Mavzu: Boqimandalik illatini paydo boliwining ijtimoiy psixologik xususiyatlari mundarij a kirish I bob. Oilaning milliy xususiyatlari II. Bob. Boqimandalik balosi xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati kirish mavzuning dolzarbligi


Download 246 Kb.
bet1/5
Sana22.02.2023
Hajmi246 Kb.
#1221835
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Boqimandalik illatini paydo boliwining ijtimoiy psixologik xususiyatlari12


Mavzu: Boqimandalik illatini paydo boliwining ijtimoiy psixologik xususiyatlari
M U N D A R I J A


KIRISH
I BOB. OILANING MILLIY XUSUSIYATLARI ……………5
II. BOB. BOQIMANDALIK BALOSI………………………..…9
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Farzandini har tomonlama kamol topgan haqiqiy inson qilib tarbiyalash har bir ota – onaning ezgu niyatidir. Chunki, aqlan va axloqan barkamol bo’lgan kishi ona yurti oldidagi xizmatlari uchun doimo xalq orasida hurmat e’tiborda bo’lgan va e’zozlangan. Shu bois o’zbeklar insoniylik fazilatlari poydevorining faqatgina oilada qo’yilishini, ya’ni odob – axloqning avvali oiladan boshlanishini azal – azaldan sezishgan va oila tarbiyasiga alohida e’tibor bilan qarashgan.
Inson dunyoga kelishi bilanoq voqeylikdagi narsa va hodisalar bilan o’zaro munosabatga kirisha boshlaydi. Odamning qanday shakllanishi narsa va xodisalarning, avvalo qaysi tomonini (yaxshi – yomon, ijobiy – salbiy, foydali – zararli, va boshqalar) o’zlashtirishiga ko’p jihatdan bog’liqdir.
Shunga ko’ra dastlab ota – onalar bolada insonning ko’rki va ziynati hisoblangan o’zbek xalqiga xos bir qator noyob xislatlarga: rostguylik, inoqlik, tantilik, vijdonlilik, mehmondo’stlik, ota – onalar va kattalarga hurmat, samimiylik, qadr – qimmatni saqlash, mehr – oqibatli bo’lish, o’zaro yordam kabi yaxshi fazilatlarga havas, yomon illatlarga esa nafrat uyg’otib borishlari alohida ahamiyatga ega. Buning uchun ajdodlarimizdan meros bo’lib qolgan bola tarbiyasiga bog’liq milliy qadriyatlarimizdan oqilona foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bola tarbiyasi va uning yetuk shaxs sifatida shakllanishida oilaning roli nihoyatda kattadir. Oilada bolaning aqliy faoliyati kamol topadi, dunyoqarashi,
tafakkuri shakllanadi, kishilarga nisbatan mehr – oqibat hissi tarbiyalanadi. Bolaning bilimi, qobiliyati va malakalarining shakllanishi aynan oila va oilaviy tarbiyaga bog’liqdir.
Muxtaram Prezidentimiz I.Karimov Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir nomli asarida shunday deydi: ,,Odamzod dunyoda juda ko’p kasbu hunarning egasi bo’lishi mumkin. Quruvchi, dehqon, bog’bon, shoir, olim bo’lib nom qozonish, mol – mulk orttirish mumkin. Lekin, Alloh taolo insonga ato etgan eng katta boylik, eng ulug’ burch borki, uni dunyodagi hech bir narsa bilan qiyoslab bo’lmaydi. Bu farzand ko’rib, ota bo’lish, ona bo’lish baxtidir. Bu faqatgina baxtu saodat emas, balki yaratganning oldida, elu yurt oldida juda katta mas’uliyat ham demakdir. Har bir oqil insonning va jamiyatimizning muqaddas vazifasi, aytish mumkinki, hayotining ma’nosi qobil farzandlar o’stirish, ularni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash, kamolini ko’rish, ota – onasiga, vataniga sadoqatli kishilar etib voyaga etkazishdan iboratdir.
Ajdodlarimiz o’z nasllarini umumbashariy tuyg’ular, o’lmas sharq falsafasi, milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiya qilib kelganlar. Ota – bobolarimiz asrlar davomida tilimizni, dilimiz va dinimizni, o’zbekning o’zligini har tomonlama asrab – avaylab, barkamol avlodlarni voyaga yetkazdilar. Bunday fazilatlar asl e’tiboriga ko’ra bizning zahmatkash xalqimizga munosibdir va bu bilan har qancha g’ururlansak arziydi”.
Kishilik jamiyati paydo bo’lgandan boshlab oilasi masalasi, shaxslararo munosabat ayniqsa oilada bolalar tarbiyasi dolzarb masalalardan biri bo’lib
kelmoqda. Ana shu boisdan ,,Oilada bola tarbiyasining ijtimoiy psixologik xususiyatlari” mavzusida bitiruv malakaviy ishi tayyorlashni o’z oldimizga maqsad qilib belgilab oldik.

Download 246 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling