Mavzu: Bolalarda deviant xulqning namoyon bo'lish shakllari
Download 1.13 Mb.
|
Ochilova Dilfuza Ijtimoiy moslashuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. “Me’yor” va “me’yordan og‘ish” tushunchalari.
Mavzu:Bolalarda deviant xulqning namoyon bo'lish shakllari
Reja:1. Deviant xulq - atvorni keltirib chiqaruvchi omillar va deviant xulq – atvorli bolalar bilan ishlash2. Og‘ish turlari3. “Me’yor” va “me’yordan og‘ish” tushunchalari.Turli deviant xulq-atvorning uzluksiz ravishda o‘sishi jamiyat oldiga ijtimoiy me’yorlardan og‘ishgan xulqli bolalarlar va yoshlar bilan olib boriladigan ishlarning shakl va usullarini, texnologiyalarini topish vazifasini qo‘ygan. Shu sababli deviant va delinkvent xulq-atvorli bolalarlar bilan ishlashning ikki asosiy texnologiyalari, profilaktik va reabilitatsion ishlar fan va amaliyotda keng tarqalgan. Profilaktika (oldini olish)-bolalarlar xulq-atvorida ijtimoiy xulqiy og‘ishganlikning turli ko‘rinishlariga asosiy sabab bo‘luvchi sharoitlardan ogohlantirish, bartaraf qilish yoki neytrallashga yo‘naltirilgan davlab, jamiyatning ijtimoiy-tibbiy va tashkiliy-tarbiyaviy chora-tadbirlarining yig‘indisidir. Bolalarlarda deviant xulq-atvorning oldini olishga qaratilgan bir necha yondashuvlari mavjud.
Ijtimoiy-profilaktik yondoshuv. Bunday asosiy maqsad – negativ holatlarning sabablari va sharoitlarini aniqlash, bartaraf etish, neytrallashdan iborat. Voyaga yetmaganlar tomonidan giyohvandlik moddalarini iste‘mol qilinishi uchun jinoiy javogarlikka tortilishlari haqida ma‘lumotga ega emaslar. Ular giyohvandlik – shaxsiy ish deb biladilar, faqat giyohvandlik moddalarini tarqatish jinoyat deb hisoblaydilar. Bolalar giyohvandlik va kuchli ta‘sir etuvchi psixotron moddalar to‘g‘risidagi yangi qonun qabul qilinishi munosabati bilan bu moddalarni iste‘mol qiluvchilar ham jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Bizning jamiyatimizda bolalarlar o‘rtasidagi alkogolizm-ichkilikbozlik profilaktikasi muammosi ham muhim o‘rin tutadi. Bolalarlar ichkilikbozlik va alkologizmning og‘ir ijtimoiy va psixonevrologik oqibatlari haqida ham bilmaydilar.
Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling