Mavzu: Bosh bo`laklar 108 110 mashqlar


Download 217.63 Kb.
bet1/6
Sana13.05.2023
Hajmi217.63 Kb.
#1457823
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5269340361502755227


Sana_________________ 1
Mavzu: Bosh bo`laklar 108 - 110 - mashqlar
Darsning maqsadi: ta`limiy: Kesim va ega gapning bosh bo‘laklari, ularning so‘roqlari, gapning bosh bo‘laklarini aniqlash va tegishlicha belgilash haqida bilim berish.
Tarbiyaviy: barkamol avlodga xos odoblilik san'ati va madaniyatini o'rgatish; o'zbek xalqining milliy urf-odat, an'ana va qadriyatlarini amalda qo'llash malakalarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: Og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish. Mustaqil fikrlashga o`rgatish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya : TK-2: rasmli kitoblar, jurnallarni mustaqil o‘qib-o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; TK-3: maktabda, oilada va turar joylarida bo‘layotgan jarayonlarda (turli tadbirlar, shanbalik va h. k.) ishtrok etish. TK-5: mustaqillik yillarida bunyod etilgan inshootlarni hamda muqaddas qadamjolarni bilish va ularni hurmat qilish. FK-1: rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi; matn nuqning yozma shakli, matnning gaplardan tuzilishini biladi, matnga sarlavha qo‘ya oladi; FK-2: talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi; bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi;
Darsning turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Darsning metodi : aqliy hujum, suhbat, savol-javob, ta’limiy o‘yini.
Darsning jihozi: Mavzuga oid rasmlar, ona tili darsligi
Darsning borishi.

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

O’tgan darsni so’rash

8 daqiqa

3

Yangi mavzuni yoritish

17

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

8 daqiqa

5

Baholash

5 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa



I.Tashkiliy qism : Salomlashish , davomatni aniqlash, navbatchining axboroti.
Sinf tozaligini nazorat qilish, o`quvchilarni darsga tayyorgarligini nazorat qilish.
II. O`tgan mavzuni so`rab baholash. Uyga berilgan vazifani tekshirish va baholash. O`tilgan mavzular yuasidan savol-javob o`tkazish.
1.Matn nima? U nimalardan tuziladi?
2.Gap nima? Gap nimalardan tuziladi?
3.So`zlar nimalarni bildiradi? Ular qanday so`roqlarga javob bo`ladi?
4.Kim? nima? so`roqlari qayday so`zlarga beriladi?
5. Qanday? qanaqa/?so`roqlariga javob bo`ladigan so`zlar nimani ifodalaydi? Misollar yozing?
6. Nima qildi? Nima qiliyapti? Nima qiladi? Nima qilmoqchi? So`roqlari qanday so`zlarga beriladi?
Ш. Yangi mavzuning bayoni: 108 – mashq.O`qing va ko`chiring.


O'qituvchi suhbat davomida gaplarni doskaga yozib boradi:
Kim? (Yamin) nima qiladi? (qatnaydi.)
Kimlar? (Bolalar) nima qiladilar? (o'rganadilar.)
O'qituvchi o'quvchilar javobini umumlashtiradi:
— Demak, birinchi gap Yamin haqida aytilgan. Yamin — gapning egasi. Yamin haqida nima deyilganini bildirgan so'z — qatnaydi. Qatnaydi — gapning kesimi. Shunday qilib, Yamin duradgorlik to'garagiga qatnaydi gapida Yamin — ega, eganing tagiga bir chiziq chizamiz, qatnaydi — kesim, kesimning fagiga ikki chiziq chizamiz va hokazo.
IV. Yangi mavuni mustahkamlash; 108-mashq. Nuqtalar o‘rniga so‘roqlar mazmuniga mos so‘zlami qo‘yib, matnni o‘qing. Ko‘chiring. Bosh bo‘laklarni aniqlang.
(Kim?) ... mashinani yurgizdi. (Nima?) ... bekatda to‘xtadi. (Kim?) ... kasallarni davolaydi. (Kim?) ... sahnada 0‘ynaydi. (Nima?) ... chiqdi olamga. (Kimlar?) ... tanlovga tayyorlanmoqdalar.
Foydalanish uchun so‘zlar: haydovchi, shifokor, artist, oftob, avtobus, o‘quvchilar.
Ega va kesim gapning bosh bo’lakiaridir. Ular birgalikda gapning asosini tashkil etadi. Gapning kim yoki nima haqida aytilganini bildiradigan bo'lagi ega deb ataladi. Gapning egasi haqida nima de-yilganini bildirgan bolak kesim deyiladi. Kesim gapning boshqa bo‘laklarini o‘z atrofiga birlashtiradi.
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish va baholash. O'quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o'qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy baholar e'lon qilinadi va faol, bilimdon o'quvchilar rag'batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa. 110- mashq.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi”O`TIBDO`: _______________________


Sana_________________ 2


Mavzu: Bosh bo`laklar 111 - 113 - mashqlar
Darsning maqsadi: ta`limiy: Kesim va ega gapning bosh bo‘laklari, ularning so‘roqlari, gapning bosh bo‘laklarini aniqlash va tegishlicha belgilash haqida bilim berish.
Tarbiyaviy: barkamol avlodga xos odoblilik san'ati va madaniyatini o'rgatish; o'zbek xalqining milliy urf-odat, an'ana va qadriyatlarini amalda qo'llash malakalarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: Og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish. Mustaqil fikrlashga o`rgatish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya : TK-3: kattalarga, kichiklarga va o‘rtoqlariga yordam berish. TK-6: mamlakatimizdagi bayram kunlarini bilish; ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan narsalardan (o‘quv qurollari, kiyim-kechagi) tejab foydalanish. FK-1: rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi; nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi; FK-2: mashq matnidagi so‘zlarni qo‘shib, gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi;
Darsning turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Darsning metodi : aqliy hujum, suhbat, savol-javob, ta’limiy o‘yini.
Darsning jihozi: Mavzuga oid rasmlar, ona tili darsligi
Darsning borishi.


Download 217.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling