Mavzu: bolalarni kattalar namunasida tarbiyalash


Muammoning o’rganilganlik darajasi


Download 147 Kb.
bet2/12
Sana15.09.2023
Hajmi147 Kb.
#1678856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mavzu bolalarni kattalar namunasida tarbiyalash

Muammoning o’rganilganlik darajasi: Sharq mutafakkirlari – Abu Nasr Forobiy , Abu Ali ibn Sino , Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalarning asarlarida shaxs ega bo’lishi zarur bo’lgan sifatlar majmui, ularning mohiyati haqidagi qarashlar yoritilgan.
U.Abduvahobov, A.Aliev, B.Ziyomuhammadov, S.Ziyomuhammadova, M.Imomnazarov, F.Ismoilov, V.Karimova, T.Mahmudov, J.Tulenov, S.Shermuxamedov, A.Erkaev, E.Yusupov, S.Qodirov, E.G’oziev, Z.G’ofurov, U.A.Qosimov va boshqalar tomonidan shaxs kamoloti negizida aks etuvchi ma‘naviy-axloqiy sifatlar, ularning milliy-etnik, ijtimoiy-psixologik jihatlari, “shaxs” tushunchasining falsafiy, tarixiy va psixologik talqini o’z ifodasini topgan. Shuningdek, A.A.Asmolov, L.G.Borisova, A.N.Leontev , R.S.Nemov, I.P.Podlasiy hamda V.A.Slasteninlar tomonidan shaxs tushunchasining mohiyati har tomonlama rivojlangan shaxs talqini asosida tahlil etilgan.
V.I.Andriyanova, Q.Yo’ldoshev, Sh.N.Majitova, U.Mahkamov, O.Musurmonova, S.Nishonova, M.Ochilov, S.Ochil, M.Quronov va boshqalarning ishlarida barkamol shaxs tarbiyasi, uni samarali tashkil etish, shaxs shakllanishida oila, ta‘lim muassasalari hamda jamoatchilik o’rni va roli, shuningdek, shaxsga yo’naltirilgan ta’limga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat samaradorligini ta‘minlash masalalari o’rganilgan.
Biroq, muammoni nazariy jihatdan o’rganish ta‘lim muassasalari hususan maktabgacha ta’lim muassasalarida kattalar namunasida tarbiyalash davr talabi bo’lishiga qaramasdan yetarlicha tahlil qilinmaganligini, bu jarayonning mazmuni va muhim tamoyillari zamon talablari darajasida asoslanmaganligini ko’rsatdi. Shuning uchun biz Kurs ish mavzusini “Maktabgacha yoshdagi bolalarni kattalar namunasida tarbiyalash” deb belgiladik.
Kurs ishning maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarni kattalar namunasida tarbiyalash muammosining ilmiy-nazariy va texnologik asoslari hamda ularni amalga tatbiq etishga yo’naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishning predmeti: Maktabgacha yoshdagi bolalarni kattalar namunasida tarbiyalashning mazmuni, tamoyillari, shakl, metod va vositalari.

Download 147 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling