Mavzu: Bolaning nutqini rivojlantirishga qaratilgan omillar Annotatsiya Kalit so‘zlar: Nutqni rivojlantirish, innovatsion texnologiyalar, zamonaviy metodlar, fikrni erkin bayon qilish, ta’lim sohasidagi yangiliklar, og‘zaki va yozma nutq


Download 22.03 Kb.
bet1/3
Sana13.02.2023
Hajmi22.03 Kb.
#1194380
  1   2   3
Bog'liq
Bolaning nutqini rivojlantirishga qaratilgan omillar


Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti o‘zbek tili ta’lim yo’nalishi
195-guruh talabasi Yo‘ldasheva Shahrizoda
MAVZU: Bolaning nutqini rivojlantirishga qaratilgan omillar

Annotatsiya

Kalit so‘zlar:
Nutqni rivojlantirish, innovatsion texnologiyalar, zamonaviy metodlar, fikrni erkin bayon qilish, ta’lim sohasidagi yangiliklar, og‘zaki va yozma nutq.

KIRISH
Bugungi kunga kelib bolaning nutqini rivojlantirish, uning ravon so‘zlashi, o‘z fikrini erkin bayon qilishi tilshunos olimlarning nazaridan chetda qolmadi. Bu masala bo‘yicha hozirda ko‘plab ishlar olib borilmoqda, darsliklar yangidan tayyorlanib, kamchiliklar to‘g‘rilanmoqda. Mazkur maqolamiz aynan mana shu masala bolaning nutqini rivojlantirishga qaratilganligi bilan e’tiborlidir.
Psixolingvistik tadqiqotlardan ma’lumki, insonning til qobiliyati to‘rt xil kognitiv malakaning o‘zaro bog‘liqligida rivojlanadi: eshitib tushunish, fikrini og‘zaki bayon qilish,o‘qib tushunish va fikrini yozma bayon qilish.Eshitib tushunish va o‘qib tushunish psixologik tomondan nutqni qabul qilish jarayoni, gapirish va yozish esa nutq yaratish jarayonidir. Inson hayotining dastlabki yillaridanoq muloqot ehtiyoji sabab tilni o‘zlashtiradi, gapirishga harakat qiladi. Yillar davomida tajriba asosida og‘zaki nuqt o‘zlashtiriladi.1
Maktablarda bolaning og‘zaki nutqi biror fandan o‘tilgan ma’lum mavzuni gapirib berishda ko‘riladi. Bunda bolaning mavzuni bilish darajasigina ko‘riladi, baholanadi, og‘zaki nutq mahorati alohida e’tiborga olinmaydi. Ona tili darslarida og‘zaki nutq uchun alohida mashg‘ulotlar ishlab chiqilishi kerak. Har xil metodik o‘yinlardan foydalanib, o‘quvchini og‘zaki nutqini ravon bo‘lishi, fikrini yozma bayon qilishiga katta e’tibor berish lozim.
Metod - ( tadqiqot yoki bilish yo‘li, nazariya, ta’limot ) Voqealarni amaliy yoki nazariy o‘zlashtirish usullari. Metod aslida insonning amaliy faoliyati negizida yuzaga kelgan. Inson amaliy harakatining usullari anglanuvchi moddiy omilga aylangach bu usullar tafakkur metodining manbalari shaklini oldi.2
Darsning sifati yaxshi bo‘lishi, o‘quvchining eshitib tushunishi, fikrini og‘zaki va yozma bayon qilishi, albatta, o‘qituvchiga bog‘liq. Yangi mavzu o‘tilishidan oldin, o‘quvchilar bilan ushbu mavzu haqida nimalar bilishi, ularning hayotida ham shunday voqealar sodir bo‘lganligi haqida suhbat qurish lozim. Masalan, 7-sinf ona tili darsligidagi ‘‘Kurash – milliy sport turi’’ mavzusiga e’tibor qaratsak. Ushbu darsda sport mavzusiga doir dialoglar berilgan. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarga dialogni guruhlarga bo‘lib o‘qitib , o‘quvchilar dialogdan qanday xulosa chiqarganliklarini o‘z tushunchalari asosida matn bilan asoslab aytib berishi kerak. Suhbat davomida o‘qituvchi o‘rtaga har xil savollarni tashlab, o‘quvchining fikrlarini ham inobatga olib, hayotiy voqealar bilan dalillab berishi maqsadga muvofiq. Mavzu yuzasidan o‘quvchilarga nima deb o‘ylaysiz? suhbatda ko‘tarilgan muammo hozirda o‘z yechimini topganmi? qanday? buni hayotiy tajribalaringiz bilan asoslab bera olasizmi? kabi savollar berish lozim. Suhbat jarayonida ushbu muammo hozirgi kunga kelib o‘z yechimini topganligi, kurash bo‘yicha bir necha marta jahon chempionatlari o‘tkazilib, yurtdoshlarimiz oltin, kumush, bronza medallarni qo‘lga kiritganligi, O‘zbekistonning bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarib, ajdodlarimizga munosib farzand bo’lib yetishganligini aytish mumkin. Jumladan, bobokalonimiz Pahlavon Mahmudning ‘‘yengilmas kurash ustasi’’, “ kuragi yerga tegmagan polvon” nomini olganligini va hozirgi kunga kelib uning izidan kelayotgan bir nechta kurashchilarimizni misol tariqasida keltirib, o‘zaro suhbatlashib, hayotiy dalillar bilan isbotlab berishi lozim. Ushbu suhbat orqali o‘quvchilar o‘z fikrlarini bildirishadi, suhbat davomida ularning sport yo‘nalishiga qiziqishlari haqida bahs yuritiladi.O‘quvchilar fikrlarini bayon qilish davomidi ularning nutqiga, so‘zlashuv uslubiga alohida e’tibor beriladi. Barcha tushunchalar berilganidan so‘ng mashq, topshiriqlar bajariladi.
Hozirgi kunda barcha darsliklarning yangidan nashr qilinayotgaligi, ulardagi o‘zgarishlar, ayniqsa ona tili fanidagi qoida, grammatikalarning qisqartitilganligi juda ko‘pchilikning e’tiboridan chetda qolmadi.

Download 22.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling