Mavzu: Boshlangʻich narxni pasaytirish uchun o'tkaziladigan auktsion Reja


Amaliyot natijalari bo‘yicha xulosalarni shakllantirish va hisobotni


Download 294.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana27.10.2023
Hajmi294.29 Kb.
#1727821
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Boshlangʻich narxni pasaytirish uchun o\'tkaziladigan auksion

9. Amaliyot natijalari bo‘yicha xulosalarni shakllantirish va hisobotni 
tayyorlash.
Xulosa
Mahalliy budjetlarga mablag‗larni jalb qilish hamda daromad bazasini 
mustahkamlashda asosiy eʼtibor mamlakat rivojlanishining alohida bosqichlari 
sifatida mahalliy byudjetlardagi ziddiyatli manbalarini ajratib ko‗rsatish va 
o‗rganish imkoniyatini beruvchi tahlillarga qaratish lozim. Mahalliy budjetlarga 
mablag‗larni jalb qilish hamda daromad bazasini mustahkamlash orqali ularni 
subventsiyadan chiqarishning iqtisodiy usuli sifatida budjet munosabatlarini qayta 
taqsimlash xarakteri bilan bog‗liq o‗ziga xos xususiyatga egadir. Hech qanday 
kategoriya moliyaviy resurslarni shunchalik ko‗p qirrali va ko‗p darajali qayta 
taqsimlashda mahalliy budjetlar tizimi kabi ishtirok etmaydi. Mahalliy byudjetlar 
tizimi orqali hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda budjet dastaklari taʼsir etish 
amaliyotini va ko‗lamlarini belgilovchi xalq xo‗jaligi tarmoqlari, hududlar, ishlab 
chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholining turli xil qatlamlari oʼrtasida 
mablag‗lar taqsimotini amalga oshiriladi. Hozirgi kunda mahalliy budjetlarning 
daromadlar qismini shakllantirishdagi mavjud muammolar sifatida quyidagilarni 
keltiramiz.
1. 
Soliq 
va 
tushumlarning 
yig‗uvchanlik darajasini 
pastligi;
2. 
Boqimanda 
qarzdorliklarni 
yildan-yilga 
oshib 
ketayotganligi;
3. 
Soliq 
to‗lovchilarni 
toʼliq 
davlat 
ro‗yxatiga olinmaganligi;
4. 
Korxonalarni 
to‗la 
quvvatda 
ishlamasligi;
5. 
Mavjud 
resurs 
salohiyatidan 
to‗la 
foydalanilmayotganligi;
6. 
Mahalliy 
xom-ashyoni 
qayta 
ishlaydigan korxonalarning 
kamligi;


7. 
Yangi 
texnologiyalarning 
jalb 
etilmayotganligi.
Mahalliy budjetlarga mablag‗larni jalb qilish hamda daromad bazasini 
mustahkamlash orqali ixtiyoriga berilgan mahalliy soliqlar va yig‗imlar bo‗yicha 
tadbirlar muhim o‗rin tutadi. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, mahalliy budjetlar 
mahalliy soliqlar va yig‗imlarni tashkil etish va boshqarishda mustaqil bo‗lsalarda 
Moliya Vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan tegishli meʼyorlar doirasida faoliyat 
yuritadilar. Mahalliy budjetlar (respublikamiz misolida) amaliyotidagi muhim 
xususiyat budjet tizimi to‗g‗risidagi qonunda belgilanganidek mahalliy byudjetlar 
taqchilligi amaliyotiga yo‗l qoʼyilmasligidir. Davlat moliya siyosatida mahalliy 
byudjetlar daromadlari va xarajatlarining balansligi respublika budjeti subsidiyalari 
orqali kafolatlanmoqda. Hozirda butun dunyo xoʼjaligida sodir bo‗layotgan 
koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatida iqtisodiy qiyinchilik va 
toʼsiqlarni bartaraf etish maqsadida mahalliy soliqqa tortish tizimini 
takomillashtirish orqali mahalliy budjetlarga mablag‗larni jalb qilish, daromad 
bazasini mustahkamlash hamda samarodorligini oshirishning barqarorligini 
taʼminlash 
uchun 
quyidagilarini 
taklif 
qilamiz:
1. Mahalliy hokimiyat organlariga budjet daromadlarini shakllantirishda soliqlar 
bo‗yicha belgilangan stavkalarga hududlarning hamda faoliyatni amalga oshirish 
joyining xususiyatini inobatga olgan holda pasaytiruvchi va oshib boruvchi 
koeffitsientlarni 
qo‗llash 
lozim;
2. Mahalliy hokimliklarning mahalliy byudjet daromadlarini ko‗paytirishdan 
manfaatdorligini oshirish hamda moliyaviy oqimlarning o‗rnini oshirish maqsadida 
rejadan 
ortiqcha 
soliq 
tushumlarini 
mahalliy 
budjetlarga 
qoldirish 
amaliyotini yanad 
takomillashtirish 
kerak;
3. Mahalliy budjetlar daromad bazasini yanada mustahkamlashda ularga 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri kelib tushadigan soliqlarni hisoblash usuli va imtiyozlarni qayta 
ko‗rib chiqish, tabiiy resurslarga bo‗lgan soliq imtiyozlarini qisqartirish va asosiy 
soliq 
yukini 
ushbu 
soliqlarga 
yuklash 
zarur;
4. 
Mahalliy 
hokimliklarning 
mahalliy 
byudjet 
daromadlarini 
ko‗paytirishdan manfaatdorligini oshirish, rejadan ortiqcha soliq tushumlarini 


mahalliy byudjetga qoldirish mahalliy hokimliklarning byudjet daromadlarini 
oshirish hamda subventsiyalarga bo‗lgan ehtiyojini soliq tushumlarining oshishi 
hisobiga 
qoplash 
imkoniyatini 
yaratadi;
5. Soliq to‗lovchilarni to‗liq ro‗yxatdan o‗tkazish, soliq va yig‗imlarni manbalar 
bo‗yicha to‗liq undirilishini nazorat qilish hamda boqimanda qarzdorlikni 
kamaytirish bo‗yicha chora-tadbirlar ishlab chiqarish bilan birga byudjet 
daromadlarini rejalashtirishda hududlarda soliqlarni yig‗ish imkoniyatini to‗g‗ri 
belgilash.
6. To‗liq quvvat bilan ishlamayotgan korxonalarni moliyaviy sog‗lomlashtirish, 
eksportga yo‗naltirilgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‗lga 
qo‗yish ham mahalliy soliq to‗lovchilarining ortishiga, natijada mahalliy byudjet 
daromadlarini 
mustahkamlanishiga 
olib 
keladi.
7. Mahalliy byudjetlarga ajratiladigan mahalliy soliqlar va yig‗imlarni miqdorini 
qatʼiy foizlarda va nisbatan uzoq vaqt mobaynida o‗zgartirilmaydigan qilib 
belgilab 
qo‗yish 
lozim.
8. Shahar va tuman byudjetlari bo‗yicha korxona va tashkilotlarning byudjetdan 
boqimanda summasini hisobga olish, boqimanda miqdorlarini byudjetga tushurish 
yo‗llarini qo‗llash, sxema bo‗yicha korxonalarning bir biridan qarz miqdorlarini 
oʼzaro 
hisob-kitob 
qilish 
yoʼllaridan 
kengroq 
foydalanish.
9. Mahalliy ahamiyatga ega bo‗lgan va byudjet tushumlari hisobidan qoplashga 
asoslangan qimmatbaho qog‗ozlarni chiqarish. Bunda obligatsiyalardan keng 
kulamda foydalanish mumkin. Chunki obligatsiyalar qatʼiy belgilangan foizlarda 
daromad keltiradi. Ularni qisqa muddatli qilib chiqarish, foiz to‗lovlarini o‗z 
vaqtida amalga oshirish obligatsiyalarning bozor bahosining o‗sishiga olib keladi. 
Bunda mahalliy byudjetga obligatsiyalarning bozor bahosi va nominali o‗rtasidagi 
farq; 
ko‗rinishida 
sof 
daromad 
kelishi 
mumkin.
10. Mahalliy hokimiyatlarni byudjetlarga qarz mablag‗larini jalb qilishning 
qonuniy asoslarni yaratish bilan bog‗liqdir. Yaʼni bunda mahalliy byudjetlarga 
tijorat veksellarini chiqarish huquqini berish nazarda tutilayapti.



Download 294.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling