Mavzu: Bolalarda tish olish operatsiyasi. Tish olish paytida undan keyn kelib chiqadigon asoratlar
Download 413.12 Kb.
|
Ortiqov JavlonbekDxs mustqail ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sut tishlarni olish operatsiyasi quyidagi bosqichlarga bo`linadi;
- Etiboringiz uchun rahmat
Toshkent davlat Stomatologiya instituti Stomatologiya Fakulteti 415 A guruh. Talabasi Ortiqov Javlonbekning Bolalar Jarroxlik Stomatologiya fanidan mustaqil ishiMavzu:Bolalarda tish olish operatsiyasi. Tish olish paytida undan keyn kelib chiqadigon asoratlarJarrohlik davolash choralari yuqorida keltirilgan operatsiyalardan biri o`tkaziladi. Operatsiyadan so`ng og`riqni qoldirish, yallig`lanishni kamaytirish, suyakda kechayotgan tiklanish jarayonlarini rag`batlantirish uchun fizioterapevtik muolajalar buyuriladi. Sut tishlarni olish texnikasi Sut tishlarni olishning bir qancha o`ziga hos hususiyatlari bor. Cut tishlarni olayotganda omburning qisuvchi qismi ildiz o`qi bo`ylab chuqur kiritilmaydi; olingandan so`ng tish katakchasi (tubi va devorlari) kyuretaji (qirib tozalash) o`tkazilmaydi.Sut tishlarni olish operatsiyasi quyidagi bosqichlarga bo`linadi;tish atrofidagi aylanma bog`lam ajratiladi;omburni sut tishi ekvatoridan o`tkazib solinadi;sut tish siqib ushlanadi;tishni yarim aylanma va tebranuvchi harakatlar yordamida katakchada qo`zg`atiladi;tish katakchadan og`iz dahlizi tomon siljitib chiqarib olinadi;tish chiqarib olinganidan so`ng katakcha ustiga tampon qo`yib, yon qirg`oqlari (chetlari) siqib yaqinlashtiriladi;katakchada qon quyqasi shakllanguncha ( 10-15 daqiqa) kuzatiladi. Shu vaqt ichida bola tamponni chaynamasligi yoki yutib yubormasligi, nafas yo`liga ketib (aspiratsiya) qilinmasligi nazorat qilinadi;ota-onalarga tavsiyalar beriladi.Tish olinishi bilan bog`liq asoratlarTish olinayotganda ildiz sinib qolsa, u elevator yoki ombur yordamida olib tashlanadi;alveolyar o`siq chetlari sinsa, kyuretaj qoshiqchasi bilan bo`laklar asta olib tashlanadi;yuqori jag` bo`shlig`ining tubi teshilib qolsa, katakcha chetlariga chok qo`yiladi yoki katakcha chuqurligining 1\3 qismiga tampon kiritilib, himoya plastinkasi tayyorlanadi, so`ng yallig`lanishga qarshi davolash o`tkaziladi.Olingan tish katakchasidan qon ketganda : a) qon ivish va oqish vaqti aniqlanadi; b) og`riqsizlantirib, katakchada taftish o`tkaziladi va zich qilib tampon joylanadi, milk qonayotgan bo`lsa, chok qo`yiladi, yallig`lanishga qarshi davolash buyuriladi; v) o`tkazilgan choralar natija bermasa, statsionar shariotida davolanishga yo`llanma beriladi.Tish olinganidan so`ng katakchada og`riq mavjud bo`lsa og`riqsizlantiriladi va bosim ostida antiseptik eritmalar bilan yuviladi, katakchada yengil kyuretaj o`tkazilib, unda antiseptiklar, antibakterial va og`riqsizlantiruvchi preparatlar qoldiriladi hamda fizioterapevtik muolajalar buyuriladi.Etiboringiz uchun rahmatDownload 413.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling