Mavzu: Bolalar cholgʻu asboblarida joʻr boʻlish faoliyatini tavsifi va uning vazifalari Mundarija: Kirish


Download 196.78 Kb.
bet10/11
Sana22.03.2023
Hajmi196.78 Kb.
#1286802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Karimova Zamira

Xulosalar
O'quvchi-yoshlar musiqa madaniyatini tarbiyalashda musiqiy faoliyatlarning o'rni benihoya katta. Darslar jarayonida imkon qadar koproq musiqiy faoliyatlardan unumli foydalanish orqali bolalarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishga erishish mumkin. Malumki, musiqa madaniyati darslarida kopgina musiqiy faoliyatlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Bolalar musiqa cholgu asboblarida chalish- boshlangich sinf oquvchilari jamoaviy ijrochilik faoliyati turlaridan biridir. Darslarda faoliyatning ushbu turidan foydalanish bola musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish, kichik yoshdagi oquvchilar badiiy bilim va tajribasini boyitish, ularning ijrochilik faoliyatiga bolgan qiziqishlarini yanada rivojlantirishga qaratiladi.
Bunda bolalarni musiqiy ijrochiligiga emotsional munosabatni tarbiyalash maqsadga muvofiqdir. Faoliyatlarda aktiv ishtirok etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Dars mazmunini qiziqarli bolishi va talim samaradorligini oshirish maqsadida ham raqs va musiqiy-ritmik harakatlar, chapak va bolalar cholgu asboblarida (ayniqsa, doiracha, qoshiq, qayroq va boshqalar) chalib, musiqa ijodkorligi kabi yangi musiqiy faoliyatlar qollaniladi.
Bolalar cholgu asboblarida chalish faoliyati boshlangich sinflarda milliy cholgu asboblari bilan tanishish va ularning tovush tuslarini anglab olish bilan uzviy boglanib amalga oshirilishi zarurdir. Bunda doirachilar, qayroq, qoshiq, kichik safoillar kabi urma cholgu asboblaridan foydalanib, oqituvchi ijrosi va magnitafon tasmasi orqali taraladigan kuylarga ritmik jor bolish malakalari rivojlantiriladi.
Boshlangich sinflarda musiqa madaniyati mashgulotlarida bolalar cholgu asboblarida ijro etish faoliyatining kiritilishi quyidagi pedagogik vazifalarni hal etishga qaratiladi:
Bolalarning darslarda, sinfdan tashqari mashgulotlarda, bosh paytlarida, bayramlarda, oilada, dam olish vaqtlarida ijrochilik faoliyatlarini amalga oshirishga ruhlantirish, tayyorlash;
O'quvchilarda badiiy did, qiziqish, musiqiy ehtiyojni shakllantirish.
Ansamblda, bahamjihat bolib ijro etish jarayoniga qiziqishni shakllantirish va tarbiyalash, musiqiy cholgularning tembr (tusi), tovush xususiyati, imkoniyatlarini bilib olish, birgalikda ijro garmoniyasini his etishga orgatish.
Ladni anglash, ritm tuygusini, musiqa shakli, tembri (tusi), garmonik va melodik xususiyatlarini his etishni faollashtirish.
Musiqiy nutq, ifoda vositalari xususidagi tasavvurlarni shakllantirish va boshqalar.
O'quv-tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishda repertuar muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchi sinfda- cholguchilik raqs va harakatlar faoliyatida oquvchilar musiqa tovushlarining baland, pastligini qol harakatlari bilan ifodalash chapak va shiqildoqlar chalib, oqituvchi ijrosiga ritmik jor bolish («Asp bolaman», «Bahor keladi» va boshq. misolida), «Yallama yorim», «Duchava» kuylariga chapak va cholgularda chalib kuylarga ritmik jor bolishadi.
Ikkinchi sinf davomida ohanglarga uchburchak, doirachalar, shiqildoqlar ijrosida ritmik jor bolish, qattiq va yumshoq urgularni belgilash, «Oftob chiqdi olamga», «Oftobjonim-ortoqjon», chapakda va bolalar cholgu asboblarida musiqaga ritmik jor bolish kabi faoliyatlar bajariladi.
Uchinchi sinfda oquvchilar doirachilar, shiqildoqlar, qoshiq va boshqa urma cholgu asboblarida chalib, musiqaga ritmik jor bolish («Olmani otdim», «Jonon») va boshqa kuylarga jor bolib amalga oshirilishi nazarda tutiladi.
Shunisi muhimki, musiqiy material oquvchilarning birgalikda ijro etishlari uchun qulay bolishi, oquvchilarda ijodiy fazilatlarni shakllantirishda xizmat qilmogi lozim.
Bolalar musiqa cholgu asboblarida ijro, ayniqsa musiqiy ijodiy rivojlanishi past oquvchilar uchun nihoyatda foydalidir. Shuningdek, barcha bolalarning kelajakda ancha murakkab cholgu asboblarini ozlashtirishlariga yaxshi tayyorgarlik vazifasini otaydi.
Mashgulotlardagi bolalar cholgu asboblarida chalish faoliyatini samarali amalga oshirish natijasida oquvchilar quyidagi bilim malaka va konikmalarga ega bolishlari nazarda tutiladi:
Musiqa cholgu asboblari, nomlari, tuzilishi, ularni asrash qoida-tartiblarini bilish;
tinglash orqali cholgu asboblari tovush tusini, jaranglashini aniqlay olish va ajrata olish;
chalish uslublari haqida malakalarga ega bolish;
cholgularda yangraydigan musiqiy tovushlar tusini, ifodaviy xususiyatlarini ilgay olish;
musiqiy ifoda vositalarini bilish, musiqa cholgularida chalishda ularni ifodalay olish;
jamoa (ansambl) bolib ijro etish malakalarini egallab olish, sodda kuylarni eshitish orqali cholguda ijro eta olish, ortoqlari ijrosini munosib baholay olish;
cholgulardagi baland va past tovushlar yangrashini farqlay olish, notalar nomi, ularning joylashish ornini bilish va h.k.
Darsda ishning natijasi asosan cholgulashtirish jarayoni bilan bogliqdir. SHu bois, jamoa bolib ijro etish talablarini hisobga olish lozim. Boshlangich sinf oquvchilari bilan oddiy musiqa cholgu asboblaridan (uchburchak, doirachalar, qayroq, shiqildoq kabi) lardan keng foydalaniladi. Barcha cholgular toza, tiniq, yoqimli sado berishi, tashqi korinishi bilan bolalarning diqqatini jalb etishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
Demak, chapak va cholgu asboblarida chalish faoliyati ham raqs va musiqali harakatlar singari oquvchilarning musiqiy-oquv qobiliyatlari hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun foydalidir. Bu faoliyat yuqorida takidlanganidek, boshlangich sinflarda milliy cholgu asboblar bilan tanishish va ularning tovush tuslarini anglab olish bilan uzviy boglanib amalga oshirilishi zarur. Bunda doirachalar, qayroq, qoshiq, kichik safoillar kabi urib chalinadigan cholgu asboblaridan foydalanib, oqituvchi ijrosi va magnitafon tasmasi orqali taraladigan kuylarga mos ritmik jor bolish malakalari rivojlantiriladi.



Download 196.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling