Мustaqil ish


 Buyuk Britaniyada sug‘urta tizimini davlat tomonidan tartibga solinishi


Download 41.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana02.06.2024
Hajmi41.27 Kb.
#1837971
1   2   3   4
3. Buyuk Britaniyada sug‘urta tizimini davlat tomonidan tartibga solinishi


Boshqa rivojlangan davlatlar kabi Buyuk Britaniyada ham sug‘urta 
kompaniyalarining faoliyati tegishli davlat oranlari tomonidan nazorat etiladi. 
Birinchi marotaba, bu mamlakatda, sug‘urta kompaniyalar faoliyatini davlat 
tomonidan tartibga solish 1870 yilda qabul qilingan hayotni sug‘urta qiluvchi 
kompaniyalar to‘g‘risidagi qonun bilan joriy qilingan edi.
Bugungi kunda Buyuk Britaniyada sug‘urta kompaniyalari ustidan nazoratni 
amalga oshirish savdo va sanoat departamentiga yuklatilgan. Uning tarkibida 
maxsus sug‘urta nazorati organi mavjud. Savdo va sanoat departamenti Buyuk 
Britaniya hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha sug‘urta kompaniyalariga 
ushbu faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya beradi. Odatda, 
litsenziya sug‘urtaning ayrim turlari bo‘yicha shug‘ullanish huquqini beradi.
Buyuk Britaniyada faoliyat ko‘rsatayotgan barcha sug‘urta kompaniyalari hisobot 
yili tugaganidan so‘ng 6 oy muddatda amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi 
hisobotni matbuotda e’lon qilishlari haqida savdo va sanoat departamentiga 
taqdim qilinishdan oldin, mustaqil auditorlar tomonidan tekshirilib tasdiqlanishi 
majburiy hisoblanadi. Sug‘urta kompaniyalarining hisoboti quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi: 
-kompaniyaning balansi; 
-foyda va zararlar schyoti; 
-sug‘urta mukofotlari dinamikasining tahlili; 
-uzoq muddatli sug‘urta foizi bo‘yicha ro‘y bergan o‘zgarishlar to‘g‘risida 
ma’lumot;
4. “Lloyd” sug‘urta korporatsiyasi va uning tashkiliy tuzilishi, funksiyasi
Buyuk Britaniya sug‘urta tizimida “Lloyd” korporatsiyasining o‘ziga xos o‘rni 
bor. “Lloyd”ning tashkiliy tuzilmasi sug‘urta kompaniyalarining tashkiliy 


tuzilmasidan tubdan farq qiladi. “Lloyd” London shahrining markazida joylashgan 
va bu erda sug‘urta operatsiyalarini uning a’zolari amalga oshiradi. “Lloyd”ning 
33532 ta a’zolari bo‘lib, ular yig‘gan sug‘urta mukofotining hajmi 10 mlrd. f.st.dan 
oshadi. “Lloyd”ga a’zo har bir anderrayter sug‘urta operatsiyasini o‘zining 
imkoniyati darajasida amalga oshiradi va korporatsiyaning boshqa a’zolarini 
majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. Sug‘urta kompaniyalaridan farqli o‘laroq, 
“Lloyd” korporatsiyasi a’zosi tuzilayotgan shartnomalar bo‘yicha cheklanmagan 
majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi mumkin. “Lloyd” a’zolari sug‘urta 
operatsiyalarini amalga oshirishi uchun maxsus sindikatlarga birlashgan. Hozirgi 
paytda korporatsiyaning 400 dan ortiq tarmoq sindikatlari mavjud bo‘lib, ulardan 
135 tasi dengiz sug‘urtasi, 44 tasi aviatsiya sug‘urtasi, 37 tasi avtomobil 
sug‘urtasiga ixtisoslashgan sindikatlardir.
“Lloyd”da barcha sug‘urta operatsiyalari brokerlik firmalari vositachiligida amalga 
oshiriladi. Hozirgi paytda “Lloyd”da ro‘yxatdan o‘tgan brokerlar 300 dan ortiq.
bugungi kunda o‘zbekistonda ham ayrim sug‘urta kompaniyalari va sug‘urta 
brokerlari “Lloyd” korporatsiyasi bilan mustahkam aloqa o‘rnatishgan. Masalan, 
“Uz-AON-Lixu” sug‘urta kompaniyasi “Lloyd” korporatsiyasining a’zosi bo‘lgan 
“Aleksandr-Xauden Grup” sug‘urta brokeri orqali o‘zbekistonda sug‘urta qilingan 
risklarni bir qismini “Lloyd” bozorida joylashtirmoqda. 
“Lloyd” korporatsiyasi doirasida yig‘ib olinadigan sug‘urta badallarining 30 foizi 
dengiz sug‘urtasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Buyuk Britaniyani deyarli uch tomondan 
okean va dengizlar qurshab olgan va bu erda azaldan savdo-sotiqlar dengiz va 
okeanlar orqali amalga oshirilgan. Angliyada dastlabki sug‘urta shartnomalari
bundan taxminan 300 yillar oldin, aynan, dengizda tashiladigan yuklar va kemalar 
bilan bilan bog‘liq bo‘lgan.  

Download 41.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling