan birga uzoq-yaqin, oldinma-ketin, ustma-ust, ketma-ket joylash mumkinligini tushuntirish kerak. Bu yoshdagi bolalar ayniqsa ertak multfilmlarni tomosha qilishni yaxshi ko‘rganliklari sababli shu mavzudagi rasmlar chizishni yaxshi ko‘radilar. N.P.Sakulinaning fikricha bola rasm chizishni varaqning eng chetidan boshlab chizish bilan birga predmetlarni joylanishini ko‘rsatishi kerak va bo‘yoqlarni tanlay olishi ham muhim ahamiyatga egadir. Bolani rasm mashg‘ulotiga tayyorlash uchun unga kerakli rasm anjomlarini hozirlagan holda, bironta kuy eshittirib akvarel bo‘yoq berib ma’lum mavzu va maqsad asosida rasm chizish ishini boshlash lozim. Masalan, sokin musiqa asosida “Qor yog’moqda”, “Kuzgi burglar daraxtdan to’kilyapti”. Sho’x musiqa eshittirib “Masxaraboz raqsga tushyapti” kabi…
5-6 yoshli bolalarning mazmunli rasmlarining mazmuni ancha boy bo‘ladi. Bunda bolalar faqat predmetlarni chizishmaydi, balki predmetlarning atrofdagi sharoitni ham tasviriyadi.
Bu yoshdagi bolalarda har bir mavzuning mazmuni oldindan konkret aniqlangan bo‘lishi kerak. Ularga masalan, “Bayram” umumiy mavzusini berish kerak emas, chunki bola yo mavzuga aloqador bo‘lmagan narsani chizish, yo o‘zining imkoniyatiga to‘g‘ri kelmaydigan, kuchi yetmaydigan masalani qo‘yish mumkin. Masalan, namoyishni chizish.
Do'stlaringiz bilan baham: |