Mavzu : infeksion xavfsizlik. Infeksiya nazorati tibbiy jixozlar, xonalar, vannalar va yig'ishtirish anjomlarini zararsizlantirish


Download 17.68 Kb.
bet1/6
Sana31.01.2024
Hajmi17.68 Kb.
#1818284
  1   2   3   4   5   6

Mavzu : INFEKSION XAVFSIZLIK. INFEKSIYA NAZORATI

Tibbiy jixozlar, xonalar, vannalar va yig'ishtirish anjomlarini zararsizlantirish

  • Tomoq, burun, quloqni ko'zdan kechirish uchun ishlatilgan metall asboblar ishlatib bo'lingach oqar suv tagida yuvilib 15 daqiqa qaynatiladi, uch tarkibli eritma (2% li formalin, 0,3% li fenol, 1,5% li natriy gidrokarbonat)ga 45 daqiqa solib qo'yiladi va so'ng chayiladi.
  • Metall shpatellar, plastmassa va rezina asboblar 15 daqiqa qaynatiladi, xloraminning 0,5% li eritmasiga 30 daqiqa, vodorod peroksidning 3% li eritmasiga 80 daqiqa va dezoksinning 0,1% li eritmasiga 20 daqiqaga solib qo'yish bilan dezinfeksiyalanadi. Tibbiy harorat o'lchagichlar suvda yuvilib, 0,5% li xloramin eritmasiga 20 daqiqa solib qo'yiladi.
  • Qo'lni va mochalkalarni yuvivchi cho'tkalar 15 daqiqa qaynatiladi yoki 20 daqiqa 0,5 atm. bosimda avtoklavlanadi.
  • Bemorni ko'zdan kechirish uchun kushetka kleyonkasi, kleyonka fartuklar 1% li xloramin, 0,5% li xlorli ohakning tindirilgan eritmasi, 0,2% li sulfoxlorantin, 2% li dixlor eritmalariga ho'llangan latta bilan 2 marta artiladi.
  • Huqna qilishda ishlatiladigan shisha, plastmassa uchliklar muolajadan so'ng yuvilib, 15 daqiqa qaynatiladi va 1% li xloramin eritmasiga solib qo'yiladi.

Parvarish buyumlari, xonalar, vannalar va yig'ishtirish anjomlarini zararsizlantirish

  • Xonalar va undagi jihozlar (jumladan, tumbochka va karavotlar) 1% li xloramin, 0,5% li tindirilgan xlorli ohak eritmasiga 0,2% li sulfoxlorantin, 2% li dixlor-1, vodorod peroksid, yuvish vositalaridan tayyorlangan eritmaga ho'llangan latta bilan ikki marta artiladi.
  • Rezina grelkalar va muz solinadigan xaltachalar issiq suvda yuvilib, 1% li xloramin eritmasiga ho'llangan latta bilan 2 marta artiladi.
  • Tagga qo'yiladigan sudno va tuvaklar issiq suvda yuvilib, 1% li xloramin, 0,5% li tindirilgan xlorli ohak, 0,5% li gipoxloridning 2/3 asos tuzi eritmalariga 60 daqiqa solib qo'yiladi.
  • Vannalar Dixlor-1, Belka-2, PCHB, «Dezus», «Sanita» kabi yuvish vositalari bilan (100 sm sathga 0,5g miqdorda) nam salfetka bilan 5 daqiqa davomida yuviladi.
  • Yig'ishtirish anjomlari 0,5% li tindirilgan xlorli ohak, 1% li xloramin, 0,5% li kalsiy gipoxloridning 2/3 asos tuziga ho'llangan latta bilan artiladi va quritiladi.
  • Ushbu dezinfeksiyalash ishlarini aksariyat hollarda kichik tibbiy xodimlar bajarishini nazarda tutib, shuni ta'kidlash lozimki, bu ishlarning qanchalik aniq va to'g'ri bajarilishi, eritmalarning belgilangan konsentratsiyada bo'lishi uchun hamshira javobgar hisoblanadi..
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling