Mavzu: Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida texnika vositalaridan foydalanish
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida interfaol metodlarni qo`llash yo`llari
Download 254.75 Kb.
|
Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida texnika vositalaridan foydalanish
2.2. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida interfaol metodlarni qo`llash yo`llari
Boshlang’ich ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o’z-o’zini anglash salohiyatini shakllantirishga,jismonan sog’lom bo’lishga moddiy borliq go’zalliklarini his eta olishgab, go’zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni o’zida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o’rgatadi. Bu o`rinda ona tili darslarining ham o`rni katta. Bu darslarda ta’limjarayonida qo`llanilayotgan interfaol metodlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Interfaol metod-ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidagifaollikni oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashti rishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar- o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, o’quvchilar tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular ta’limtarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’ziga xos ahamiyatga ega. Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o’qituvchilari dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar. Interfaol usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash,ahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emotsional sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. Uni Blum taksonomiyasi deb nomlanadi. (Taksonomiya — borliqning murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). U tafakkurni bilish qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita darajaga ajratdi. Unga ko’ra tafakkurning rivojlanishi bilish, tushunish, qo’llash, tahlil, umumlashtirish, baholash darajalarida bo’ladi. Shu har bir daraja quyidagi belgilar hamda har bir darajaga muvofiq fe’llar namunalari bilan ham ifodalanadi, jumladan: Bilish-dastlabki tafakkur darajasi bo’lib, bunda o’quvchi atamalarni ayta oladi, aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: qaytara bilish, mustah-kamlay olish, axborotni yetkaza olish, aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniy olish, gapirib berish, takrorlash. Tushunish darajasidagi tafakkurga ega bo’lganda esa, o’quvchi faktlar, qoidalar, sxema, jadvallarni tushunadi. Interfaol usullar ko’p turli bo’lib ularning hammasi ham har qanday progressiv usullar kabi eng avvalo, o’qituvchidan mashg’ulot oldidan kata tayyorgarlik ko’rishni talab qiladi. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida foydalanish mumkin bo’lgan interfaol metodlar xususida to’xtalamiz. Ma’lumki, 3-4-sinflarda ona tili o`quv dasturiga ko`ra “ So’z turkumlari“ bo’limini o’rganiladi. Bu bo`lim materiallarini o`rganishda “ Aqliy hujum “ metodidan foydalanish o’quvchilarning keng va har tomonlama erkin fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishga yordam beradi. “ Aqliy hujum “ metodida quyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi: 1. O’quvchilarni o’rtaga tashlangan muammo doirasida fikr yuritishga undash, ularning mantiqiy fikrlarini bildirishga erishish. 2. Har bir o’quvchi tomonidan bildirilayotgan fikrlarni rag’batlantirib boorish. 3. Har bir o’quvchining javobini doskaga yozib borish. 4. Aytilgan fikrlarga shu jarayonda tushuntirish berilmaydi. 5. Aytilgan fikrlarni muhokama qilishga va tanqid qilishga yo’l qo’yilmaydi. 6. Takliflar tugaguncha doskaga yozib borilaveradi. “Aqliy hujum “ uchun tanlangan muammo butun sinf jamoasiga yakka tartibda bajarishga yoki juftliklarga ajratilib bajarishga, kichik guruhlar o’rtasida bajarishga mo’ljallanadi. “Aqliy hujum”da har qanday savol o’rtaga tashlanavermaydi, u o’quvchilarni fikrlashga undaydigan, masalaga turlicha yondashishni taqozo etadigan, keng fikr yuritish mumkin bo’lgan savollar bo’lishi kerak. 3-4- sinfda “So’z turkumlari” bo`limi o’rganilayotganda quyidagi kabi savollardan foydalanish mumkin: 1. So’zlar nima uchun turkumlarga bo’linadi? 2. Ot qanday qo’shimchalar bilan qo’llanadi? 3. Egalik qo’shimchalari va ularning vazifasi nima? 4. Kelishik qo’shimchalari vaular qanday vazifa bajaradi? 5. Sifat va ot turkumining o’zaro qanday bog’liqligi bor? 6. Ot bilan fe’lning o’zaro qanday bog’liqligi bor? 7. Fe’llardagi zamon qo’shimchalari qanday ma’nolarni bildiradi? 8. Fe’llardagi shaxs-son qo’shimchalari qanday ma’nolarni bildiradi? va hokazo. 1- savolda o’quvchilar quyidagi javoblari bilan qatnashadilar: - So’zlar turli ma’nolarni bildiradi. - Ayrim so’zlar narsa ma’nosini bildiradi. - Ba’zi so’zlar shaxs ma’nosini bildiradi. - So’zlar harakat ma’nosini ham bildiradi. - So’zlar belgi ma’nolarini bildiradi. - So’zlarni ma’nolariga ko’ra turlarga bo’lib o’rgansak oson bo’ladi. 4- sinfda 2- savolga quyidagicha javob berdilar: - Otlar ko’plik qo’shimchasini oladi. - Otlar – lar qo’shimchasini oladi. - Otlar ot yasovchi qo’shimchalarni oladi. - Otlar – chi qo’shimchasini oladi. - Otlar – dosh qo’shimchasini oladi va hokazo. Otlarning egalik qo’shimchasi ( -im,- ing, -si,- imiz,- ingiz,- lari) qo’llangan holatlari, otlarning kelishik qo’shimchalari bilan ishlatilgan holatlari gaplar tarkibida ko’rsatildi va so’roqlari yordamida otlar aniqlatildi. O’quvchilarda “Aqliy hujum” orqali “Otlar yana boshqa qo’shimchalar bilan ham qo’llanar ekan. Ular qanday qo’shimchalar ekan?- degan qiziqish paydo bo’ldi. Shundan so’ng ularga quyidagi savollar berildi: - Otlar oladigan qo’shimchalar haqida qanday ma’lumotlarni bilar edingiz? -Ot oladigan qaysi qo’shimchalarni bilmas ekansiz? Ularni bilishni xohlaysizmi? Ko’rinib turibdiki, o’qituvchining savoli – o’quvchilar bilish qobiliyatlarini boshqarish vositasi. Savollar qaysi ma’noda yoki vaziyatda qo’llanishiga qarab, o’quvchilarni ilgarilab borishga, bilimlar sari intilishga undaydi, ularni fikrlash darajasini oshiradi. O’quvchilar “ Aqliy hujum” orqali fikrlarning qadr –qimmatini, umumiy tushunish va tasavvurni rivojlantirishga o’z hissasini qo’shishini anglab boradilar. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan interfaol usullardan biri “Klaster” usulidir. Klaster so’zi bog’lam ma’nosini bildiradi.Klasterlardan darsning da’vat, anglash va fikrlar bosqichlarida foydalanish mumkin. Bu metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar tog’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilma. Bu metod mavzuning o’quvchilar tomonidan puxta o’zlashtirilishini ta’minlaydi. “ Klaster” metodidan o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlash va guruh-guruh bo’lib ishlashda foydalanish mumkin. Mazkur metod o’rganilayotgan til hodisasini umumlashtirish va ular o’rtasidagi aloqalarni toppish imkoniyatini yaratadi. “Klaster” da sinf yozuv doskasiga yoki katta varaqqa kalit so’zlar, so’z birikmalari yoki gaplar yoziladi va kalit so’zlar til hodisasining aloqadorligiga qarab bog’lab boriladi. Klaster tuzishda, agar u doska yoki katta varaqda sinf jamoasi bilan bajarilayotgan bo’lsa, barcha o’quvchilarning ishtirok etishi shart. Masalan, so’z turkumlarini o’rganishda tarmoqlash usulidan foydalanilganda o’quvchilarda darsga bo’lgan qiziqishi kuchayadi. Tarmoqlash usulidan 3- sinfda “So’z turkumi” tushunchasini hosil qilishda foydalanish mumkin. Bunda o’quvchilarga quyidagi savolni beriladi: - So’zlarni ma’nolariga ko’ra qanday turlarga bo’lib o’rganiladi? Ularning javobini doskaga yozib boriladi. Shundan so’ng shaxs va narsa bildirgan so’zlar ot; belgi bildirgan so’zlar sifat; harakat bildirgan so’zlar fe’l; miqdor bildirgan so’zlar son degan atama bilan tanishtirildi va yuqoridagi so’zlar tarmoqqa kiritildi. -O’ylang ot, sifat, fe’l, sonni bitta so’z bilan nima deb nomlash mumkin? So’z turkumlari mavzusi bo’yicha klaster tuzishdan mavzuni o’rganmasdan oldin foydalanish o’quvchilarni yangicha fikr yuritishga undaydi. Metodist olimlar aytganidek, klasterni mavzuni o’rganishni boshlash jarayonida tuzish “ bilimlarga yetib borish strategiyasi” ekanini isbotlaydi. 4- sinfda “ So’z turkumlari” bo’limi yuzasidan umumlashtiruvchi takrorlash darsida “Zig- zag” metodi ham yaxshi samara berdi. Sinf jamoasini kichik guruhlarga bo’ldik. Har bir jamoada oltitadan o’quvchi bo’ldi, har bir guruhda boshqaruvchi belgilandi. U jamoasi tomonidan aytilgan fikrlarni to’ldiradi va sistemaga soladi. Guruhlarga ajratishda rangli doirachalardan foydalandik. Bir xildagi doiracha olgan bolalar bir stol atrofida birlashdilar. Bunda kuchlarning teng bo’lishiga e’tibor berdik. Download 254.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling