Mavzu: borliq falsafasi (ontologiya) reja: Ontologiya borliq haqidagi ta’limot. Falsafa tarixida borliq haqidagi qarashlar evolyusiyasi
Download 108.5 Kb.
|
3 mavzu. Borliq falsafasi (Ontologiya) (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Materialistik monizm
- Idealistik monizm
MONIZM. Dunyoning narsalar va hodisalar rang-barangligi bir substansiyadan iborat degan ta’limot «monizm» (yunon. monos – bitta, yagona) deb ataladi. Dunyoning kelib chiqishi va mohiyati haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar, shuningdek birinchi asos muammosiga nisbatan falsafa tarixidagi eng salmoqli yondashuvlar kurashi nuqtai nazaridan substansiya tabiatini tushunishga nisbatan ancha keng tarqalgan ikki yondashuv – materialistik va idealistik monizmni qayd etish lozim.
Materialistik monizm dunyo yagona va uzviy, u azaldan moddiy va dunyoning birligi zamirida Ayni shu moddiylik yotadi, deb hisoblaydi. Bu konsepsiyalarda ruh, ong va ideallikdan emas, balki moddiylikdan keltirib chiqariladi. Bunday yondashuvlarning o‘ta rivojlangan ko‘rinishlariga biz Fales, Geraklit, Spinoza va uning izdoshlari asarlarida duch kelamiz. Idealistik monizm esa, materiyani har qanday borliqning boqiy mavjudligi, yo‘q bo‘lmasligi va birinchi asosiga ega bo‘lgan qandaydir ideal narsaning mahsuli deb hisoblaydi. Bunda ob’ektiv-idealistik monizmni (masalan, Platonda – bu o‘lmas g‘oyalar, zardo‘shtiylikda olov, o‘rta asr falsafasida – Xudo, Gegelda – yaratilmaydigan va o‘z-o‘zidan rivojlanadigan «mutlaq g‘oya») va sub’ektiv-idealistik monizmni (masalan, borliqning barcha jismoniy va ruhiy holatlarini «neytral» asosdan – dunyoning qandaydir mavhum konstruksiyalari, «elementlari»dan keltirib chiqargan Max) farqlash mumkin. Dualizm birinchi asos sifatida ikkita substansiya olingan falsafiy yondashuv (lot. dualis – ikki yoqlama). Nemis faylasufi X.Volf 18 asr boshida «dualizm» atamasini falsafiy muomalaga kiritgan. X.Volf dunyoda barqaror tartibning shakllanishida tafakkur, g‘oyalar va aql-idrokning alohida o‘rnini aniqlashga harakat qilgan. X.Volfning falsafaga oid qo‘llanmalari barcha o‘quv yurtlarida o‘qitilgan va eskirgan (sxolastik) jihatlarni siqib chiqargan. Ular universitet ta’limining asosiy manbalari sifatida amal qila boshlagan. Plyuralizm dunyoning negizida ikkita emas, balki undan ko‘proq mohiyat borligini tan oluvchi ta’limotdir. «Plyuralizm» (lot. – ko‘plik, ko‘p xillik, ko‘p sonlik) atamasini ham X.Volf 1712 yilda taklif qilgan. Bu tushuncha ontologiyada ayniqsa, jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirgan. Chunki ayni shu ta’limotda borliqning ko‘p sonli mustaqil va o‘zaro bog‘lanmaydigan asoslari ilgari surilgan. Leybnitsning «monadologiyasi», ya’ni monadalar haqidagi ta’limoti plyuralizmning klassik ko‘rinishi hisoblanadi. Ushbu ta’limotga ko‘ra, dunyo son-sanoqsiz ruhiy substansiyalardan tashkil topadi. Ammo, plyuralistik yondashuvning bundan oldinroq ilgari surilgan ko‘rinishlari ham mavjud. Masalan, Empedokl yaratgan dunyoning to‘rt asosi haqidagi ta’limot plyuralistik ontologiyaning turlaridan biri sifatida amal qiladi. Download 108.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling