O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
«TOSHKENT IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA INSTITUTI» MCHJ
B U Y R U Q
2023-yil «____» _____
|
№ ___________-son
|
Chirchiq sh.
|
|
|
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining
2023-yil 29-avgustdagi 396-son buyrug‘i
ijrosini ta’minlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi “Ma’muriy islohatlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-200-son qarori, 2023-yil 27-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-241 son qarori, 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 5040-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, 2023-2024-o‘quv yilini munosib kutib olish hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 29-avgustdagi 396-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida
B U Y U R A M A N:
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 29-avgustdagi “2023-2024-o‘quv yilida yoshlar tarbiyasi, ularni qo‘llab-quvvatlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 396-son buyrug‘i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligini munosib nishonlash maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida tashkil etiladigan “Mustaqillik darslari”ni tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Institutga qabul qilingan talabalarni tabriklash boʻyicha “Talabalikka bagʻishlov” tadbirlarini oʻtkazish yuzasidan tavsiyalar 1-ilovaga, Institutda 2023-2024-oʻquv yili davomida yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yoʻnalishida amalga oshiriladigan vazifalar boʻyicha namunaviy ish rejasi
Do'stlaringiz bilan baham: |