Mavzu: Bolaning nutqini rivojlantirishga qaratilgan omillar Annotatsiya Kalit so‘zlar: Nutqni rivojlantirish, innovatsion texnologiyalar, zamonaviy metodlar, fikrni erkin bayon qilish, ta’lim sohasidagi yangiliklar, og‘zaki va yozma nutq
Yangi ona tili darsligida grammatika betartib berilgan
Download 22.03 Kb.
|
Bolaning nutqini rivojlantirishga qaratilgan omillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Yangi ona tili darsliklari ona tili emas, har xil fanlar aralashmasi “qurama” bo‘lib qolgan.
1.Yangi ona tili darsligida grammatika betartib berilgan
Oldingi darsliklarda grammatik qoidalar mavzuning asosini tashkil qilar edi. Ya’ni mavzu grammatik qoidalar asosida tuzilgan va mavzudagi barcha mashqlar aynan shu qoidani mustahkamlashga qaratilgan edi. Milliy o‘quv dasturi asosida yaratilgan darsliklarga kiritilgan mavzularda grammatika asosiy planga olib chiqilmaganligi sababli ayrim o‘qituvchilarga ularda grammatika yo‘qday tuyulishi mumkin. Aslida har bir mavzuda berilgan matnlar, nutqiy mavzu va vaziyatdan kelib chiqqan holda bir necha o‘rinda grammatika berilganligini ko‘rish mumkin. Bunda grammatik qoidalarning kontekstda berilishi ularning samarali o‘zlashtirilishini va asosiysi, o‘quvchilar tomonidan og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri ishlatilishini ta’minlaydi. 2.Yangi ona tili darsliklari ona tili emas, har xil fanlar aralashmasi “qurama” bo‘lib qolgan. Oldingi ona tili darsliklarida asosiy maqsad til qoidalarini tizimli o‘zlashtirishga qaratilgani uchun, darsliklar mundarijasi ham shunga mos tuzilgan edi. Til muloqot orqali o‘rganiladi, muloqot uchun esa muloqot mavzusi kerak. Misol uchun, ona tili o‘qituvchisi ishga kelganda odatda hamkasblari bilan “qo‘shimchalarning turlari” mavzusida muloqot qilmaydi. Uning muloqot mavzusi turlicha bo‘lishi mumkin: kecha ko‘rgan filmi yoki o‘qigan kitobi, yakshanba uchun rejalari, o‘zi yashab turgan hududdagi muammolar va hokazo. Shunday ekan, muloqot orqali va muloqot maqsadida tilni o‘rgatish uchun turli mavzular asos qilib olinishi tabiiy holdir. O‘quvchiga turli mavzular qiziq bo‘lishi mumkin, darslikdagi mavzular rang-barangligi esa imkon qadar ko‘proq o‘quvchilar ehtiyojlarini qamrab olish imkonini beradi. Nutq fikrdan hosil bo‘ladi: fikr bo‘lmasa, nutqni ham rivojlantirish imkonsiz. ‘‘Kesimning tagiga chizing’’, ‘‘aniqlovchining turini aniqlang’’ qabilidagi mashqlar til strukturasini o‘rgatish uchun balki qulaydir, lekin ular yordamida fikrlashni rivojlantirish imkonsiz. Yangi avlod darsliklaridagi matnlar va matnlar asosidagi savol va topshiriqlar, muammoli vaziyatlar, loyihalar o‘quvchilarni fikrlash, mushohada yuritish, o‘zlarini o‘rab turgan voqealikka nisbatan faol munosabatda bo‘lishga chorlaydi.3 Ba’zi o‘qituvchilar bu o‘zgarishga ijobiy taassurot bildirishgan bo‘lsa ayrimlar bundan norozi, salbiy fikrlarni bildirishdi. Albatta, har qanday yangilik ortida tanqidiy fikrlar bo‘ladi. Oldingi 7-sinf darsligida olmosh mavzusi 12 soat berilgan bo‘lsa, hozirgi darslikda 2,3 soat berilgan. Ayrim pedagoglar ushbu mavzu murakkabligi,sababli 2 darsda buni o’quvchi o’zlashtira olmaydi,barcha olmosh turlari haqida ma’lumot yo‘qligini ta’kidlashdi. Ushbu fikrlarga Shokir Tursun olmoshning boshqa turlari, albatta, navbat bilan yuqori sinflarda o‘tilishi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi. Ona tili ta’limining maqsadi tilshunos tayyorlash emas, balki turli vaziyatlarda tildan to‘g‘ri va samarali foydalana olish ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Hayotda biz tildan, deylik, qo‘shimchalarning turlarini ajratish yoki olmoshni turlarga ajratish maqsadida foydalanmaymiz. Bizning til tuzilishi haqidaki bilimlarimiz muloqotni ta’minlash uchun – o‘qigan yoki eshitgan narsamizni tushunish va unga mos ravishda reaksiya bildirishimiz, fikrimizni to‘g‘ri va tushunarli ifodash uchun kerak. Yangi ona tili darsligida mening diqqatimni tortgan narsa bu barcha mavzular matn tuzish, uyga vazifalar ham matn tuzishga qaratilganligidir. Matn tuzish orqali o‘quvchi erkin fikrlaydi, mustaqil kitoblar o‘qiydi va o‘z taassurotlarini daftarga ko‘chiradi. 7-sinf ona tili darsligida ‘‘Zamonamiz qahramonlari’’ mavzusiga e’tibor bersak. Unda o‘zingiz o‘qigan badiiy asar qahramoningiz haqida matn tuzing deyilgan. Ushbu matn tuzish orqali o‘quvchi izlanadi, mustaqil badiiy asar o‘qib o‘z qahramonini asardan izlaydi. Buni hayotiy tajribadan ham ko‘rsatishimiz mumkin. Ushbu mavzuni o‘quvchilarimga o‘tganimdan so‘ng, ular badiiy asardan o‘z qahramonlarini izlab, topib katta taassurotlar bilan so‘zlab berishdi.Hatto badiiy asar o‘qishga qiziqib ketganlari ham anchagina. Shuni ham aytish lozimki, yangi darsliklar bilan birgalikda o‘qituvchi kitobi (o‘qituvchi uchun qaydlar)ning ham yangidan chiqayotganligini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Ushbu qo‘llanmada o‘qituvchi o‘quvchi bilan qanday mavzularda suhbat qurishi, darsni qanday shakllantirish , matn yaratish, og‘zaki va yozma nutqni erkin bayon qilishga kata e’tibor qaratilgan. Xulosa qilib shuni aytish joizki, ona tili darsliklarining asosiyn maqsadi-shunchaki fanga oid qoidalarni o‘rgatish emas, balki fanga oid bilimlarini hayotda qanday qo‘llashga o‘rgatishdir. Kelajakda bolalarning har qanday kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, ularning nutqini ravon qilib, og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishdan iborat. Download 22.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling