Mavzu: bolalar nevroz
NEVROZ KASALLIGINI DAVOLASH
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
BOLALAR NEVROZ KASALIGI VA UNI OLDINI OLISH MUSTAQIL ISH
NEVROZ KASALLIGINI DAVOLASH:
Nevrozlarni davolashning kop usullari va nazariyalari mavjud. Nevrozni davosi antidepressantlar va trankvilizatorlar yordamida psixoterapiya va medikamentoz terapiyaga asoslanadi. Nevroz va nevrotik reaktsiyalarni davolashning asosiy usuli psixoterapiya hisoblanadi. Hozirgi vaqtda psixoterapevtik yordamning koplab yonalishlari va usullari mavjud. Ular patogenik (nevrozning sabablari va uni shaxsda ushlanib turishi jarayoniga tasir korsatadigan) va simptomatik yoki yordamchi (ular faqat patogenik uslublar bilan birgalikdagina samarali bolib, ozlari faqat alomatlarni yengillashtiruvchi vaqtinchalik tasir korsatadi) turlarga bolinadi. Patogenetik uslubi psixodinamik, ekzistentsial, interpersonal, kognitiv, tizimli, integrativ, geshtalt-terapiyani oz ichiga oladi. Simptomatik usublarga esa xulq-atvor, gipnoz, tana-yonaltirilgan, ekspozitsion terapiya, nafas olish mashqlari, art-terapiya, musiqa terapiyasi va boshqalar kiradi. Nevroz insonning tiklanadigan holati bolib, psixoterapevtik davolanishiga yaxshi boysunadi. Dori-darmonli terapiya faqat psixoterapevtik jarayon uchun katalizator bolib, hech qanday holatda nevrozni davolashning asosiy shakli sifatida qaralmaydi. Kamdan- kam hollarda, inson shaxsiyatining osishi, nizoli vaziyat ahamiyatining yoqolishi, avvalgi turmush tarziga qaytish va hokazolar tufayli nizoning hal bolishi natijasida nevrozdan mustaqil qutilish hollari ham qayd qilinadi. Obsessiv-kompulsiv buzilishda birinchi orindagi davolash sifatida kognitiv-xulq terapiyasi (KXT) va SQUSI (serotonin qayta ushlanishining selektiv ingibitorlari) yoki klomipramin guruhi antidepressantlarini qollash tavsiya etiladi. Kognitiv-xulq terapiyasidan tashqari, psixodinamik terapiya yoki psixoanaliz ham ishlatiladi, lekin ularning samaradorligi, KXT samaradorligidan farqli olaroq, kam isbotlangan. KXT bu obssesiv-kompulsiv buzilishda samaradorligi nazorat ostida otkazilgan tadqiqotlar bilan tasdiqlangan psixoterapiyaning yagona turidir. Obsessiv-kompulsiv buzilishni kognitiv davolashda adapitvlikka orgatish qollaniladi bu texnikada terapevt bemorda qayta- qayta ornashib qolgan fikrlarni chaqirishga harakat qiladi, natijada bunday fikrlar bemor uchun xavflilik ahamiyatini yoqotadi va xavotirning pasayishiga sabab boladi deb taxmin qilinadi. Shuningdek javobni oldini olishning yashirin texnikasi ham ishlatiladi: terapevtlar bemorlarni adaptiv oqitish davomida yuzaga kelishi mumkin bolgan ornashib qolgan fikrlardan chalgish yoki saqlanishga orgatadi. Kognitiv nazariya tarafdorlari fikrlariga kora, bunday buzilish insonning yoqimsiz, keraksiz oylari mavjudligi xususiyatlaridan kelib chiqadi: bazi odamlar uchun yoqimsiz fikrlar shu darajada jirkanch va zoriqtiradigan tasir korsatadiki, ular bunday fikrlardan qochish yoki ularni bartaraf qilishga urinishadi. Bu say-harakatlar fikrlarning ornashib qolishiga olib keladi, ular noqulaylikni bir muddat pasaytiradi va qayta-qayta takrorlanaveradi, qutilishga harakat qilish esa ular bilan bogliq tashvishlarni yanada kuchayishiga sabab boladi. KXT: boshqa nevrozlarda ham qollaniladi. Masalan, umumiy xavotirli buzilishda odatda ikkita kognitiv yondashuv qollaniladi. Ellis va Bek nazariyasiga asoslangan yondashuvdan biriga amal qilgan holda, terapevtlar odamlarga ularning buzilishlari asosida yotgan noadekvat ishonchlarini ozgartirishga yordam berishadi. Ikkinchisi esa odamlarni stressli vaziyatda ozini tutishga orgatadi. Fobiyalarda xulq-atvor terapiyasi tarafdorlari tasir terapiyasi uslubidan foydalanishadi, uning davomida qorquvlari mavjud kishilar ularni qorqitadigan narsalar va vaziyatlarga duchor qilinadi: masalan agorafobiyaga chalingan odamlarga asta-sekin uylaridan uzoqlashish va koproq jamoat joylariga tashrif buyirish orgatiladi. Panik hujumlarda kognitiv terapevtlar insonlarning oz tana sezgilarini notogri interpretatsiya qilishni togirlashga harakat qilishadi. Nevrozda psixoanaliz ham qollaniladi. Kopgina psixoanalitik maktablar fikriga kora, bemor oz ziddiyatlarini tan olishi, ozining shaxsiyati haqida aniqroq tasavvurlarga ega bolishi kerak. Psixoterapiyaning asosiy vazifasi bemorga nevroz rivojlanishiga olib kelgan barcha munosabatlar jamlanmasini tan olishga yordam berishdir. Psixoterapiyaning natijasi bemorga uning hayotiy tajribasi, bu tajriba asosida shakllangan atrofdagi odamlar bilan munosabatlar tizimini ziddiyatga kelgan vaziyat va kasallikning namoyon bolishi bilan bolgan nisbatini bemorga tushuntirishdan iborat. Psixoanaliz tez-tez tanqid qilinadi yilda Klaus Grave bir guruh olimlar bilan psixoanaliz va tegishli psixoterapevtik qollanmalarning samaradorligini organishga bagishlangan 897 eng muhim empirik tadqiqotlar meta-tahlilini chop etdi. Uning mazmunida Grave xulq-atvor terapiyasi psixoanalizga nisbatan ikki barobar samarali ekanligiga ishora qildi. «Psixoanaliz zararlimi» degan maqolada amerikalik psixolog Albert Ellis psixonalizdan foydalanishning zarari togrisida oz fikrini bildirdi. Xususan, u psixoanaliz umuman olganda notogri taxminlarga asoslanganligi, u bemorlarni ozlari ustida ishlash zarurligidan uzoqlashtirishi, hozirgi harakatsizligiga bahona berishini takidlagan. Emotsional barqarorsizlikdan aziyat chekayotgan bemorlar, kopincha psixotrop dorilarning nojoya tasiriga, ayniqsa sezgir boladi. Bazi psixofarmakologik dorilar oxshash nevrotik namoyon bolishli nojoya tasirlarga ega, va natijada davolash davomida ularning kuchayishi ehtimoli mavjud. Nevrozni davolashda gipnoz va autogen mashgulotlar juda muhim orin tutadi. Agar nevroz mavsumiy ruhiy tushkunlik sababli yuzaga kelgan bolsa, uni davolash va oldini olish uchun, quyoshli kunlar sayr qilish yoki nur bilan davolash korsatiladi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling