Мustaqil ish
Download 41.27 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Buyuk Britaniya iqtisodiyotida sug‘urtaning tutgan o‘rni va ahamiyati.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI МUSTAQIL ISH MAVZU: Buyuk Britaniyaning sug‘urta kompaniyalari tomonidan ko’rsatiladigan asosiy sug’urta xizmatlari Bajardi : M-71 guruh talabasi Ismailova G. TOSHKENT-2015 REJA: 1. Buyuk Britaniya iqtisodiyotida sug‘urtaning tutgan o‘rni va ahamiyati. 2. Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari amalga oshiradigan asosiy sug‘urta turlari. 3. Buyuk Britaniyada sug‘urta tizimini davlat tomonidan tartibga solinishi. 4. “Lloyd” sug‘urta korporatsiyasi va uning tashkiliy tuzilishi, funksiyasi. 5. Buyuk Britaniya bozorida sug‘urta brokerlarining asosiy vazifasi. 1. Buyuk Britaniya iqtisodiyotida sug‘urtaning tutgan o‘rni va ahamiyati. Buyuk Britaniya jahonning eng rivojlangan mamlakatlari qatoriga kiradi. Keyingi o‘n yil mobaynida jahon iqtisodiyoti rivojlanishiga Buyuk Britaniya sanoatining qo‘shayotgan hissasi sezilarli darajada kamaygan, uning tovarlarining xalqaro bozorlaridagi raqobatdoshligi tushib ketgan bo‘lsada, Buyuk Britaniyaning moliya- kredit tizimi hamon dunyoda etakchi o‘rinlardan birini egallab kelmoqda. Buyuk Britaniya moliya institutlari birinchi navbatda sug‘urta kompaniyalari, sanoat korxonalarining yirik miqdordagi aksiyalarga ega va bu holat sug‘urta va sanoat kapitalining birlashishiga olib kelmoqda. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, sug‘urta kompaniyalarining qariyb 30% aktivi yirik sanoat kompaniyalarining aksiyasiga to‘g‘ri keladi. Bugungi kunda, Buyuk Britaniyada aholi va korxonalarining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini iqtisodiyotga jalb etishda sug‘urta kompaniyalari o‘ziga xos mavqega ega. Masalan, 1958-1962 yillarda sug‘urta kompaniyalar va nodavlat nafaqa fondlari orqali 50 foizga yaqin shaxsiy omonatlar yig‘ib olingan bo‘lsa, 1995 yillarda ham bu ko‘rsatkich deyarli o‘zgarmagan. Sug‘urta kompaniyasi uzoq muddatli sug‘urta shartnomalarini tuzish yo‘li bilan aholidagi vaqtincha bo‘sh mablag‘larini sug‘urta fondiga jalb etadi. ular korxona va banklar bilan ham mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha shartnomalar tuzib, katta miqdorda sug‘urta fondini shakllantiradi. o‘z navbatida, sug‘urta kompaniyasi bu fondning mablag‘larini iqtisodiyotning turli tarmoqlariga yo‘naltiradi. Bozor munosabatlari asosida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalari Buyuk Britaniya iqtisodiyotining muhim strategik sohasi hisoblanadi. Download 41.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling