Mavzu: Borliq va rivojlanish falsafasi


Dialektikaning tarixiy shakllari va xususiyatlari


Download 64.47 Kb.
bet11/22
Sana02.05.2023
Hajmi64.47 Kb.
#1423336
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
2-Mavzu.

Dialektikaning tarixiy shakllari va xususiyatlari. Axborot sivilizatsiyasi davrida dunyoning yaxlit nazariy obrazini yaratish – og‘ir va mashaqqatli vazifa. Uni echishning falsafiy yo‘li ikki yarim ming yil muqaddam boshlangan bo‘lib, shundan beri o‘tgan davr mobaynida rivojlanish falsafasi shakllangan va bosqichma-bosqich atroflicha ishlab chiqilgan. Falsafaning mazkur bo‘limi rivojlanish muammosini turli nuqtai nazarlardan o‘rganuvchi konsepsiyalarni o‘z ichiga oladi. Ularning orasida dialektika, metafizika va sinergetika alohida o‘rin egallaydi. Ularning ayniqsa keng e’tirof etilgani va mufassal ishlab chiqilgani dialektikadir. SHu sababli bu bo‘limda unga asosiy e’tibor qaratiladi. Dialektikani bilish, uning tamoyillari, qonunlari va kategoriyalaridan ijodiy foydalanish har qanday soha mutaxassisi dunyoqarashining muhim sharti hisoblanadi.
Dialektika nima, uning mazmuni nimadan iborat, rivojlanishning dialektikaga muqobil qanday konsepsiyalari mavjud?
«Dialektika» (yunon. dialektike – suhbat qurish san’ati) so‘zining «dialog» (yunon. dialogos – ikki yoki bir nechta suhbatdoshlar so‘zlashuvi) so‘zi bilan umumiy jihatlari bisyor. Dastlab dialektika bahslashish, munozara qilish san’ati sifatida tushunilgan, bunda fikrlar, qarashlar qarama-qarshiligi vositasida haqiqatning tagiga etish maqsadida muammoni o‘zaro manfaatdor muhokama qilishga qaratilgan munozara nazarda tutilgan. Dialektik – bu savol berish va javob qaytarishga usta odam, deb hisoblangan.
Dunyoning mavjudligi botiniy va zohiriy o‘zgarishlarning abadiy takrorlanib turishidan iborat. Bu takrorlanishlar o‘z mohiyat va xususiyatlarini saqlab qolganliklari uchun qonun va qonuniyat tusini olgan.
Qonun tushunchasi kundalik hayotda tez-tez ishlatib turiladi: fizika, ximiya, yuridik, iqtisod, tabiat qonunlari, qonun ustuvorligi va h. k.
Tabiat, jamiyat va inson taraqqiyoti ma’lum qonunlar asosida amalga oshadi. Fanlarning asosiy vazifasi muayyan sohani tadqiq etib, qonunlarni kashf qilish yoki amal qilish xususiyatlarini ochib berishdir. Qancha ko‘p qonun kashf qilinsa, taraqqiyot shuncha tez bo‘ladi.
O‘zbekiston ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti asosida demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo qilish yo‘lidan bormoqda. Bunda umumbashariy qonunlar va mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olingan.

Download 64.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling