7-ma'ruza. Sun’iy intellektda mantiqiy xulosalashlar Reja


Abduktivli va induktivli mantiqiy xulosalashlar


Download 0.83 Mb.
bet14/23
Sana04.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1077953
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
7-лекция -1.02(Логика пред,Инд..и Дед..выв.)

5. Abduktivli va induktivli mantiqiy xulosalashlar.


Abduktiv xulosalash. Abduksiyabu tushuntiruvchi gipotezalarni shakllantirish jarayoni. Aniqrog’i, taklif qilingan tushuntirishlar uchun berilgan nazariyalar va kuzatuvlar asosida abduktiv xulosalash tushuntirishlar orasidan bitta yoki ko’proq eng yaxshi tushuntirishlarni aniqlashi lozim [1, 9, 18].
Abduktiv xulosalash kuzatilayotgan hodisa va faktorlarni tushuntirish yoki sababini aniqlash uchun qo’llaniladi.
Abduktiv xulosalash quyidagi sxema boyicha tasvirlanadi: qoida va natijalar berilgan bo’ladi, xususiy holat-sababni aniqlash talab etiladi.
Sun’iy intellektda abduktiv xulosalash deganda eng yaxshi abduktiv tushuntirish tushuniladi.
Misol. Quyidagi qoida mavjud: «Ushbu qutidagi barcha mevalar olmalar»; Kuzatish natijasi quyidagicha: «Bu mevalar olmalar»; U holda abduksiya bo’yicha quyidagi xulosaga kelinadi: «Бу olmalar ushbu qutidan olingan» (sabab-tushuntirish);
Ko’p hollarda abduktiv xulosalashdan kuzatilayotgan tizimlarning noto’g’ri harakatlarini tashxislashda foydalaniladi. Sun’iy intellekt tizimlarining amaliy sohalarida abdultiv xulosalash tabiiy tilni tushunish, rejalashtirish,rejani anglab olish hamda bilimlarni to’plash va o’zlashtirish kabi masalalarni echishda qo’llaniladi [1, 9, 18]. Shuningdek, abduktiv xulosalash fanda va kunlik hayotimizda korxonaning xo’jalik faoliyatini tahlil qilish, kosmik nurlanishlarni o’rganish kabi masalalarni echishda ham keng qo’llaniladi.
Induktiv xulosalash. Sun’iy intellektda abduktiv va deduktiv xulosalashdan tashqari xulosalashning induktiv sxemalaridan ham foydalaniladi [1, 9]. Xulosalashning bunday sxemalari mavjud xususiy tasdiqlarning umumlashmasini hosil qilishga imkoniyat yaratadi. Umumlashtirish qobilyati tabiiy intellektning muhim funksiyasi hisoblanadi va ulardan yangi bilimlarni hosil qilishda foydalaniladi. Shuning uchun xulosalashning induktiv sxemasi sun’iy intellektning o’rganucvhi tizimostilari elementi hisoblanadi. Chunki, o’rganish jarayonida mavjud faktlar majmuidan umumlashtirish yo’li bilan yangi tushunchalar va faktlar shakllantiriladi. Xulosalashning induktiv sxemalari bilimlarni hosil qilish jarayonini avtomatlashtirishda keng qo’llaniladi.
Induktiv xulosalashning umumiy muammosi–bu «tabiatning ba’zi bir muntazamligini ifodalovchi faktlardan qonunlarga o’tganda biz nimaga asoslanamiz» degan prinsipni tushuntirishdan iborat.
Misol. Berilgan: x; y. Topish kerak: R.
x: Axmedov -abiturient;
y: Axmedov – xujjat topshirishga haqli;
R: Barcha abiturientlar xujjat topshirishga haqli.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling