Mavzu: Boqimandalik illatini paydo boliwining ijtimoiy psixologik xususiyatlari mundarij a kirish I bob. Oilaning milliy xususiyatlari II. Bob. Boqimandalik balosi xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati kirish mavzuning dolzarbligi


I BOB. OILANING MILLIY XUSUSIYATLARI


Download 246 Kb.
bet2/5
Sana22.02.2023
Hajmi246 Kb.
#1221835
1   2   3   4   5
Bog'liq
Boqimandalik illatini paydo boliwining ijtimoiy psixologik xususiyatlari12

I BOB. OILANING MILLIY XUSUSIYATLARI
Boqimandalik balosi

Ba’zi fuqarolarimiz kam ta’minlanganini ro‘kach qilib mahallaga chiqib, tinmay shikoyat yozishdan andisha qilmay qo‘ygan.
Foto: «realt.onliner.by»
— Qo‘shnimiznikidan qolishmasin, deb mashinamni yangiladim, — maqtanib qoldi bir tanishim. — Ko‘chamizdagi eng zo‘ri meniki bo‘ldi. Lekin shu katta yo‘ldan uygacha kirib borguncha yangi mashina loyga botib qolyapti-da. Bo‘lmasa, 9 oydan beri yozamiz, portal ham qolmadi, xalq qabulxonasi ham qolmadi. Foydasi yo‘q, ta’mirlamaydi. Yo‘l qurilishi uchun ajratilayotgan shu-uncha pul qayerga ketyapti, hayronman?!
— O‘zi besh yuz metrcha yo‘l bo‘lsa, o‘zlaring ta’mirlab qo‘ya qolsalaring bo‘lmaydimi?
— Nega biz qilarkanmiz? Davlat qiberishi kerak-ku. Aslida, yillik rejagayam kiritilgan. Undan keyin, yo‘lning xarajatiyam katta-da. Hech kimning ortiqcha chiqim qilgisi kelmaydi...
Unga ortiqcha gapirish foydasizligini tushunib jim bo‘ldim. Ammo odamlarimiz nega bunchalik boqimandalikka o‘rganib qolganini o‘ylab dilim xira tortdi. Axir, shu ko‘chadagi deyarli hamma xonadonning mashinasi bor, har kuni chang, loyga botib uyga kiradi. Mashinasini bir yillik yuvishiga ketadigan pullarini yig‘ib, o‘rtaga tashlasa ham loyko‘cha kamida toshko‘chaga aylanadi-ku. Nega shu ishni qilmaydi, faqat davlatdan najot kutadi? Chunki, boqimandalik qon-qoniga singib ketgan.
Kambag‘allik uyatmasmi?
Yodimda, maktabning boshlang‘ich sinfida o‘qigan paytimizda davlat tomonidan kam ta’minlangan oila farzandlariga kiyim-kechak berilardi (bunday kiyimlar hozir ham beriladi). Ammo u kiyimlarni kiyish biz uchun juda uyatli tuyulardi. Ota-onamiz ham qarzga olsa olardiki, kam ta’minlanganlar uchun kiyimlarni olmaslikka harakat qilardi. O‘zining nochorligini hammaga oshkor qilishdan tortinardi. Farzandim o‘ksimasin, tengqurlarining oldida boshi egilmasin, derdi.
Hozirchi? Ba’zi fuqarolarimiz kam ta’minlanganini ro‘kach qilib mahallaga chiqib, tinmay shikoyat yozishdan andisha qilmay qo‘ygan. «Mening besh farzandim bor, uyim juda tor. Kam ta’minlanganlar safiga qo‘shmasang, Prezidentgacha yozaman», deb mahalla raisiga o‘dag‘aylaydiganlar ko‘paygandan-ko‘paygan. Ammo yaxshilab surishtirsangiz, ularning o‘z nomida bo‘lmagan uy, mashina, hatto, savdo do‘konlari borligini ko‘rasiz. Haqiqiy muhtojlar esa ojizligidan uyalib, mahalla idorasiga kelishga ham tortinadi. Mardikorlik qilib bo‘lsa-da, kunini ko‘rib yuraveradi. Aslida, bugungi tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imtiyoz va sharoitlar oldida hech bir ishga qo‘l urmasdan «Kam ta’minlanganman, meni davlat boqishi kerak», deb bosh egib turishning o‘zi uyat emasmi? Yo‘q, moddiy manfaat bor joyda andishaning otini qo‘rqoq qo‘yib, «haqi»mizni talab qilib turaveramiz. Chunki boqimandalik kayfiyati vujudimizga o‘rnashib qolgan.
Soliq to‘lamagan biz-u, oylik bermagan davlat aybdor
Darhaqiqat, bugun davlat idoralari xalqqa qanchalik yaqinlashgani sayin, xalqning davlat idoralaridan noroziligi ortib borayotgandek, nazarimda. Xalq qabulxonalariga uy so‘rab, joy so‘rab qilinayotgan murojaatlarning ham aksariyati haqiqiy muhtojlar emas, asosan, boqimandalik kasaliga chalinganlar tomonidan yozilmoqda. Shuningdek, o‘ta shaxsiy, kichik muammolarni, arzimas ikir-chikirlar ham davlat rahbarining virtual qabulxonasiga yo‘llanayotgani odamni o‘ylantiradi. Bunga misol keltirishning hojati yo‘q deb o‘ylayman.
Gohida oylik maoshimiz yoki pensiyamiz bir necha kunga kechiksa, dod-faryod qilib, buxgalteriyani boshimizga ko‘taramiz. Hammasiga yana davlatni aybdor qilamiz. Biroq o‘zimizning yillab kommunal to‘lovlarni, soliqlarni to‘lamay yurganimiz xayolimizga ham kelmaydi. Axir, soliq va majburiy to‘lovlarsiz davlat budjeti g‘arib bo‘lib qolishi besh qo‘lday ayon-ku.
Tovuqlar o‘ldi, limonlar qurib qoldi...
O‘tgan yildan boshlab bank xodimlari mahallalarda uyma-uy yurib, aholining haqiqiy ahvolini o‘rganib, ularga tadbirkorlik uchun biznes loyihalar taqdim etdi. Kredit olishda yordam qildi. Ammo majburiy boshlangan tadbirkorlikning aksariyati uzoqqa bormadi. Qishloq joylarda «majburiy» tarqatilgan limon ko‘chatlarining aksariyatini qishda sovuq urib ketdi, tovuqlar kasallanib, nobud bo‘ldi. Ba’zilarning kredit evaziga qurgan issiqxonalari ham bir yilga bormay bo‘shab qoldi. Nima uchun? Chunki bizning haliyam ko‘zimiz ochilgani yo‘q. O‘zimizdan harakat va ishtiyoq bo‘lmas ekan, boqimandalik kayfiyatidan qutulmas ekanmiz, rivojlanish ham bo‘lmaydi. Tovuq bergan odamdan donini ham so‘rab tursak, limon ko‘chati sotgandan issiqxona qurib berishini talab qilsak, daromadimizni ham birato‘la topshirib qo‘yaversak bo‘lmaydimi?
Ha, biz hammasiga mas’ul rahbarlarni ayblashga o‘rganib qolyapmiz. Barcha muammolarimizni «tepadagilar» qilib berishi kerakdek, go‘yo. Bu ham boqimandalikning bir belgisi, aslida.
Boqimandalik balosi
Yashirmaymiz, boqimandalikni davolab bo‘lmaydi.

Download 246 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling