Mavzu: bolalarning maktabga aqliy tayyorlashning ijtimoiy psixologik xususiyatlari


Download 101.21 Kb.
bet1/8
Sana25.10.2023
Hajmi101.21 Kb.
#1719680
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
“ILM YO’LI” VARIATIV DASTURI ASOSIDA 6 7 YOSHLI BOLALARNI MAKTAB



MAVZU:“ILM YO’LI” VARIATIV DASTURI ASOSIDA 6-7 YOSHLI BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASH.
MUNDARIJA
KIRISH.
I.BOB. “ILM YO‘LI” VARIATIV DASTURI ILM OLISHNING MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHNING ZAMONAVIY BOSQICHI.
1.1. “Ilm yo‘li” variativ dasturi asosida bolalarni maktabga tayyorlash.
1.2. “Ilm yo‘li” variativ dasturida “Inklyuziv ta’lim”ning tamoyillari
II.BOB. BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORGARLIGINI TASHXISLASH.
2.1.Bolalarni maktabga bilish jarayonlari ko’nikmalarini o’rganish masalalari
2.2. Aqliy taraqqiyotda bolalar bog’chasi va maktab ta’lim-tarbiya ishidagi izchillikning psixilogik mazmuni
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish:
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan, Prezidentning 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida”gi 5198 - Farmoni ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Shu bois eng yaxshi xalqaro tajribalar asosida tizimdagi dasturiy va o‘quv-metodik ta’minotni takomillashtirish maqsadida maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish zarurati paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8-dekabrdagi “Boshlang‘ich ta’limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida”gi 999-sonli qarorini ijro etish doirasida O‘zbekiston o‘z zimmasiga
6-7yoshli bolalarning maktabga to‘lovsiz majburiy bir yillik tayyorgarligi bo‘yicha majburiyatni oldi. 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim-tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida, “Ilm yo‘li” dasturini ishlab chiqish hamda uni tasdiqlash zarurati paydo bo‘ldi.
"O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to’g’risida"gi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limi uyda, ota-onalarning mustaqil ravishda ta’lim va tarbiya berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko’rsatadigan maktabgacha ta’lim muassasalarida, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb qilinmagan bolalar uchun bolalar bog’chalarida, maktablarda, mahallalalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Bu yerda ular haftada 2-3 marta shug’ullanishadi. Ota-onalarga maktabgacha ta’lim shaklini tanlash huquqi beriladi.
Bolalarni maktabga aqliy tayyorlashning maqsad va vazifalari tarbiyaning bolalar yosh xususiyatlari hisobga olingan umumiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib belgilanadi. Bu bolalar bog’chasi va maktab o’rtasida izchillikni ta’minlashning haqiqiy asosini tashkil qiladi.
Bolalar bog’chasi va makatbdagi ta’lim va tarbiya vazifa, shakl hamda metodlarining turli yosh bosqichlarida bola shaxsini har tomonlama shakllantirishni amalga oshirish maqsadlarida o’zaro aloqasini qaror toptirish muhim ahamiyatga egadir. 6-7 yoshli bolalarni maktab ta’limiga pedagogik tayyorligini aniqlashda maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim - tarbiyasi bilan shug’ullanuvchilar asosiy shart hisoblanmish - bolaning maktabga tayyorligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda faoliyati uchun ko’prik vazifasini o’tashini, oila yoki bog’chadagi ta’lim va tarbiya sharoitlarida maktab ta’limiga ozorsiz o’tkazishni ta’minlash zarurligini hisobga olish lozim.

Download 101.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling