Mavzu: Boshlang‘ich sinf matematika darslarida amaliy topshiriqlarni yechishga o‘rgatish metodikasi


Download 0.56 Mb.
bet1/9
Sana16.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1494494
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ismoilova Malika MO\'M kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Urganch Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishi 3-kurs 192-guruh talabasi Ismoilova Malikaning Matematika o‘qitish metodikasi fanidan tayyorlagan

Kurs ishi



Mavzu: Boshlang‘ich sinf matematika darslarida amaliy topshiriqlarni yechishga o‘rgatish metodikasi (4-sinf misolida).
Topshirdi: Ismoilova M.
Qabul qildi: Xudayberganov G‘.


Urganch-2022
MUNDARIJA:


KIRISH...................................................................................................................2-5
I BOB. MATEMATIKA DARSLARIDA AMALIY TOPSHIRIQLARNI YECHISHGA O‘RGATISHNING UMUMIY MASALALARI………………6-20
1.1. Amaliy topshiriqlarning o‘quvchilar bilimini oshirishdagi ahamiyati……….6-15
1.2. Amaliy topshiriqlarni yechishga o‘rgatishdagi faol metodlar………………16-20
II BOB. 4-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA AMALIY TOPSHIRIQLARNI YECHISHGA O‘RGATISH METODIKASI…………………………………21-43
2.1. 4-sinf matematika darsligidagi algebraik mazmundagi amaliy topshiriqlarni yechishga o‘rgatish metodikasi…………………………………………………21-27
2.2. 4-sinf matematika darsligidagi geometrik mazmundagi amaliy topshiriqlarni yechishga o‘rgatish metodikasi………………………………………………….28-34
2.3. 4-sinf matematika darsligidagi arifmetik mazmundagi amaliy topshiriqlarni yechishga o‘rgatish metodikasi……………………………………………….…35-43
XULOSA...............................................................................................................44-45
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI........................................46
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasida shakllangan uzluksiz ta’lim tizimi barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Uzluksiz ta’lim tizimi doirasida faoliyat olib boruvchi ta’lim muassasalari ilg‘or, demokratik hamda insonparvar g‘oyalarga tayangan, hamda yangicha mazmunga ega bo‘lgan ta’lim jarayonini tashkil etishda muhim o‘rin tutadi. Uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish, shuningdek, ta’lim mazmunini yangilash ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning bosh g‘oyasi sanaladi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun bilish jarayonlarining yuqori darajada
rivojlanishi shaxs xususiyatlarining rivojlanishi uchun ham imkoniyat yaratadi.
Kichik maktab yoshi davrida bola shaxsining shakllanishi davom etadi.
O‘quvchining maktabdagi muvaffaqiyati uning keyingi psixik rivoji, shaxsining shakllanishida to‘liq ijobiy asos bo‘ladi. Buning natijasida bolaning o‘z-o‘zidan oilasi, o‘qiyotgan sinfi va 
boshqa jamoalardagi o‘z o‘rnini anglay boshlaganini ko‘rish mumkin. 
Yangi faoliyatga o‘tish o‘quvchi bolaning o‘z asosiy faoliyatiga yangi munosabatni 
paydo qiladi. Unda burch hissi o‘sa boshlaydi. U o‘qish shart ekanligini va u uning burchi 
ekanligini, belgilab qo‘yilgan qoida va talablar bajarilishi shartligini anglaydi. O‘zini haqiqiy 
o‘quvchidek his qilgan holda unda yaxshi o‘qishga ehtiyoj paydo bo‘ladi. 
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning axloqiy onglari I va IV sinfdagi o‘qish 
mobaynida muhim o‘zgarishlarga uchraydi va axloqiy sifatlar, bilim va tasavvurlar sezilarli 
darajada boyiydi va bola o‘zini o‘zi anglay boshlaydi. U o‘ziga xos bo‘lgan yaxshi-yomon
xususiyatlarni bilmasa ham, lekin u o‘zini “Men”ini his qiladi.
O‘zining vazifasi, maqsadi, uni bajarish lozimligi, uyga berilgan vazifalarni bajarish, 
takrorlash uning burchi ekanligi kabilarni anglab yetadi. 
Bu yoshdagi bolalarni maktab dasturiga kiritilmagan juda ko‘p atrof-muhit hodisalari haqidagi bilimlar qiziqtiradi. Bu qiziqishlar bolaning ko‘pincha e’tiborga 
olinmaydigan ijodiy o‘yinlarga nisbatan qiziqishlarida ham namoyon bo‘ladi. 
Bunday o‘yinlarda uning ijtimoiy qiziqishlari, emotsiyalari, jamoa uchun tashvishlanish kabi 
hislari aks etadi.
Qiziquvchanlik kichik maktab yoshidagi bolalarning keng aqliy faolligini namoyon
 etilish shakli hisoblanadi. Vatanga kerakli inson bo‘lish uchun o‘qishning muhimligi 
va ahamiyatini bilishi uchun ochiqlik, ishonuvchanlik, ustozining barcha
topshiriqlarini bajarishga tayyorlik xususiyatlari keng ijtimoiy burch motivlari, ma’suliyatlilik samarali shartlar hisoblanadi.
Maktab ta’limining dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan, bilim egallashga nisbatan 
qiziqishlar, intellektual qiziqishlar sezilarli darajada rivojlanadi. 
Psixologlarning ta’kidlashicha, dastavval ayrim faktlarga, boshqa narsalardan ajratib olingan 
yolg‘iz hodisalarga nisbatan qiziqishlar hosil bo‘ladi. III - IV sinflarda esa sabablarni
qonuniyatlarni, hodisalar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro bog‘liqliklarni bilib olish uchun bo‘lgan 
qiziqishlar rivojlanadi. 
III sinfdan boshlab o‘qishga qiziqish differensiallasha boshlaydi. O‘quvchilardagi bunday 
qiziqishlar o‘zini anglash va o‘z xatti-harakatiga baho berishi kabi xususiyatlarni 
shakllantiradi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning qiziqishlarida samarali o‘qish uchun halaqit 
beruvchi qator salbiy xarakteristikalar ham mavjud. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning 
qiziqishlari:
 -yetarlicha amaliy natija bera olmaydi; 
- qat’iy emas; 
-ustozning qo‘llab-quvvatlashisiz tez so‘nadi; 
-o‘quv materiali va topshiriqlar o‘quvchining joniga tez tegadi va charchashni yuzaga 
keltiradi; 
– kam anglanilgan, o‘quvchining ma’lum bir predmetdagi nima yoqishini va nima uchun yoqishini aytib bera olmasligida ko‘rinadi; 
- umumlashtirishning pastligi, bir yoki bir nechta predmetlarning tashqi belgilariga 
qarab umumlashtirish; 
Kichik maktab davrining so‘ngiga qadar o‘quv ishlaridagi qiyinchiliklarni yengishga nisbatan qiziqish yuzaga kelmaydi (bu holat ko‘pincha o‘qituvchilarning o‘zlari tomonidan amalga oshiriladi, ya’ni aksariyat hollarda o‘quvchining qiyinchilikarni yengishga harakati emas, balki natija baholaniladi). 
Zamonaviy boshlang‘ich ta’limning o‘zi nimadan iborat bo‘lishi kerak? Bola 1-4-sinflarda qanday bilimga ega bo‘lishi lozim? Bolalarimizga qachondan boshlab, qanday qilib, qanday usulda va uslubda milliy qadriyatlarimiz, urf - odatlarimizni o‘rgatishimiz, chuqur anglatishimiz kerak?» degan savollar boshlang‘ich ta’lim oldida asosiy masala bo‘lib kelmoqda.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda o‘rta maktabda matematika o‘qitish, ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘z ko‘lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo‘lgan o‘zgarishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda. Ayniqsa, maktablar to‘g‘risidagi qonun va farmonlarning chiqarilishi buning yaqqol isbotidir.
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakllanish jarayoni “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun talablari matematikani turmush bilan bog‘lash va uni mustahkamlashga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qo‘ymaydi, balki muhim o‘zgarishlar talab etib, har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi oldiga ulkan vazifa qo‘yadi.1
Boshlang‘ich ta’lim metodikasida matematika fanining predmeti quyidagilardan iborat:
1. Matematikani o‘qitishdan ko‘zda tutilgan maqsadlarni asoslash (Nima uchun matematika o‘qitiladi, o‘rgatiladi?).
2. Matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o‘rgatish) bir tizimga keltirilgan bilimlar darajasini o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o‘rganishda izchillik ta’minlanadi, o‘quv ishlariga o‘quv mashg‘ulotlari beradigan o‘quv yuklama hal qilinadi, ta’limning mazmuni o‘quvchilarning real bilish imkoniyatlariga mos keladi.
3. O‘qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish kerak, ya’ni, o‘quvchilar hozirgi kunda zarur bo‘lgan iqtisodiy bilimlarni, malaka, ko‘nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o‘quv ishlari metodikasi qanday bo‘lishi kerak?)
4. O‘qitish vositalari–darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rsatma-yu qo‘llanmalar va texnik vositalarini ishlab chiqish (nima yordamida o‘qitish).
5. Ta’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta’limning darsdan tashqari formalarini qanday tashkil etish). O‘qitishning maqsadlari, mazmuni, metodlari, vositalari va formalari metodik tizimining asosiy komponentlarida murakkab tizim bo‘lib, uni o‘ziga xos grafik bilan tasvirlash mumkin.2

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling