Mavzu: borliq falsafasi (ontologiya) reja: Ontologiya borliq haqidagi ta’limot. Falsafa tarixida borliq haqidagi qarashlar evolyusiyasi
Download 108.5 Kb.
|
3 mavzu. Borliq falsafasi (Ontologiya) (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Germaniyada
- INSON BORLIG‘I
Geosiyosat. G.T.Bokl (geografik determinizmning atoqli namoyandasi 1821-1862) «Angliya sivilizsiyasi tarixi» deb nomlangan asarida o‘ziga xos iqlim va tabiatga ega bo‘lgan mustamlaka xalqlarining qoloqligini tushuntiradi va ijtimoiy tengsizlikning tabiiyligi haqida xulosa chiqaradi. Keyinchalik Boklning bu g‘oyalari geografik maktabdagi yangi yo‘nalish – geosiyosatni yaratdi. Demak geosiyosat ijtimoiy tengsizlikning tabiiyligi g‘oyasidir. Mazkur yo‘nalishning asosiy g‘oyalarini Germaniyada F.Ratsel va K.Xausxofer, Buyuk Britaniyada G.Makkinder, AQSHda A.T.Mexen va N.Spikmen, Shvetsiyada R.CHellen ilgari surdi.
“Geosiyosat” atamasini 1916 yilda birinchi bo‘lib ishlatgan R.CHellen o‘zining «Davlat hayot shakli sifatida» deb nomlangan asarida F.Ratselning sotsial-darvinistik g‘oyalarini rivojlantirdi. Bu g‘oyalarga muvofiq tabiiy sharoit jahon tarixida davlatlar rivojlanishining eng muhim omili hisoblanadi, davlatning o‘zi esa geografik muhitning turli omillari aholiga ko‘rsatgan ta’sir natijasida shakllangan biologik organizm sifatida qaraladi. Bundan Chellen u yoki bu davlatning hayot makoni uchun kurashi har qanday jonli organizm qonuni – yashash uchun kurash tabiiy qonunidan o‘zga narsa emas, degan xulosaga keladi. Uning fikricha, tor makonga ega bo‘lgan «yashovchan davlatlar» qat’iy siyosiy imperativga amal qilib, o‘z hududini istilochilik, mustamlakalarni qo‘lga kiritish yo‘li bilan kengaytirishga harakat qilishining zamirida ayni shu qonun yotadi. Boshqacha aytganda, urushlar, Chellen fikriga ko‘ra, nafaqat muqarrar, balki zarurdir. Shu ko‘rinishda geosiyosat irqlar nazariyasi bilan bir qatorda nemis millatchilarining rasmiy siyosati negizini tashkil etdi va Ikkinchi jahon urushiga tayyorgarlik, «hayot makoni»ni qo‘lga kiritish va bosib olingan hududlarda yashovchi xalqlarning ommaviy qirg‘inini asosladi. Natsistik geosiyosatning taniqli namoyandasi Karl Xausxofer 1924 yildan «Geosiyosiy jurnal» nashr etib, bu geosiyosatning asosiy g‘oyalarini rivojlantirdi, Gitlerning «Mayn kampf» asarini yaratishga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin fashistik geosiyosat uning hayot makoni va irqiy ustunlik g‘oyalari bilan jinoiy ta’limotlar qatoriga kiritildi. INSON BORLIG‘Ining. tahlilida insonning tabiatning bir qismi sifatida jismoniy mavjudligini va alohida inson borlig‘ini farqlash o‘rinli bo‘ladi. Inson tabiatning bir qismi hisoblanadi va shu ma’noda uning qonunlariga bo‘ysunadi. Tananing mavjudligi inson o‘limga mahkum ekanligini belgilaydi. Inson borliq va yo‘qlik dialektikasi bilan bog‘lanadi, barcha tabiat jismlari kabi vujudga kelish, shakllanish va halok bo‘lish holatlaridan o‘tadi. Barcha tabiat jismlari kabi, inson tanasiga ham modda va energiyaning saqlanish qonunlari o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, ya’ni uning tarkibiy qismlari tabiatning boshqa holatlariga o‘tadi. Inson tanasi mavjud bo‘lishi uchun uni muttasil quvvatlash (ovqatlanish, sovuqdan va boshqa xavf-xatarlardan saqlash) talab etiladi. Fikrlash uchun inson tanasining tirikligini ta’minlash zarur. Bundan hayotni saqlash, insonning o‘z-o‘zini saqlashi va insoniyatning yashovchanligini ta’minlash zaruriyati kelib chiqadi, bu oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar joy, sof atrof muhitga ega bo‘lish ehtiyojida o‘z ifodasini topadi; Download 108.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling