Mavzu: Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida texnika vositalaridan foydalanish


Download 254.75 Kb.
bet4/14
Sana21.06.2023
Hajmi254.75 Kb.
#1640952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida texnika vositalaridan foydalanish

O‘qitishning texnik vositalari - ikkita tushunchaga ega:
texnik qurilmalar (apparat) va o‘qitishning didaktik vositalari (axborotlarni ifodalash),
Ingliz tili manbalarida O‘TV nomi audiovizual vositalar, ba’zan qattiq (hardvare) va yumshoq (softvare) ifodalanadi.

O‘TVlarini shartli tasniflanishi

O‘qitishning texnik vositalarining tasnifi


O‘qitishga oid axborotlarni uzatishning texnik vositalari,bilimlarni nazorat qilish, O‘qish va mustaqil o‘qish,trenajyor,ko‘makchi,kombinatsiya qilingan.
O‘qitishga oid axborotlarni uzatishning texnik vositalari diaproektorlar, grafoproektorlar, epiproektorlar, magnitofonlar, radioqurilmalar, musiqiy markazlar (audiosistemalar), proigrivatellar, radiouzellar, kinoproyektorlar va kinoustanovka, televizorlar, videomagnitofonlar, SHEHM va boshqalar.
Ba’zi chet el pedagoglari o‘quv jarayonida o‘qitishning texnika vositalaridan keng ko‘lamda foydalanish o‘qituvchining mashina va uni boshqaruvchi muhandis bilan almashtirilishiga olib boradi, deb hisoblaydilar. Bunda o‘qituvchi tashkilotchi rolini bajaradi, o‘qitish vazifasi esa texnika vositalariga yuklanadi. Ammo o‘qitish jarayonida faqat bilim berilibgina kolmay, o‘qituvchi shaxsining murakkab ta’siri amalga oshiriladi hamki, buning natijasida o‘quvchining dunyoqarashi, xulq – atvor normalari shakllanadi, shaxsning kamol topishi sodir bo‘ladi. Bunga esa o‘qituvchining ishtirokisiz erishib bo’lmaydi: uning axloqiy prinsiplari chuqur bilimlar hamda keng saviya bilan birgalikda har gal takrorlanmaydigan intellektual aloqaning shunday sharoitini yaratadiki, bunday sharoitsiz oqibat natijada o‘qitish va tarbiyalashda muvaffaqiyat qozonish mumkin bulmaydi.
Darslarda yangi materialni bayon etishda o‘qituvchi go‘yo eshittirib fikrlaydi, bunda u o‘quvchilarga bilim beribgina qolmasdan, ularga mantiqan fikrlash, fan muammolarini hal qilishga ijodiy yondoshish uquvlarini singdiradi. O‘qituvchi o‘quvchilar uchun bilimlar manbai va o‘quv jarayonini raxbarigina emas, balki taklid qilish uchun namuna xamdir. O‘qituvchini o‘qitishning texnika vositalari bilan almashtirish o‘quv jarayonida juda muhim narsani – o‘quvchiga pedagog shaxsning ta’sirini chiqarib tashlaydi, bu esa o‘quv jarayonini juda kambagallashtirib yuboradi. Barcha texnika vositalarining, shu jumladan, o‘qitish mashinalarining ham imkoniyatlari cheklangan – ular faqat o‘qituvchining o‘quvchilarga ko’rsatadigan ta’sirini oshiradigan quroldir.
Kasb – hunar maktablarida yuqori malakali usta va o‘qituvchilar, boy texnikaviy imkoniyatlar, o‘quvchilarning texnikaviy ijodiyoti keng rivojlanganligi tufayli o‘quv xonalarini o‘qitishning texnika vositalari bilan jihozlashga, bu vositalarni bilim yurtlarida tayyorlashga, sanoatda ishlab chiqarilgan texnika vositalarini takomillashtirishga katta e’tibor berilmoqda. Xonalarni o‘qitishning texnika vositalari bilan jixozlashda quyidagi asosiy texnikaviy-pedagogik talablarga amal qilish kerak:
1. O‘quv kabinetlarini o‘qitishning texnika vositalari bilan jihozlashda o‘quv jarayonida ulardan kompleks tarzda foydalanishini hisobga olishi zarur.
2. O‘quv xonasining istagan joyida ko’rish va eshitish uchun yaxshi sharoit ta’minlash lozim.
3. O‘quv xonalarida o‘qitishning texnika vositalari ishlatilganda shovqin manbalarini yo‘qotish kerak.
4. Barcha texnikaviy qurilmalar puxta va buzilmay ishlashi darkor.
5. Texnika vositalarining tuzilishi va ishlatilishi oddiy bo‘lishi kerak.
6. O‘qitishning barcha universal va maxsus texnika vositalaridan birgalikda oqilona foydalanish lozim.
7. Ishlatilishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lishi zarur.
O‘quv kinosi – o‘qitishning eng ko‘p tarqalgan texnika vositasi bo‘lib, ob’yekt hamda hodisalarni harakatda va rivojlanishda namoyish qilishga, materialni tekshirish va umumlashtirishga, shuningdek, aniq idrok etishdan abstrakt idrok etishga o’tishda imkon beradi. O‘quv filmidan o‘qituvchi o‘quv materialini bayon etishida illyustratsiya sifatida, shuningdek, o‘quvchilar uni mutaqil o‘rganishi uchun foydalanishi mumkin.
Film bilan ishlashning so‘nggi bosqichida o‘quvchilar savollar berishiga imkoniyat yaratish kerak. Javob qaytarishga film materialni yaxshi bilib olgan o‘quvchilarni jalb etish lozim.
Diafilm va diapozitivlar, o‘quv kinosi kabi, ko‘rsatmalilik vositasi hamda o‘quvchilar bilimlarining dastlabki manbai bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha diafilmdan ko‘rsatmalilik vositasi sifatida foydalaniladi, bu xolda yassi ko‘rsatma qo‘llanmalarga qanday talablar qo‘yilsa, diafilmlarga xam shunday talablar qo‘yiladi. Diafilm va diapozitivlarga qo‘yiladigan uziga xos talablardan quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish kerakki, kasb-hunar maktablarida ularni tayyorlashda bu talablarni hisobga olish zarur.:
- diafilm va diapozitivlarning mazmuni, avvalo, tasvirlash yo‘li bilan berilishi kerak;
- subtitrlar (bayonlar, tushuntirish yozuvlari) o‘quvchilar ko‘zini charchatmasligi lozim;
- rangli diafilmlardan rang didaktik masalalarni hal qilishga yordam bera olgan takdirdagina foydalanish darkor; qora-oq tasvirdagi diapozitivlar seriyalarini komlektlashda ularga rangli diapozitivlar kiritgan ma'qul.
Axborotni uzatish va qabul qilishda ishlatiladigan texnik vositalar vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsipi, uning odam sezgi organlariga ta‘siri, o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida «qaytar aloqani» taminlashi va boshqa hususiyatlariga ko‘ra klassifikasiya qilinadi (1-jadval).
Axborot beruvchi texnik vositalar jumlasiga tovush texnikasi qurilmalari, turli diaproektorlar, kinoprektorlar, radio, televedenie, videomagnitafon, videoproigrivetellar xamda o‘quv plakatlari, namoyish qilish stendlari, laborotoriya qurilmalari, modellar, maketlar kiradi. Bundan tashqari, o‘quvchilarga ma‘lum o‘quv materiali bo‘yicha konsul‘tativ ma‘lumotlar beradigan qurilmalar xam ahborot beruvchi texnik vositalar jumlasidandir.
Barcha nazorat qiluvchi texnik vositalar aniq bir o‘quv materiali bo‘yicha o‘quvchi bilimini tekshirishga mo‘ljallangan. Bu apparatlar nazorat qilish va O‘z-o‘zini nazorat qilish vositalari turlariga bo‘linib, tanlash va yozma ravishda javob berish sistemalari asosida ishlaydi.
Nazorat qiluvchi texnik vositalar yordamida o‘quvchi bilimini sistematik ravishda tekshirib borib, yakuniy natija asosida sinov hamda imtihon olish mumkin.
Trenajyorlar, asosan, o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash va turli jarayonlarni o‘rganishda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish, maktabdagi ba‘zi murakkab elektron qurilmalarni ishga tushirish tartibini o‘rganish, ularni rostlash, tehnologik jarayonlarni boshqarishni o‘rganish uchun ishlatiladi.
Kombinatsiyalashgan texnik vositalar axborot berish, nazorat qilish va Mashq qilish qurilmalarini o‘z ichiga oladi. Bunday vositalar jumlasiga avtomotlashtirilgan sinf honalari va auditoriyalar, lingafon honalar, elektron hisoblash mashinalari asosida tuzilgan ta‘lim sistemalari kiradi. Ta‘lim komplekslari elektron hisoblash mashinasi asosida tuzilgan bo‘lib, aniq programma asosida ta‘lim jarayonini amalga oshiradi.
Yordamchi texnik qurilmalarga o‘qituvchi va o‘quvchi mehnatini yengillashtiruvchi turli mehanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan klavishli hisoblash mashinalari, honani qorong‘ilashtirish sistemasi, harakatlanuvchi sinf doskalari, sinf honalarini telefon vositasida bog‘lovchi avtomot qurilmalar kiradi.
1 - jadval

Bo'lajak pedagoglarni tayyorlaydigan oliy o'quv yurtlarida, talabalarga zamonaviy kompyuter va aloqa vositalaridan foydalanib, murakkab vaziyatlarda tezkorlik bilan bir qarorga kelish, axborotni qidirish, uni olish, kommunikativ bilimlarini va boshqa shu kabi qobiliyatlarini oshirish uchun, eng qulay texnologik imkoniyatlari bo'lgan shart sharoitlar yaratib berilishi kerak. Rasmiy bilim berishdan ozod bo'lgan pedagoglar, butun diqqat e‘tiborini o'zlario'qitayotgan talabalar bilan o'zaro aloqani mustahkamlashga qaratishlari lozim bo'ladi, bu esa ularning ish mohiyatlarini tashkil etadi. Gap, talabalarni u yoki bu fanlarda ularning induvidual imkoniyatlarini, talablarini va ularning oldida turgan muammolarni birgalikda munozara, loyihalash hamda olingan natijalarni tanqidiy tahlil qilish orqali, nostandart echimlarni topish kabilarni ishlab chiqishga yondashish ustida ketayapti. Kelajak pedagoglarini tayyorlaydigan bilim yurtlarida, juda muhim an‘anaviy auditoriya shaklidagi ish olib borish vaziyati ham yangi mazmun bilan boyitiladi, chunki axborot va kommunikatsiya texnologiyalarni qo'llash natijasida tejalgan vaqt, pedagoglarda ta‘lim berayotgan o'quvchilarining mutaxassislik malakalarini yanada oshirish uchun juda zarur bo'lgan shaxsiy muloqotlari uchun qoladi.


Ta'limiing vositalari o’qitish va o’rganish sifatini ko’tarishga xizmat qiladi. Texnika vositalaridan foydalanish usullari, texnika vositalari joylashgan sinf xonasini jihozlash, o’quv teledasturlarini tashkil etish.
Ona tili darslarida ta'limning texnika vositalaridan foydalanish darsning samaradorligini oshiradi. Ta'limning texnika vositalari o’qitish va o’rganish sifatini ko’tarishga o’quvchilarning o’quv materialini qiziqib o’rganishga va puxta o’zlashtirishiga xizmat qiladi.
Ona tili o’qitish tajribasiga ko’ra maktabda ta'limning quyidagi texnika vositalaridan foydalanilmoqda :
1.Oddiy texnika qurilmalari: harflar yozilgan karta va o’quv kartinalari ilinadigan, yog’ochdan yoki boshqa materialdan yasalgan siljiydigan oddiy qurilmalar: ko’chma sinf yozuv taxtasi, sinf devoriga ilinadigan ikki yoqlama ochiladigan yozuv taxta.
2. Ovoz apparatlar: plastinkalar qo’yib ovoz chiqaradigan asbob, magnitafon, radiopriyomniklar. Maktab tajribasida plastinkalar va magnit lentalar yordamida, shuningdek, radiopriyomniklar vositasida o’quvchilarni mumtoz va o’zbek chet el yozuvchilarining asarlari bilan tanishtirish borgan sari keng quloch yoymoqda. Chunki bunday ijobiy asarlarga doir maktab kursining madaniy ona tili materialini plastinka va tasma yozuvlarisiz ko’rsatib bo’lmaydi. Masalan, madaniyatga doir mavzularni o’tgan badiiy asarlarini eshittirish darsni maroqli qiladi. Badiiy asarlar yozilgan plastinka va magnit tasmalari ham bor. Darsda G’.Gulomning "Sen yetim emassan" she'ri yozilgan plastinkadan foydalanish mumkin.
Jamoat arboblarining, masalan Prezidentimizning nutqlarini magnit tasmalariga yozib olib eshittirish mumkin.
Bu manbalardan foydalanishda quyidagi usullar qo’llaniladi :
1.Yozuv materiallari yuzasidan o’quvchilarga savollar berish bilan bu yozuvlar dars materiali tarkibiga kiritiladi.
2. Avvalo gramplastinka yoki tasma yozuvi yozuvi eshitiladi. So’ngra bu yozuv suhbati yordamida tahlil qilinadi.
3.Yozuvlar asosida o’quvchilarning mustaqil ishlar tashkil qilinadi.
Ovozli texnika vositalariga radio eshittirishlari ham kiradi. O’qituvchi o’quvchilar uchun radio orqali maxsus dastur yoki umumiy dastur bo’yicha ona tilidan beriladigan eshittirishlarni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda bunday eshittirishlar ko’pincha magnit tasmasiga yozib olingan bo’ladi.
Ona tili darslarida magnitafon yozuvlaridan keng foydalaniladi. Radio va televideniye orqali beriladigan o’quv va sinfdan tashqari ishlarga bag’ishlangan eshittirishlar ona tili va badiiy asarlarning ishtirokchilari, qahramonlari, yozuvchilar va ijtimoiy arboblar bilan o’tkazilgan uchrashuv materiallari ana shu magnitafon yozuvlarining asosini tashkil etadi. Bu uchrashuv materiallari ana shu magnitafon yozuvlarini tashkil etadi. Bu uchrashuv va suhbatlar takrorlaymaydi, yozib olingan magnitafon tasmasidan uzoq yillar davomida va istagan vaqtda darsda va darsdan tashkari mashgulotlarda foydalanish mumkin. Bu o’rinda ham texnika vositasi o’quvchiga qo’l keladi.
Har xil ko’rsatuv asboblari va qo’llanmalari ta'lim texnika vositalarining uchinchi guruhini tashkil etadi. Ular epidiaskop, diapozitiv, diafilmlar va o’quv kinofilmlaridan iborat.
Ona tili darslarida bunday texnik sharoiti mavjud b’olgan kino xonasi yoki texnika vositalaridan foydalanishga moslangan maxsus ona tili xonasi bo’lishi kerak. Texnika vositalari bilan ta'minlangan xona asosan quyidagi talablarga javob berishi lozim :

  1. xonani tezda qorong’ulashish va tezda yorug’latish mumkin bo’lsin.

  2. b) qorong’u paytda o’quvchilarning yozuv-chizuv ishlarini olib borishi, yozuvlarni daftarga tushirishi, darslik matni bilan ishlashi uchun o’tirgan o’rinlari maxsus lampochkalar bilan yoritiladigan bo’lsin.

  3. xonada juda katta yozuv taxtasi bo’lishi kerakki, uning bir qismi tasvir bilan band bo’lsa, bir qismi uchun bo’sh bo’lsin.

  4. yozuvli vatmanlar va rasmlar ilinadigan maxsus moslama bo’lsin.

  5. zarur texnika vositalari va ularni ko’rsatadigan apparatlar xonada mavjud bo’lishi bilan birga ular tuzuk ishga yaroqli holda saqlansin.

Bunday maxsus ona tili xonasi bo’lmagan taqdirda sinfni ham uni texnika vositalaridan foydalanadigan qilib jihozlasa bo’ladi. Bu holda tegishli vosita va jihozlar maxsus javonda saqlanadi.
Shisha yoki plyonkadan ishlangan rangli diapozitlar epidiaskop yordamida ko’rsatiladi. Keyingi yillarda shishaga tushirilgan diapozitlar o’rniga diafilmlar yordamida namoyish qilinadi. Diafilmlardan har bir o’qituvchi hattoki, o’quvchilar ham foydalana oladilar.
O’qituvchi darsda diapozitiv yoki diafilmdan to’liq yoki qisman foydalanishi, ba'zan butun darsni o’sha materiallar asosida o’tkazishi mumkin. Diapozitivlardan yangi mavzuni bayon qilishda ham takrorlash darslarda ham foydalaniladi. Har qanday holatda ham diapozitiv va diafilmlar o’qituvchi bayonining aniq va jonli bo’lishiga yordam beradi.
Bugungi kunda butun dunyoda axborot texnologiyalari (AT) keng ko’lamda rivojlanmoqda. Shubxasiz, ta‘lim jarayoniga yangi axborot texnologiyalarini kiritish zarurdir. Zamonaviy jamiyat axborot uzatish hajmi va tezligi jihatidan chegaralanmagan butunjahon axborot tarmog'idan faol foydalanishi bilan harakterlanadi.
Multmediya va Internet texnologiyalarining paydo bo'lishi va keng tarqalishi AT ni muloqot, tarbiya, jahon hamjamiyatiga kirib borish vositasida ishlatish imkonini beradi. Axborot texnologiyalarining shaxsiyat rivoji, kasbiy o'zbelgilash va "oyoqqa turish"dagi ahamiyati yaqqol sezilib turibdi.
Maktabdagi ta‘lim jarayonida o'quvchilar AT yordamida matn bilan ishlashni, tasviriy ob‘ektlarni va ma‘lumotlar bazasini yaratishni, elektron jadvallardan foydalanishni o'rganadi. O'quvchilar axborot yig'ishning yangi usullarini,ulardan foydalanishni o'rganishadi, ularning dunyoqarashi kengayadi. Darslarda AT ning ishlatilishi o'qishga bo'lgan motivatsiyasini, o'quvchilarning qiziquvchanligini, mustaqil ishlarning samaradorligini oshiradi. Kompyuter AT bilan birgalikda ta‘lim sohasida, o'quvchilarning o'qish va ijodkorligida yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. ATni qo'llashda shaxsning barcha qobiliyatlarini – qiziquvchanlik, odob-ahloq, ijodkorlik, muloqot va estetik qobiliyatlarni ro'yobga chiqarishga harakat qilish kerak. Bu qobiliyatlar keraklicha yuqori darajada ruyobga chiqishi uchun pedagogning AT sohasidagi bilimdonligi zarur. Pedagoglarda bu bilimdonlikni rivojlantirishni oliy uquv yurtlaridagi o'qish davomida boshlash kerak. AT sohasidagi bilimdonlikni quyidagilar bilan ifodalasa buladi: zamonaviy axborot muhitida tajribani baholash va faoliyatda qo'llash qobiliyati; shaxsiy ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga harakat qilish; umumiy kommunikativ madaniyatning, axborot almashishni tashkillashtirishda tajriba va nazariy bilimlarning mavjudligi; axborotni olish, tanlash, saqlash, qayta ishlash, o'zgartirish, taqdim etish, uzatish va qo'llash madaniyatini o'zlashtirish muhim hisoblanadi. O'qituvchi bu qobilyatlar orqali texnika vositalardan foydalanish imkoniyati va dars samaradorligi ko'tariladi



Download 254.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling