Mavzu: Boshlangʻich narxni pasaytirish uchun o'tkaziladigan auktsion Reja


-modda. Elektron do‘konda xarid qilish tartib-taomilini o‘tkazish tartibi


Download 294.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana27.10.2023
Hajmi294.29 Kb.
#1727821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Boshlangʻich narxni pasaytirish uchun o\'tkaziladigan auksion

51-modda. Elektron do‘konda xarid qilish tartib-taomilini o‘tkazish tartibi
Davlat buyurtmachisi elektron do‗konda ishtirokchilarning ofertalarini o‗rganish 
yo‗li bilan o‗zi uchun zarur bo‗lgan tovarni (ishni, xizmatni) tanlaydi va tovar (ish, 
xizmat) tanlanganidan keyin narxlar so‗rovi mexanizmidan foydalanadi.
Davlat xaridlarining elektron tizimi avtomatik rejimda, narxlar so‗rovi 
mexanizmini amalga oshirgan holda tanlab olingan ofertani taklif qilgan 
ishtirokchiga, shuningdek elektron do‗konda o‗xshash tovarlarni (ishlarni, 
xizmatlarni) taklif etayotgan barcha ishtirokchilarga xarid qilish tartib-taomilida 
ishtirok 
etish 
to‗g‗risida 
takliflar 
yuborilishini 
ta‘minlaydi.
Ishtirokchilar narxlar so‗rovida ishtirok etish to‗g‗risidagi taklif davlat 
xaridlarining elektron tizimi tomonidan yuborilgan paytdan e‘tiboran qirq sakkiz 
soat 
ichida 
o‗z 
takliflarini 
berishga 
haqli.
Ishtirokchilarga yuborilayotgan narxlar so‗rovida ishtirok etish to‗g‗risidagi taklif 
davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan ishtirokchining ofertasiga doir havolani 
o‗z 
ichiga 
oladi.
Xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish taklifini olgan ishtirokchi davlat 
buyurtmachisi tomonidan tanlangan oferta narxidan pastroq narx bo‗yicha taklif 
kiritishga 
haqli.
Ishtirokchilar tomonidan berilgan narx bo‗yicha takliflarni taqqoslash davlat 
xaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi.
Davlat xaridlarining elektron tizimi davlat buyurtmachisi va eng past narxni taklif 
qilgan 
ijrochi 
o‗rtasida 
tuzilgan 
bitimni 
ro‗yxatdan 
o‗tkazadi.
Ishtirokchilar 
to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlardan davlat buyurtmachisi yoki 
ishtirokchilar yakunlar sarhisob qilinadigan paytga qadar foydalana olmaydi. 
Ijrochining nomi g‗olib aniqlangan paytda davlat xaridlarining elektron tizimida 
aks 
ettiriladi.
Davlat xaridlarining elektron tizimi shartnomani davlat buyurtmachisi tomonidan 
tanlangan ishtirokchining ofertasida bayon etilgan shartlarga muvofiq hamda 
ishtirokchilar tomonidan taklif etilgan eng past narxda shakllantiradi.


Xarid qilish tartib-taomillarining yakuniga ko‗ra faqat tanlab olingan ofertani taklif 
qilgan ishtirokchigina ishtirok etgan hollarda davlat xaridlarining elektron tizimi 
davlat buyurtmachisiga elektron shaklda savdolashish imkonini beruvchi so‗rovni 
yuboradi. Bunda davlat buyurtmachisida tanlab olingan ofertani taklif qilgan 
ishtirokchiga u taklif qilgan narxdan pastroq asoslangan narx so‗rovini yuborish 
imkoniyati paydo bo‗ladi. Tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchi bunday 
so‗rovni bir ish kuni ichida qabul qilishi yoki rad etishi mumkin.
Tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchi narx so‗rovini qabul qilganda 
davlat xaridlarining elektron tizimi davlat buyurtmachisi va ijrochi o‗rtasidagi 
bitimni davlat buyurtmachisi tomonidan yuborilgan so‗rov narxi asosida 
ro‗yxatdan o‗tkazadi.

Download 294.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling