Mavzu. Bolalarning rivojlanish xaritasida keltirilgan badiiy-ijodiy qobiliyatlar mazmuni
15-amaliy tasviriy 3 kurs
3-4 yosh 4-5 yosh 5-6 yosh 6-7 yosh |
KUTILAYOTGAN NATIJALAR |
tasviriy materiallar nomini biladi va to‘g‘ri qo‘llaydi; sodda kompozitsiyalar, alohida buyumlarni chizadi; tasvirlanayotgan predmetlarga mos ranglarni tanlaydi va bo‘yaydi; bolalar musiqiy asboblarida (buben, nay, ksilofon) chalishga taqlid qiladi; bolalar guruhi bilan qo‘shiq aytadi; raqsga tushadi (juftlikda aylanadi, oyoqlari bilan depsinadi, predmetlar bilan musiqaga monand harakatlanadi); plastilindan berilgan sodda shakllarni yasaydi; tayyor shakllardan tasvirlar yaratadi, turli shakldagi qog‘ozlarni yasatadi; qumdan turli shakl va piramidalar quradi. predmetlar shaklini aniq ko‘rsatgan holda qismlarga boy tasvirlar chizadi; sujetli rasm, predmet va personajlar chizadi; shakllarni turli texnika asosida bo‘yaydi; loy, xamir va plastilindan yasaydi; faoliyati boshida ko‘z oldiga keltirib tasavvur qiladi; xorda va yakkaxon qo‘shiq aytadi; raqs harakatlarini hissiyotlarni namoyon etish va muloqot vositasi sifatida qabul qiladi; musiqiy asboblarda chaladi (qo‘ng‘iroqcha, doira, metallofon, uch burchak); kattalar yordamida barmoqlar teatri sahna ko‘rinishlarida ishtirok etadi. murakkab predmetlar chizadi va ularni dekorativ naqshlar bilan yasatadi (choynak, gilam, ro‘mol, lagan); xotira yoki tasavvuriga ko‘ra sujet yaratadi; qog‘ozdan va tabiat materiallaridan applikatsiya-hajmli oranjirovkalar yaratadi (siluetlar, otkritkalar, kitob yorliqlari); muhit yoki shaxsiy loyihalarini yasatadi; qog‘oz buklash, yirtish, qirqish yo‘li bilan shakllarning harakati va proporsiyalarini yoritgan holda kichik sujetli kompozitsiyalar yaratadi; tengdoshlari bilan ijodiy o‘yinlar yaratishi mumkin; shaxsiy ishlarida turli ifoda vositalarini qo‘llaydi; jamoaviy loyihalarda g‘oyalar taklif etadi. turli predmetlardan kompozitsiyalar yaratadi; individual va jamoada qo‘shiq ayta oladi; raqsda harakatlariga jilo bergan holda shaxsiy namuna yaratishi mumkin; musiqiy asboblarda yakkaxon yoki orkestrda jo‘r bo‘lib chalishi mumkin; g‘oya yaratadi va tatbiq etadi; maqsadga erishishda o‘rindosh sifatida turli predmetlar qo‘llaydi; turli spektakllarda rol ijro etib ishtirok etadi; olamni o‘zgartirishda insonning yaratuvchi rolini anglaydi; buyumlarni ikkilamchi qo‘llashda g‘oyalar taklif etishi mumkin. |
Download 25.58 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling