Mavzu: Bosh bo`laklar 108 110 mashqlar


Download 217.63 Kb.
bet6/6
Sana13.05.2023
Hajmi217.63 Kb.
#1457823
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5269340361502755227

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

O’tgan darsni so’rash

8 daqiqa

3

Yangi mavzuni yoritish

17

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

8 daqiqa

5

Baholash

5 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa



I.Tashkiliy qism : Salomlashish , davomatni aniqlash, navbatchining axboroti.
Sinf tozaligini nazorat qilish, o`quvchilarni darsga tayyorgarligini nazorat qilish.
II. O`tgan mavzuni so`rab baholash. O'tilgan mavzuda berilgan uyga vazifasini tekshirish. Uyga berilgan mashq o'qitiladi . 119-mashq. O`quvchilarga berilgan so‘zlardan gap tuzish aytiladi.
Bu yil yomg'ir ko‘p yog‘di. Ko‘k yaylov maysa bilan qoplandi. Qir-adirlarda bahori bug‘doy ekildi. Dehqonlar bug'doydan mo‘l hosil oldilar.
Ш. Yangi mavzuning bayoni: 120-mashq. Matnga sarlavha topish aytiladi. Toshbaqa
Bolalar bog’dan toshbaqa topib oldilar. Toshbaqaning bir oyog’i yaralangan edi. Bolalar uni yaxshi parvarish qildilar. Toshbaqaning yaralangan oyog‘iga dori qo‘yib bog’ladilar. Toshbaqaning oyog’i tez kunda tuzalib ketdi. Sentabrda bolalar uni maktabga sovg’a qildilar. Hozir u maktabimiz „Jonli burchagi“da yashayapti.
Savollar yordamida matn mazmunini qayta hikoya qiling.
1.Bolalar bog'dan nima topib oldilar?
2. Toshbaqaning oyog‘iga nima qilgan edi?
3. Bolalar toshbaqaning oyog‘ini qanday davoladilar?
4. Bolalar toshbaqani qayerga keltirdilar?
Har bir gapdagi bosh bolaklarni aniqlab, ularni yonma-yon ko'chiring.
IV.Darsni mustahkamlash;
121-mashq. Ifodali o‘qish.
MANZARA
Tilla bandli yaproqlar Yuklaridan bo'shanib
Dov-daraxt-la xushlashar. Olgan cheksiz dalalar.
Bargi xazon fasli bu, Quchog'ida o'ynaydi
Kuz qish bilan duchlashar. Qirmiz yuzli bolalar. Nurilla Oston
She’r matnini alohida gaplarga ajratib, bu gaplardagi bosh bo‘laklarni topib va ularning qanday so'roqlarga javob bolayotganini aytish topshiriladi.. Bosh bolaklarni birgalikda ko‘chiring.
— Ega va kesim gapning qanday bo'lagi? — Ega deb nimaga aytiladi?
— Ega qanday so'roqlarga javob bo'ladi? — Kesim deb nimaga aytiladi?
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish va baholash. O'quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o'qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy baholar e'lon qilinadi va faol, bilimdon o'quvchilar rag'batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa. 122-mashq. O`qish. Nechta gap borligini aytish. Har bir gapning chegarasini aniqlab, tinish belgisini qo'ying va ko'chirish.
To’liq olish uchun
Narxi 5000ming so’mdan tel: +998993143711
Download 217.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling