Mavzu: Boshlangʻich narxni pasaytirish uchun o'tkaziladigan auktsion Reja: Boshlangʻich narxni pasaytirish uchun o'tkaziladigan auktsion tushunchasi


-modda. Boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksionni o‘tkazish mezonlari


Download 203.88 Kb.
bet3/3
Sana28.10.2023
Hajmi203.88 Kb.
#1729077
1   2   3
Bog'liq
Boshlangʻich narxni pasaytirish uchun o\'tkaziladigan auktsion

52-modda. Boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksionni o‘tkazish mezonlari Boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion (bundan buyon matnda auksion deb yuritiladi) vositasidagi davlat xaridi quyidagi shartlar bir vaqtning o‘zida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi: tovarning standart xususiyatlarga ega bo‘lishi; tovarning texnik, ekspluatatsiya qilinish xususiyatlarini va boshqa xususiyatlarini baholash hamda taqqoslash zarurati mavjud emasligi; tovarning qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravarigacha (budjet buyurtmachilari uchun olti ming baravarigacha) bo‘lgan miqdorini tashkil etishi kerak.

Xizmatlar va ishlarning davlat xaridi auksion obyekti bo‘la olmaydi. Tovarni e’londa bayon etilgan shartlar asosida eng past narx bo‘yicha yetkazib berishni taklif qilgan ishtirokchi auksion g‘olibi bo‘ladi. Bunda mazkur norma belgilangan sifat standartlariga muvofiq bo‘lgan tovarlarni yetkazib berish talabini bekor qilmaydi. 53-modda. Auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon Auksion faqat elektron shaklda o‘tkaziladi. Auksionda ishtirok etish uchun davlat buyurtmachisi maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga e’lon joylashtiradi. Auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon u amalga oshirilishidan kamida besh ish kuni avval joylashtirilishi kerak. Auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: davlat buyurtmachisining nomi va manzili;

54-modda. Auksionni o‘tkazish tartibi Auksion davlat xaridlarining elektron tizimida boshlang‘ich narxni qadam-baqadam pasaytirish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Auksionni o‘tkazish, kiritilgan ta’minot summasiga muvofiq har bir lot bo‘yicha auksiondan foydalanish, auksion g‘oliblarini aniqlash, bitimni ro‘yxatdan o‘tkazish va shartnomani shakllantirish davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi. Auksionni o‘tkazish chog‘ida ishtirokchilar auksion boshlangan paytdan e’tiboran va u tamom bo‘ladigan paytga qadar butun muddat ichida narx bo‘yicha takliflarni cheklanmagan miqdorda berishga haqli. Ishtirokchilarning nomi va ular bilan bog‘lanishga doir ma’lumotlar auksion g‘olibi aniqlanadigan paytga qadar davlat xaridlarining elektron tizimida aks ettirilmaydi.


Download 203.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling