Mavzu: Bolalarda moddalar almashinuvining buzilishi va ularning oldini olish choralari
Download 15.51 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishdan maqsad
- Mustaqil ish
Mavzu: Bolalarda moddalar almashinuvining buzilishi va ularning oldini olish choralari. Nazariy tushuncha: Raxit – o’sib kelayotgan organizm kasalligi. U bolada “ko’ngilsiz holat” vujudga keltiradigan, yani yoshiga to’lmagan bolaning tez-tez va uzoq vaqt kasalliklarga chalinib turishiga moyil qilib qo’yadigan hotaldir. Ma’lumki, raxitga bola organizmida vitamin D yetishmasligi sabab bo’ladi. Raxitga chalingan bolani ko’zdan kechirganda uning suyak va muskul sistemasiga ahamiyat berish kerak. Bolaning ensa suyagi yumshoq bo’lganda “kraniotabes”da bolaning ensasi fetr shlayani eslatadi. Tishlari kesh chiqadi. Ko’krak qafasini ko’zdan kechirganda bolaning qovurg’alarida marjonga o’xshash bo’rtmalar “raxitik tasbeklar” aniqlanadi. Bilagiga yo’g’onlashish “raxitik bilaruzuk” aniqlanadi, qorni katta – baqa qorinni eslatadi. Ishdan maqsad: Raxit va spazmofiliyaning klinik belgilari bilan tanishib chiqish. Yoshiga to’lmagan bolalarni uqalash va gimnastika qildirish malakasini mustaxkamlash. Kerakli jihozlar: Tablitsalar, uslubiy qo’llanmalar, albom, vitamin D . Ishning bajarish tartibi: Raxitik bolalarning oyoqlari O yoki X shaklida deformasiyalanadi. Ular kamqon, terisi rangsiz, mushaklari tonusi past bo’ladi. Jigar hamda talog’I katta bo’ladi. Raxit va spazmofiliya bilan og’rigan boallarni parvarish qilishda ularni toza havoda etarlicha bo’lishi, teri qoplamalarini quyosh nurida me’yorida tutish juda muhimdir. Bularning hammasi terida vitamin D hosil bo’lishga imkon beradi. Bolada ro’proq oqsil, yog’, uglevodlar, mineral tuzlar, vitaminlarga boy bo’lgan ovqatlar berish zarur. Baliq va baliq moyi berish juda foydali. Mustaqil ish: Talabalar raxitning tasnifini, vitamin D ning moydagi va spirtdagi eritmalarini o’rganib, ularni tablitsadan daftarlariga yozib oladilar. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR: Raxit kasalligining klinik belgilarini ayting? Raxit kasalligining tasnifini ayting? Raxitning profilaktikasini ayting? Download 15.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling