Mavzu: bosh miya katta yarim sharlarining fiziologiyasi dars rejasi


Markaziy nerv sistemasi yaralanishi


Download 66 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi66 Kb.
#1492951
1   2   3   4
Bog'liq
23-Ma\'ruza

Markaziy nerv sistemasi yaralanishi. Hozirgi ilmiy-tadqiqotlarga ko’ra pramidal va ekstrapramidal sistemalarga bo’linishida qayeyrning funksiyalari juda yaqindan bog’liq.
Quyi motonayronlar. Periferik nervlar o’z tizimida muskullarga xizmat qilishida quyi motonayronlardan ham unga ergashib xizmat qiladi. Orqa miya to’qimasining yallig’lanishi miyelit deb ataladi. Bu kasallik ko’pincha bolalarda uchraydi, uni maxsus viruslar qo’zg’atadi va poliomiyelit kasalligiga sabab bo’ladi. Miyelit-orqa miya nerv hujayralarining yallig’lanishi, poli-ko„p degan ma‘non bildiradi, ya‘ni poliomiyelit orqa miya bir nechta segmentlari nerv to’qimasining yallig’lanishidir.
Quyi motonayronlarning zararlanishidan poliomiyelit viruslari muskullarni harakatlanishdan mahrum qiladi.
Yuqori motonayronlarning zararlanishi. Orqa va bosh miyani bog’lovchi traktlarda, old miya tashqi po’stlog’ida yoki pasayuvchi nerv tolalaridagi ichki yeapsulalardagi, miya o’zagidagi yoki orqa miyadagi yaralanishlar spastik paralichni keltirib chiqaradi. Eng oddiy yaralanishlar joyi bu miya yarim sharlari orasida bo’ladi. Bunday yaralanishlar ko’pincha arterial to’silish yoki miya tanasida kislorod yetishmovchiligi ham nervlarning halok bo’lishiga olib keladi (Seretal infarkt).
Qachonki yaralanish piramidalar kesishgan joydan oldinda bo’lsa tipik paralich simptomlari sodir bo’ladi va ular yon tomon muskullarida kuzatiladi. Agar yaralanish orqa va bosh miyalar bog’lanishidan quyi qismda bo’lsa, orqa miya chap tomoni yaralanishidagi paralich aynan o’sha tomonda sodir bo’ladi.
Bu turdagi yaralanish tarqoq (so’ligan) paralichdan farq qiladi va quyi neyronlar halok bo’lmaydi. Shuning uchun reflekslar saqlanib qoladi. Ekstrapromidal motor nerv tolalari yuqorgi motoneyronlar bilan uyg’unlashib ular ham aynan shu yaralardan zararlanadi va o’zlarini motoneyronlarga ta‘sirini yo’qotadi. Natijada muskul refleksining sensor stimuliga javob bera olishi ortadi. Uni motoneyronlar jo’natadigan impulslar nazoratsiz qoladi. Bu holat giperrefleksit deb nomlanadi. Masalan, agar paralichga uchragan qo’lning bilagi changallashi yoki tutib turishi mumkin. Bunday holda spastik paralich yuqori motoneyronlarning zararlanishidan sodir bo’ladi va muskul tonusini ko’tarilishi bilan qo’shilib ketadi.
Bosh miya katta yarim sharlar po'stlog'i - markaziy nerv sistemasining kechroq rivojlangan strukturasi va funktsiyalari ayniqsa murakkab bo'lgan oliy bo’limidir.
Katta yarim sharlar va po’stlog’ining ahamiyati ularni operatsiya qilib olib tashlash, ya‘ni ekstirpatsiya qilish tajribalarida yaqqol ko'rinadi.
Katta yarim sharlar po„stlog'ining hujayra strukturasi (sitoarxitektonika).
Katta yarim sharlar po’stlog'ining struktura elementlari nerv hujayralari va ulardan chiqqan o'siqlar- aksonlar va dendritlar hamda neyrogliya hujayralari dan iborat.
Katta yarim sharlarning butun yuzasi po'stloq bilan qoplangan; po'stloqning qalinligi 1,5 mm dan 3 mm gacha bo'ladi. Voyaga yetgan odamda ikkala yarim sharpo'stlog'iningumumiy yuzasi 1450 dan 1700 sm2 gacha. Katta yarim sharlar po'stlog'idan 12 milliarddan 18 milliardgacha neyron bor.
Katta yarim sharlar po'stlog'ining tuzilish xususiyati shuki, nerv hujayralari ustma-ust bir necha qavat bo'lib yotadi. Bu qavatlar quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi.
Molekulyar qavat degan I qavat nerv hujayralari kam bo'lib, asosan nerv tolalarining chigalidan tarkib topgan.

  1. qavat mikroskopik preparatlarda yumaloq, uchburchak va ko'p burchak donalar shaklidagi mayda (diametri 4-8 mk) hujayralar qalin joylashganidan tashqi donador qavat deb ataladi.

  2. qavat dastlabki ikki qavatga nisbatan qalinroq bo'lib, unda katta- kichikpiramidal hujayralar bor.

IVqavat ichki donador qavat deb ataladi. Ikkinchi qavat kabi, bu qavat ham mayda hujayralardan tuzilgan . Voyaga yetgan organizm katta yarim sharlar po'stlog'ining ba‘zi qismlarida bu qavat bo'lmasligi mumkin; masalan,, yarim sharlar po'stlog'ining motor sohasida bu qavat yo'q.

  1. qavat Bezning katta piramidal hujayralaridan iborat. Bu hujayralarning yuqori qismidan yo'g'on o'siq - dendrit chiqib, po'stloqning yuza qavatlarida ko'p marta shoxlaydi. Ikkinchi uzun o'siq - akson katta piramidal hujayralardan oq modda ichiga kirib, po'stloq ostidagi yadrolarga yoki orqa miyaga yo'l oladi.

  2. qavat multiform qavat bo'lib, uchburchak yoki duksimon hujayralardan iborat.

Katta yarim sharlar po'stlog'ining neyronlarini funktsional jihatdan uchta asosiy guruhga ajratsa bo'ladi. Spesifik afferent yo'llarning uchinchi neyronlaridan chiqadigan aksonlar qaysi hujayralarda tugasa, o'sha hujayralar birinchi guruhga kiradi. Bu hujayralar ko'ruv do'mboqlarining yadrolaridan katta yarim sharlar po'stlog'iga keluvchi afferent impulslarni qabul qilgani uchun sensor hujayralar deb atalsa bo'ladi. Asosan yulduzsimon neyronlar shunday funktsiyani o'taydi, bunday neyronlar po'stloq sensor sohalarining III va IV qavatlarida ayniqsa ko’p.
Miyaning pastrog’idagi bo’limlariga-po’stloq ostidagi yadrolarga, miya o‘zaniga va orqa miyaga impuls yuboruvchi hujayralar ikkinchi guruhga kiradi. Bu katta piramidalneyronlar bo’lib, ularni birinchi marta V.A.Bes 1874- yilda tasvirlagan. Ular yarim sharlar po'stlog'idagi motor sohaning asosan V qavatida to’plangan. Bu neyronlarni motor yoki effektor hujayralar deb hisoblashadi. Katta yarim sharlar po'stlog'ining effektor funktsiyasini yuzaga chiqarishda ba‘zi duksimon hujayralar ham qatnashadi. Yarim sharlar po’stlog’nining bir yoki turli sohalardagi har xil neyronlarni o'zaro bog‘laydigan hujayralar uchinchi guruhga kiradi. Ular kontakt yoki oraliq neyronlar deb ataladi. Mayda va o'rtacha piramidal neyronlar bilan duksimon hujayralar shular jumlasidandir. Katta yarim sharlar po’stlog’i olti qavat hujayralardan tuzilishi bilan birga. nerv tolalarining tuzilishi ham murakkab. Yarim sharlar po'stlog'ida uning turli qismlarini birlashtiruvchi gorizontal tolalar va kulrang moddani oq moddaga bog’lovchi radial tolalar bor. Nerv tolalari ham 6 qavat bo'lib yotadi. Ularning tuzilishi va o'zaro munosabatlari hujayra qavatlarining tuzilishidan ham murakkabroq va o'zgaruvchandir.
Yarim sharlar po'stlog'i hujayra tuzilishining yuqorida keltirilgan tasviri bir qadar chizmali tasvirdir, chunki po'stloqning turli sohalarida qavatlaning rivojlanish darajasi anchagina tafovut qiladi.
Katta yarim sharlar po’stlog’i hujayralar tarkibi va tuzilish xususiyatlariga qarab, po'stloq maydonchalari degan bir qancha qismlarga bo'linadi. Odamda 52 hujayra maydonchasi borligini aniqlagan. Brodmanning sitoarxitektonik kartasi xalqaro miqyosda keng e‘tirof etiladi.

Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling