Мustaqil ish
Buyuk Britaniya bozorida sug‘urta brokerlarining asosiy vazifasi
Download 41.27 Kb. Pdf ko'rish
|
5. Buyuk Britaniya bozorida sug‘urta brokerlarining asosiy vazifasi
Buyuk Britaniyada sug‘urta operatsiyalarining 60 foizga yaqini sug‘urta brokerlari yordamida amalga oshiriladi. Bu xususiyat ushbu mamlakat sug‘urta tizimini boshqa mamlakatlar sug‘urta tizimidan tubdan farq qiladi. Buyuk Britaniyada potensial sug‘urtalanuvchilar, asosan, sug‘urta brokerlari yordamida sug‘urta shartnomalarini tuzadilar. Mijozlar u yoki bu kompaniyalar bilan sug‘urta shartnomasini tuzishga hoxish bildirsa, brokerlar ularga kovernota hujjatini topshiradi. Kovernota - o‘ziga xos hujjat bo‘lib, potensial sug‘urtalanuvchining ma’lum bir sug‘urta kompaniyasi bilan sug‘urta shartnomasini tuzishga ahd qilganligini bildiradi va bunda hech qanday sug‘urta javobgarligi ko‘zda tutilmaydi. Sug‘urta brokerlari kompaniyalarning manfaatidan ko‘ra, ko‘proq sug‘urtalanuvchilarning manfaatini himoya qiladi. Odatda, sug‘urta brokerlari o‘nlab sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta shartnomalari, moliyaviy holati va sug‘urta badali stavkalari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladi. 1995 yil holatiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 1200 dan ortiq sug‘urta brokerlari ro‘yxatga olingan. Brokerlar nisbatan, aviatsiya, dengiz va avtomobil sug‘urtalarida faol ishtirok etadilar. Download 41.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling