Mavzu: bosh miya katta yarim sharlarining fiziologiyasi dars rejasi


Download 66 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi66 Kb.
#1492951
1   2   3   4
Bog'liq
23-Ma\'ruza

Katta yarim sharlar po „stlog „idagi elektr hodisalar. Katta yarim sharlar po’stlog’ining yuzasiga yoki bosh terisiga ikkita elektrod qo'yib, kuchaytirgichga ulansa, elektr potensiallaning shaklli amplitudasi va chastotasi turlicha bo'lgan uzluksiz tebranishlarini qayd qilsa bo'ladi. Bu tebranishlar yozuvi elektroensefalogramma deb tekshirish usulining o’zi esa elektroensefalografiya (encephalon-miya so'zidan) deb ataladi. Elektroensefalogrammani V.V.Pravdich Neminskiy 1913- yilda turli galvanometr yordamida birinchi marta hayvonlarda qayd qilgan. Keyinchalik G. Berger elektron kuchaytirgich texnikasini tadbiq etib, odamning shikastlanmagan bosh terisi orqali elektroensefalogramma olish mumkinligini ko’rsatib berdi. Bu usul o’sha vaqtdan buyon tajribalarda va klinik tadqiqotlarda keng rasm bo’ldi.
Miyachaning chuvalchang qismi olib tashlansa, Deyters yadrosi tormozlanmay qoladi. Bu esa muskullar tonusining oshishiga va rigidlikka olib keladi.
Chuvalchangni elektr toki bilan ta‘sirlash yozuvchi muskullar tonusini pasaytiradi. Miyacha po‘stlog‘ining oraliq zonasi katta yarim sharlarning harakatlantiruvchi sohalaridan maqsadga erishishga qaratilgan harakatlar to‘g‘risida ma‘lumot oladi. Bu ma‘lumotni orqa miyadan miyachaga kelgan tayanch-harakat apparatining holati to‘grisidagi axborot bilan taqqoslab, maqsadga erishishga qaratilgan harakatni boshqarishda ishtirok etadi. Miyachaning chuvalchang qismi olib tashlansa, Deyters yadrosi tormozlanmay qoladi. Bu esa muskullar tonusining oshishiga va rigidlikka olib keladi. Chuvalchangni elektr toki bilan ta‘sirlash yozuvchi muskullar tonusini pasaytiradi. Miyacha po‘stlog‘ining oraliq zonasi katta yarim sharlarning harakatlantiruvchi sohalaridan maqsadga erishishga qaratilgan harakatlar to‘g‘risida ma‘lumot oladi. Bu ma‘lumotni orqa miyadan miyachaga kelgan tayanch-harakat apparatining holati to‘grisidagi axborot bilan taqqoslab, maqsadga erishishga qaratilgan harakatni boshqarishda ishtirok etadi. Yarim sharlar po’stlog’i va po’stloq ostidagi tuzilmalarning turli qismlarida elektr potensiallarining tebranishlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar elektroensefalografiya usuli bilan o’rganiladi. Buning uchun ko’p kanalli elektroensefaloraflar ishlatiladi, bu asboblar miyaning 4 dan 32 tagacha nuqtasidagi elektr faolligini bir yo’la qayd qilishga imkon beradi.
M.N.Livanov va V.M.Ananev taklif etgan elektroensefaloskopiya usuli bu jihatdan yanada katta imkoniyatlar ochib beradi. Ular yasagan asbob-elektroensefaloskop yarim sharlar po’stlog’ining 50ta va hatto l00ta bo’lagidagi elektr faolligini yorib va ravshanligini uzluksiz o'zgartirib turadigan nuqtalar shaklida qayd qiladi. Shu nuqtalarning hammasidagi potensiallar tebranishi o’rtasida mavjud munosabatlrni analiz qilish uchun elektron hisoblash mashinalaridan foydalaniladi.
Chap yarim sharning funktsional qismlari
Narkoz. Narkozda elektroensefalogramma harakterli ravishda o’zgaradi. Bu o’zgarishlar beriladigan narkotik moddaning turiga qarab farq qiladi. Efir bug'lari nafasga olinganda yarim sharlar po'stlog'idagi ritmlar ancha tezlashadi, beta-ritm paydo bo'ladi. Harakat va nutqning qo'zg'alishi narkozning fazasiga to'g'ri keladi. Narkoz chuqurlashgan sayin beta-ritm teta-ritm bilan almashinadi, so'ngra «sukut» davrlari kelib chiqadi, ya‘ni elektr tebranishlari qisqa vaqt yo'qolib turadi. Natijada efir bug'lari ta‘sir etaverganda, elektr faolligi batamom susayadi. Narkozdan chiqish davrida elektroensefalogramma teskari tartibda o'zgaradi.
Gipoksiya. Nafas olishning to'xtashi yoki sof azotni nafasga olish sababli kelib chiqadigan gipoksiyada ham elektroensefalogramma harakterli ravishda o'zgaradi. Gipoksiyaning dastlabki davrida alfa-ritm o'rniga sekundiga 15-40 tebranishlar chastotasiga ega bo'lgan beta-ritm paydo bo'ladi. Beta-ritm so'ngra delta-to'lqinlar bilan almashadi. Odamda delta- to'lqinlarining paydo bo'lishi es-hushning yo'qolishi bilan bir vaqtga to'g'ri keladi. Gipoksiya davom etaversa, yarim sharlar po'stlog' idagi elektr faolligining qayd qilinishi to'xtab qoladi. Bordi-yu shu paytyana kislarod berilsa, elektroensefalogramma teskari tartibda o'zgaradi.

Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling