Mavzu: Borliq va rivojlanish falsafasi


Borliq va yo‘qlik dialektikasi


Download 64.47 Kb.
bet2/22
Sana02.05.2023
Hajmi64.47 Kb.
#1423336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
2-Mavzu.

Borliq va yo‘qlik dialektikasi. «Borliq bor, yo‘qlik esa – yo‘q», deganida, Parmenid ayni shu holga e’tiborni qaratgan. Binobarin, yaxshi, yomon, to‘g‘ri, noto‘g‘ri, quvnoq, sho‘r, oq, qora, katta, kichkina kabi va shunga o‘xshash sifatlar borliqqa nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas. Borliqni biron-bir koordinatalar tizimsiga joylashtirib bo‘lmaydi, uni faqat vaqtda fikrlash mumkin. Muxtasar qilib aytganda, borliqni har qanday voqelik ega bo‘ladigan umumiy, universal va betakror mavjudlik qobiliyati, deb tavsiflash mumkin. Bu fikr esa amalda mavjud narsagina borliqqa ega bo‘lishi mumkin, degan xulosa chiqarish imkonini beradi.
«Yo‘qlik» har qanday tilda amalda mavjud bo‘lmagan narsa bilan tenglashtiriladi va boshqacha tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, yo‘qlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, hodisa, ong... (ya’ni amalda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalar) o‘zligini yo‘qotgan holda «yo‘qlik» atamasi ayni shu ma’noda ishlatiladi va ular haqida ular «yo‘qlikka chekindi», mavjud emas, deyiladi. Lekin sof falsafiy ma’noda bu fikrni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Borliq va yo‘qlik o‘rtasida dialektik o‘zaro aloqa mavjud.
Birinchidan, dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga ko‘ra, biz yashayotgan Olam bo‘shliqdan bino bo‘lgan. Bo‘shliq materiyaning alohida holati. Bo‘shliq fizik borliqning eng boy tipi, o‘ziga xos potensial borliq sifatida namoyon bo‘ladi, zero unda mumkin bo‘lgan barcha zarralar va holatlar mavjud, biroq ayni vaqtda unda aktual tarzda hech narsa yo‘q1.
Noklassik borliq. Noklassik falsafa dunyoning aqlga muvofiqligi, shuningdek inson ongining mustaqilligiga shubha bildirdi. Pozitivistlar umuman ontologiyani yaratishdan bosh tortdilar. Irratsionalizm, marksizm va ekzistensializmda ontologik konsepsiyalar hayot, jamiyat va inson tushunchalari rivojlantirildi, ular borliqning noyob usullari sifatida tavsiflandi. Quyida noklassik falsafada borliqqa munosabatni tahlil qilamiz.
Borliq va mavjudlik. Borliq va mavjudlikni ontologik ajratish Xaydegger loyihasining tayanch nuqtasi hisoblanadi. (Martin Xaydegger 1889-1976 – nemis faylasufi, ekzistensializm asoschilaridan biri. Asosiy asarlari: «Borliq va vaqt», «Metafizikaga kirish», «Platonning haqiqat haqidagi ta’limoti», «Qishloq ko‘chasida», va b.)

Download 64.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling