Mavzu: borliq falsafasi (ontologiya) reja: Ontologiya borliq haqidagi ta’limot. Falsafa tarixida borliq haqidagi qarashlar evolyusiyasi


Download 108.5 Kb.
bet18/19
Sana23.04.2023
Hajmi108.5 Kb.
#1393275
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
3 mavzu. Borliq falsafasi (Ontologiya) (4)

Uning fikricha, «Miqdor uchun ko‘payish va kamayish, sifat uchuno‘zgarish, makon uchunko‘chib yurish, mohiyat uchunvujudga kelish va yo‘q bo‘lish mavjud»2. Harakatning vujudga kelish, yo‘q bo‘lish, o‘zgarish, ko‘payish, kamayish, ko‘chib yurish kabi turlarini farqlash lozim.
Ammo Aristotel jonsiz, passiv materiya konsepsiyasini rivojlantirib, pirovard natijada, muayyan birinchi harakatlantirgich – har qanday faollikning negizi sifatidagi sof shakl harakat manbaidir, degan xulosaga keldi. Binobarin, harakat materiyaning atributi emas, balki uning modusi, ayrim xossasi va belgisidir; u faqat birinchi turtki vositasida beriladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, falsafiy tafakkur rivojlanishining keyingi ancha uzoq davri mobaynida harakat materiyaning atributi sifatida qaralmadi, balki uning ayrim va qo‘shimcha xossasi hisoblandi.
O‘rta asr Sharq mutafakkiri Forobiy fikricha, harakat va sukunatning ibtidosi, biron-bir narsaga yoki irodaga borib taqalmasa, uni tabiat deb atash mumkin. Harakat vaqt bilan belgilangan. Harakat ibtido va intiho bilan chegaralanmagan3.
Ibn Sino fikricha harakat vujudi mumkinning ichki mohiyatidan kelib chiqadi va osoyishtalik bilan mavjud bo‘ladi. Harakat bu ashyolar, voqealarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishdir4.
Uyg‘onish davri mutafakkirlari har qanday borliq – olamdan tortib mayda zarragacha – unga xos bo‘lgan ruh tomonidan harakatga keltiriladi, degan fikrni ilgari surdilar. Ular – butun olamni ilohiylashtirish ta’limotiga asoslandilar.
Yangi davr mexanikasi mazkur yondashuv mutlaqo asossizligini ko‘rsatdi. Mexanika nuqtai nazaridan, biron-bir jismni harakatga keltirish uchun unga qandaydir tashqi kuch ta’sir ko‘rsatishi lozim. 17-18 asrlarda mexanikaning jadal rivojlanishi, u ayrim nomexanik hodisalarni (masalan, issiqlik hodisalari, hattoki, fiziologik hodisalarni) tushuntirishda erishgan yutuqlar shunga olib keldiki, harakatga ancha tor ma’noda mexanik harakat, ya’ni makonda oddiy ko‘chib yurish sifatida qarala boshlandi. Umuman olganda, metafizik yondashuvlarning nomukammalligi so‘zning o‘z ma’nosidagi harakatni, uning alohida turi – ko‘chib yurish bilan tenglashtirish; harakatga atribut emas, balki modus sifatida qarash; birinchi turtkining zarurligiga ishonch bilan bog‘liq edi.
Bunday yondashuvlarning nomukammalligini ko‘pgina mutafakkirlar tan olgan. Masalan, ingliz faylasufi Jon Toland (1670-1722) dinni tanqid qilar ekan, harakatni materiya atributi, deb hisoblaydi. U «Men harakatni materiyaning muhim xossasi, deb bilaman. Boshqacha aytganda, o‘tkazmaslik va ko‘lamlilik materiya tabiatiga qanday xos va u bilan uzviy bo‘lsa, harakat ham materiya tabiatiga shunday xos va u bilan uzviydir. Binobarin, harakat materiya ta’rifidan uning tarkibiy qismi sifatida o‘rin olishi lozim», deb yozgan. J.Toland harakatning barcha shakllarini mexanikaga bog‘lamagan, balki uni umumiy ichki faollik sifatida tushungan. Harakatning atributliligini fransuz faylasufi Deni Didro (1713-1784) ham isbotlashga harakat qilgan. Uning fikriga ko‘ra, «Mutlaq harakatsizlik tabiatda mavjud bo‘lmagan abstrakt tushunchadir», «Harakat materiyaning uzunlik, chuqurlik, kenglik kabi haqiqiy xossasidir». D.Didro mexanitsizmni, ya’ni harakatni makonda ko‘chib yurishgagina bog‘lashni rad qilishga harakat qildi. U tabiat abadiy harakat va rivojlanishda bo‘ladi, deb hisoblagan. Uning fikricha, borliq bir shaklda halok bo‘ladi va boshqa shaklda vujudga keladi, materiyaning faolligini o‘z-o‘zidan harakat g‘oyasi bilan tushuntirish mumkin.
O‘z-o‘zidan harakat g‘oyasi materiyaning ichki ziddiyatliligi, shuningdek, xilma-xilligi bilan belgilanadi. Materiya son-sanoqsiz har xil sifatli elementlardan tashkil topadi. Ularning to‘qnashuvi va o‘zaro ta’siri abadiy harakat, o‘zgarish va rivojlanishni tushunishga yordam beradi.

Download 108.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling