7-ma'ruza. Sun’iy intellektda mantiqiy xulosalashlar Reja


Download 0.83 Mb.
bet1/23
Sana04.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1077953
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
7-лекция -1.02(Логика пред,Инд..и Дед..выв.)



7-ma'ruza. Sun’iy intellektda mantiqiy xulosalashlar


Reja:
1. Formal mantiq.
2. Predikatlar mantiqi.
3. Birinchi tartibli predikatlar mantiqi.
4. Deduktiv mantiqiy xulosalash.
5. Abduktiv va induktiv mantiqiy xulosalashlar.


Tayanch iboralar: Formal mantiq (formal logic), predikat (predicate), birinchi tartibli predikatlar mantiqi (first-order predicate logic), an’anaviy mantiq (traditional logic), matematik mantiq (mathematical logic), tahlil (analysis), sintez (synthesis), induksiya (induction), deduksiya (deduction), abstraktlashtirish (abstraction), analogiy (o'xshashlik)(analogy), sybyekt (subject), birjoyli predikat (Single predicate), chin predikar (real predicate), yolg’on predikat (false predicate), ikkijoyli predikat (Double predicate), n-joyli predikat (n-ary predicate), konyunksiya (conjunction), dizyunksiya (disjunction), implikatsiya (implication), umumiylik kvantori (universal quantifier), mavjudlik kvantori (existential quantifier), deyarli normal shakl (prenex normal form), deduktiv mantiqiy xulosalash (deductive inference), fikrlash (reasoning), Modus Ponendo Ponens, Modus Tollendo Tollens, Modus Ponendo Tollens, Modus Tollendo Ponens, fakt (fact), semantik usul(semantic method), sintaktik usul (syntactic method), abduksiya (abduction), induksiya (induction).


1. Formal mantiq


Formal mantiq – xulosalash qiymatlari qonunlari haqidagi fan, ya’ni har bir aniq holatda tajribaga murojaat qilmasdan, faqat qonunlar va fikrlash qoidalarini qo’llash natijasida oldindan o’rnatilgan va chinligi tekshirilgan bilimlardir [1].
Formal mantiq an’anaviy mantiq va matematik mantiqdan iborat.
An’anaviy mantiq yangi xulosalaydigan bilimlarni olishda quyidagi mantiqiy usullardan foydalanadi [1].
Tahlil – butunni qism elementlarga ajratishda ularning har birini alohida qaraydigam mantiqiy usul.
Sintez – tahlil natijasida olingan barcha ma’lumotlar birlashmasi.
Induksiya - bu fikrning hususiylikdan umumiylikga, qator faktorlardan qonunga harakat jarayoni. Induktivli qoidadan odatda xususiy faktlar asosida xulosalashda, qandaydir qonun asosida alohida hodisalar o’rtasida o’zaro aloqalarni o’rnatishda foydalaniladi.
Дедукция–bu fikrning umumiylikdan hususiylikga, qonundan alohidalikning namoyon bo’lishiga harakat jarayoni.
Abstraktlashtirish-barcha faktorlar majmuidan voz kechish va qandaydir bitta savolga e’tiborni qaratish.
Analogiya (o’xshashlik)-biror sharoitda ikkita hodisaning o’xshashligidan boshqa sharoitda ham ushbu hodisalarning o’xshashligi haqida xulosa chiqrish qoidasi.
Taqqoslash – hodisalar, jarayonlar va obyektlarning o’xshashligi yoki farqliligini qandaydir belgilar asosida o’rnatish.
Matematik mantiq-matematikada foydalaniladigan qat’iy usullarni formal mantiq muammolariga qo’llash natijasida paydo bo’lgan. Formulalarning maxsus tillari yordamida isbotlarning mantiqiy strukturasini adekvatli tavsiflashga erishilgan va qat’iy mantiqiy nazariyalar qurish amalga oshirilgan. Matematik mantiq mulohazalar mantiqi (mulohazalarni tavsiflash) va uning kengaytmasi –predikatlar mantiqifa (xulosa chiqarishni tavsiflash) aoslanadi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling