Mavzu: borliq falsafasi (ontologiya) reja: Ontologiya borliq haqidagi ta’limot. Falsafa tarixida borliq haqidagi qarashlar evolyusiyasi


Tabiat tushunchasining falsafiy tahlili


Download 108.5 Kb.
bet7/19
Sana23.04.2023
Hajmi108.5 Kb.
#1393275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
3 mavzu. Borliq falsafasi (Ontologiya) (4)

Tabiat tushunchasining falsafiy tahlili. «Tabiat» tushunchasi eng muhim va keng qo‘llaniladigan falsafiy kategoriyalardan biridir. Bu atama bir necha talqinga ega bo‘lib, falsafada ko‘pincha u keng, tor va maxsus ma’noda ishlatiladi. Mazkur ma’nolarning har biri, o‘ziga xos xususiyatga ega.
Tabiat tushunchasining keng ma’nosi borliqni, butun dunyoni barcha rang-barang shakllari bilan jamuljam holda aks ettiradi. Bu ma’noda «tabiat» atamasi borliqqa nisbatan tatbiq etiladi va «materiya» kategoriyasidan ham kengroq falsafiy kategoriya sifatida amal qiladi, zero u moddiy va ma’naviy asoslarning birligidan iborat muayyan yaxlitlik sifatidagi insoniyatni ham o‘z ichiga olgan Koinotning butun moddiy-energetik va axborot dunyosini qamrab oladi. Ayni shu ma’noda «tabiat» tushunchasi falsafaning borliq muammolari o‘rganiladigan sohasi, ya’ni ontologiyada keng qo‘llaniladi. Mazkur atama ko‘rsatilgan ma’noda falsafada ko‘proq XIX asrgacha ishlatilgan.
Tabiat tushunchasining tor ma’nosi XIX asrda hayotning paydo bo‘lishi va Erdagi evolyusiya jarayonlari muammolarini tushunishga nisbatan yangicha yondashuvlar yuzaga kelishi, shuningdek Inson dunyoda o‘z o‘rnini anglab etishi bilan shakllana boshladi. Shu ma’noda «tabiat» atamasi muayyan hajmgacha torayib, ob’ektiv borliqning biosfera (J.Lamark 1802 yilda biosfera atamasini muomalaga kiritgan), ya’ni «hayot sohasi» deb nomlagan qisminigina anglata boshladi. Biosfera jonsiz tabiatning avvalgi rivojlanish mahsuli bo‘lib, Erning hayot kechayotgan nozik qatlamini tashkil etadi. U atmosfera, gidrosfera va litosferaning yuqori qismini qamrab oladi.
Biosferada inson alohida o‘rin egallaydi. U jonli tabiatning tabiiy qismi bo‘lsada, vaqt o‘tishi bilan unga qarshilik ko‘rsatuvchi faol asosga aylandi. Bu faktni u ekologiya muammolari yig‘ilishiga qarab anglay boshladi. Mazkur muammolar keskinlashgani sari inson o‘zining o‘zgargan holati haqida yanada teranroq mulohaza yuritib, tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqasi masalasini ilmiy, falsafiy va amaliy nuqtai nazardan echishga harakat qila boshladi.
Shu ma’noda, tabiat insonni qurshagan muhitni, ya’ni borliqning biosferadan biologik tur sifatida o‘rin olgan insonning mavjudlik sharoitlari majmui sifatida amal qiladigan qismini anglata boshladi.

Download 108.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling