Mavzu: boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga savod o’rgatish davrida axborot texnologiyalaridan foydalanish. Tovushlar va harflarni o’rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish. Reja


Download 0.51 Mb.
bet1/9
Sana09.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#258957
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga savod o'rgatish davrida axborot texnologiyalaridan foydalanish. Tovushlar o'rgatishda axborot texnologiyalari


MAVZU: BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA SAVOD O’RGATISH DAVRIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH. TOVUSHLAR VA HARFLARNI O’RGATISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH.

REJA:

  1. Boshlang‘ich sinflarda mualliflik dasturiy ta‘minotlar umumiy tasnifi.

  2. Mualliflik dasturiy ta‘minotlar tahlillari va ulardan foydalanishning ilg’or xorijiy tajribalari.

  3. iSpring dasturi

  4. iSpring dasturida elektron ishlanmalar yaratish.

Boshlang‟ich sinf o‟quvchilariga savod o„rgatish davrida axborot texnologiyalaridan foydalanish.

Маmlakatimizda ta‘lim tizimida maktab fanlarini o’qitishda AKT‘dan samarali foydalanish dolzarb masaladir. Aynan axborot texnologiyalari ta‘limning universal vositasi hisoblanib, nafaqat o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish imkonini beradi, balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga qiziqishlarini qondiradi.

Pedagogik va psixologik tadqiqotlarda shu narsa ta‘kidlanmoqdaki, AKT o’quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri rivojlanishiga katta ta‘sir etadi. O’quvchining xotirasida u yoki bu hodisa, jarayonning obrazli ifodalanishi o’quv materialini boyitib, uning ilmiy jihatdan o’zlashtirilishiga yordam beradi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta‘lim jarayoniga joriy etilishidan asosiy maqsad — aynan zamonaviy axborot muhiti uchun xarakterli bo’lgan o’quv faoliyatlarining yangi turlarini paydo bo’lishidir.

Ma‘lumki, boshlang’ich ta‘lim — ta‘lim tizimining poydevori hisoblanib, o’quvchilarni o’qitish sifati unga bog’liq bo’ladi va bu boshlang’ich maktab o’qituvchisi zimmasiga katta mas‘uliyat yuklaydi. Uzoq vaqt davomida ta‘lim tizimida boshlang’ich maktab «ko’nikmalar maktabi» bo’lib keldi, ya‘ni o’quvchi keyingi ta‘lim olish uchun o’qish, yozish, hisoblash kabi asosiy ko’nikmalarni o’zlashtirishi kerak bo’lgan ta‘lim bosqichi sifatida qaralgan. Bugungi kunda boshlang’ich maktab boshqacha tasavvur etiladi. Bugungi kunda u ta‘lim tizimida bolaning birinchi tajribasi — ta‘lim olish kuchlarini sinash joyi bo’lib qolishi kerak. Ushbu bosqichda faollikni, mustaqillikni rivojlantirish, idrok etish faolligini saqlab qolish va bola ta‘lim dunyosiga shaxdam kirib borishi uchun sharoitlar yaratish, uning salomatligini va emotsional xususiyatlarini mustahkamlash muhim. Bugungi kunda o’quvchilarning aynan mana shu sifatlari ta‘lim jarayoniga AKT‘ni joriy etish bilan rivojlanayotganligining guvohi bo’lmoqdamiz. O’z faoliyatimizda ta‘lim jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etib, ulardan foydalanib va o’quv jarayonida AKT‘dan foydalanish bo’yicha ma‘lum tajribalarni to’plab bormoqdamiz.

Ахborot texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha tajribam an‘anaviy dars doirasida AKT‘ni didaktik jihatdan to’g’ri qo’llanilgan hollarda o’quv jarayonini individuallashtirish va differensatsiyalash uchun cheklanmagan imkoniyatlar paydo bo’lishini ko’rsatdi. Ular o’quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko’nikmalarni egallash va mustahkamlash uchun umuman yangi imkoniyatlar beradi, ta‘limning yangi shakllari va metodlarini amalga oshirishga imkon beradi.

Har bir o’quvchida shaxsiy o’quv yo’nalishini rivojlantirishni ta‘minlaydi. O’quv jarayonida uni muvaffaqiyatli bilim olish uchun zarur bo’lgan asosiy jarayonlar sifatida fikrlashni, tasavvurni rivojlantirishga yo’naltirilgan katta o’zgarishlar sodir bo’ladi; o’quvchilarning idrok etish faoliyatlarini samarali tashkil qilish ta‘minlanadi.

АKT‘dan foydalanilganda ta‘limda shaxsga-yo’naltirilgan yondashuvni amalga oshirish oson bo’lib qoldi, butun o’quv jarayonini samarali tashkil qilish imkoniyati paydo bo’ldi. Dars jarayonida tayyor multimediali mahsulotlari va kompyuter ta‘limi dasturlaridan, o’quv va sinfdan tashqari ishlarda Internet tarmog’i vositalaridan foydalanib, multimediali ta‘lim dasturlari va taqdimotlar, loyihalar yaratildi. Axborot texnologiyalarini barcha o’quv fanlarda qo’llash mumkin. Darslarda o’quv va o’yin dasturlaridan foydalanish katta samara beradi. Ona tili va Rus tili darslarida savodxonlikni oshirish bo’yicha mashqlar yordam beradi, bunda bolalar kompyuterlarda turli xildagi laboratoriya topshiriqlarni bajaradilar. Boshlang’ich sinflar o’quvchilari uchun turli didaktik materiallar to’plamidan foydalanib, ko’rgazmali-mashq, nazorat-mashqlari va test sinovlari modullari kiritilgan aralash kompyuter dasturlarini tayyorlash mumkin. Unga fanga oid qoidalarni joriy o’rganish va umumlashtirilgan takrorlash uchun uchta variantlarda berilgan grammatika-orfografik mavzular bo’yicha boy va turli-tuman materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi.

1-sinfda o’qish darsida elektron o’quv qo’llanmalari tayyorlab, foydalanish mumkin. Unda so’zni tovushli-harfli tahlil qilish, so’zning bo’g’inlari tuzilishi, ba‘zi orfogrammalar o’rganilishi turli qiziqarli ko’rgazmali va ovozli material berish mumkin. Yorqin rasmlar, g’aroyib, qiziqarli topshiriqlar kichik yoshdagi o’quvchilarda ona tiliga qiziqishni oshirishga yordam beradi, o’yin shaklida o’quv materiali bilan tanishish imkonini beradi, o’zini nazorat qilish va o’quv refleksiyasi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. Ushbu qo’llanma bo’yicha ta‘lim jarayonini differensiatsiyalashga turli darajadagi murakkablikdagi topshiriqlarni tanlab olish yordamida erishiladi. Savodxonlikka o’qitish bo’yicha tematik rejalashtirishni ishlab chiqishda rejalashtirishga tegishli elektron mavzular va bo’limlarni kiritish mumkin. Dars rejasini ishlab chiqishda frontal, individual va guruhli ishlash uchun kompyuterni qo’llash maqsadga muvofiq bo’lgan dars bosqichlarini ishlab chiqish lozim.

Matematika darslarida «O’yinli masalalar» dasturlarini tayyorlab, foydalanish mumkin. Boshlang’ich sinfda o’rganiladigan ko’plab mavzular bo’yicha turli materiallar berilgan. Turli murakkablik darajasidagi turli xildagi topshiriqlar har bir o’quvchining idrok etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.

Masalalarni yechishda kompyuterli animatsion slaydlardan foydalanish darsning qiziqarliligini oshiradi. Ularning ustunlik tomonlari istagan paytda masalaning boshiga qaytish mumkin, uning alohida qismlarida to’xtalish, o’quvchilar bilan suhbatlashish, ularning fikrlarini tinglash mumkinligidan iborat. Boshlang’ich sinflarda harakatlanishga animatsiyali masalalar bilan slaydfilmlarni qo’llash mumkin. Shunday slaydlarni yaratish uchun Internetdan olingan animatsion kartinkalardan foydalanish mumkin.

Barcha o’quv fanlarida test topshiriqlaridan foydalanish zarur. Testlardan dastlab faqat bosma ko’rinishidagisidan foydalangan bo’lsak, hozirda ularni kompyuterda terib, har bir o’quvchi bilan shug’ullanish mumkin. AKT‘dan foydalanish yillari davomida 1-sinfdan 3-sinfgacha matematika, badiiy o’qish, ona tili, deyarli barcha mavzulari va boshqa o’quv fanlari bo’yicha qator turli testlarni tayyorlash mumkin. Endi darslarda faqat bosma shakldagi emas, balki kompyuterli testlardan foydalanish zarur. Ular bajarib bo’lishi bilan darhol bahosini olishga imkon beradi, bahoni kompyuterning o’zi taqdim etadi, u yoki bu mavzu bo’yicha kamchiliklarini aniqlashlariga imkon beradi.

«Tabiatshunoslik» fani bo’yicha barcha mavzulari bo’yicha kompyuter testlarini ishlab chiqish mumkin. Masalan: «O’lkamiz suv havzalari», «Ona zamin», «O’rmon va dalalar — tabiat boyligi», «Qishloq xo’jaligi sohalari», «Bizning o’lka», «Yer osti boyliklari», «O’lkamiz hududiy tuzilishi», «O’lka chorvachiligi va o’simliklari» va boshqalar. Ona tili bo’yicha o’rganiladigan so’z leksik mazmunini talqin qilishda va birliklarni turlarga ajratishda o’quvchilarda qiyinchiliklar tug’diradi. Bular: antonimlar, sinonimlar, omonimlar. Testlar orqali o’quvchilarning leksik imkoniyatlari rivojlanadi, so’zning to’g’ri va ko’chma ma‘nosini topishga, sinonimlarni to’g’ri tanlashga, sinonimlar, antonimlar va omonimlarni farq qilishga o’rgatadi. Antonimlar bilan ishlashga bag’ishlangan «Teskari o’yin» testidan foydalanish o’quvchilarga darsni tushuntirishga samarali ta‘sir etadi.

Asosiysi: test topshiriqlarini bajarishda o’quvchining ko’zi, miyasi va qo’llari ishtirok etadi, o’yin elementlari esa ularda bajarayotgan ishlariga qiziqishni rivojlantirishga va demak, ta‘lim jarayoni jadalligi kerakli darajasini ta‘minlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Testlardan tashqari krossvordlar, sxemalar, jadvallardan foydalaniladi, o’quvchilar dars materiallarni mustaqil o’rganishda bevosita kompyuterda ishlaydilar.

Barcha o’quv fanlarida qo’shimcha va rivojlantirish materiallari sifatida ko’plab videofilm hamda fotolavhalar bilan o’lkashunoslik materialidan foydalanish mumkin.

Microsoft Power Point dasturlari yordamida yaratilgan taqdimotlar ta‘lim jarayonida AKT‘dan foydalanish juda samarali shakli hisoblanadi. Taqdimotda asosiysi — axborotliligi, ko’rgazmaliligi, qiziquvchanligi hisoblanadi. Mazkur dastur orqali turli mavzu va fanlar bo’yicha taqdimotlar yaratishda fotosuratlar, rasmlar, animatsiya, qo’shimcha axborotlardan foydalanish mumkin.

Maktabda mavjud bo’lgan Internet tarmog’i ishimizda katta yordam ko’rsatadi. Internet — bu global axborot tizimi ekanligi barchaga ma‘lum. U elektron pochta, izlash tizimlarini o’z ichiga oladi va turli axborot resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Undan kerakli axborotlarni topish, qayta ishlab chiqish va ularni ko’paytirib, barcha kompyuterlarga o’rnatib bolalarga mustaqil juftlikda, guruhda, individual ishlashni taklif etish mumkin. O’quvchilarga turli xildagi topshiriqlarni taklif etish: tadqiqot o’tkazish, asosiysini tanlash, taqdimot tayyorlash, jadvalni to’ldirish imkoni paydo bo’ladi.

Axborot olishning boshqa bir usuli — dars davomida bevosita Internetdan axborot olish hisoblanadi. Internetdan avvaldan kerakli materialni topish, darsda esa uni o’quvchilarga ko’rsatish mumkin. Ishni o’rganilgan material bo’yicha dialog ko’rinishida olib borish mumkin. Boshlang’ich sinf o’quvchilari Internetdan mustaqil foydalanishni, kerakli axborotni tanlashni, uni saqlab qolish va taqdimotlar tuzish yoki turli xildagi loyihalarni ishlab chiqish va bajarishda keyingi ishlarida foydalanishni biladilar. 2-sinfdanoq o’quvchilar faqat daftarda emas, balki bevosita kompyuterda ham topshiriq-larni bajara oladilar. O’quvchilar kompyuter bilan ishlash birinchi ko’nikmalarni oladilar, o’zlarining nazariy bilimlarini doimiy chuqurlashtirib va amaliy ko’nikmalarini takomillashtirib boradilar.

Boshlang’ich sinflarda fikrlash operatsion uslubini shakllantirishda informatika kursining roli juda muhim. Informatikaning ushbu roli harakatlari tuzilishini rejalashtirish, axborot izlash, muloqotni rejalashtirish, axborot modellarini qurish, faoliyatni vositalashtirish kabi dastlabki ko’nikma va malakalar to’plami ko’rinishida qaraladi. Kompyuterni o’qishda yordamchisi, ijodkorlik, o’zini ifoda etish va rivojlantirish vositasi sifatida tushunish katta ahamiyatga ega. Katta sinflar o’quvchilarida fikrlash uslubi shakllanib bo’ladi, yangi shakllarini ular qiyinchilik bilan qabul qiladilar. Ushbu kurs o’quvchini SHK‘da axborot bilan amaliy ishlashga o’rgatishi kerak. Boshlang’ich maktabda kompyuterni o’zlashtirib o’quvchilar undan o’z faoliyatlari vositasi sifatida boshqa sinflarda ham foydalanishlari mumkin, kompyuterni qo’llash bilan olib boriladigan darslar ularda qiyinchilik tug’dirmaydi.

Katta sinflarda informatika darslarida albatta kompyuterdan foydalanish ushbu dasturni amalga oshirish zarur sharti hisoblanadi. Kompyuterdan odatda yangi materialni muhokama qilishda elektron doska sifatida foydalanaman. Bundan tashqari, o’quv o’yinlarini tashkil qilish hamda individual ta‘lim va kompyuterli praktikumni tashkil qilishda foydalaniladi. Ta‘lim natijasida o’quvchilar o’quv va oddiy amaliy masalalarni yechish uchun kompyuterdan foydalanish: fayllar bilan oddiy operatsiyalarni amalga oshirish (yaratish, saqlab qolish, izlash, dasturni ishga tushirish); dasturlarda amaliy topshiriqlarni va ijodiy ishlarni bajarishni biladilar: Word Pad, Microsoft Power Point, Microsoft Excel, Microsoft Word; keng foydalaniladigan dasturlarni ishga tushirish: kompyuter ekranida matnli va grafik redaktor, trenajerlar, testlar; matnlar va tasvirlar (axborot), obyektlar bilan ishlash; izlash, oddiy o’zgartirishlarni, saqlash, foydalanish va axborot hamda ma‘lumotlarni uzatishni amalga oshiradilar, mundarija, yo’l ko’rsatuvchi, kataloglar, spravochniklar, internetdan foydalanib, kompyuter yordamida kichik loyihalar va taqdimotlar yaratadilar.

Shunday qilib, ushbu kursni boshlang’ich maktabda o’rganish o’quv jarayonini modernizatsiyalash, samaradorligini oshirish bilan birga, har bir o’quvchining individual qobiliyatlarini hisobga olib, uni tabaqalashtirishga imkon beradi. Taklif etilayotgan kurs o’qituvchiga ta‘limni erkin boshqarish va o’quv axborotlarini taqdim etish turli usullarini qo’llash imkonini beradi.

Kursda loyiha-tadqiqotchilik faoliyatiga alohida o’rin ajratilgan. O’quvchilarning loyihachilik faoliyatlari mustaqil tadqiqotchilik malakalarini, ijodiy qobiliyatlarini va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirishga yordam beradi; o’quv jarayonida olgan bilimlarini birlashtiradi va o’quvchilarni aniq hayotiy muhim masalalarni hal qilishda ishtirok ettiradi, ta‘lim sifatini oshirish, o’qituvchilar va o’quvchilar munosabati uslublarini demokratlashtirishga yordam beradi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o’quvchilarni qiziqarli olamga olib kirishda o’qituvchining imkoniyatlarini kengaytiradi, bunda o’quvchilar axborotlarni mustaqil ravishda izlab topadilar, oladilar, tahlil qiladilar va boshqalarga yetkazadilar. Bolani axborot bilan ishlashga, o’qishga o’rgatish — zamonaviy boshlang’ich sinflarning muhim vazifasi hisoblanadi. Boshlang’ich sinflar ta‘lim jarayonida AKTdan foydalanish faqat asosiy yo’nalishlari shakllanadi. O’quvchilarning sinfdan tashqari ishlarini tashkil etishda AKT‘dan keng foydalanish birinchi navbatda, bu turli hisobotlarni tayyorlash, sinfdan tashqari tadbirlarni o’tkazish va shu kabilardan iborat bo’ladi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta‘lim jarayonida qo’llash asosan ikki xil ko’rinishda amalga oshiriladi. Birinchi sharti bu texnik jihozlar bo’lsa, ikkinchi sharti esa maxsus dasturiy ta‘minotlar bilan ta‘minlanganligidir.

Texnik jihozlar bilan ta‘minlanganlik: kompyuterlar, tarmoq qurilmalari, yuqori tezlikdagi internet tarmoqlari, videokonferensiya jihozlari va hokazo.

Dasturiy ta‘minotga: mavjud qurilmalarni ishlatadigan dasturiy ta‘minotlardan tortib shu soha uchun mo’ljallangan dasturlar to’plami kiradi.

So’nggi yillarda G’arbda ta‘lim tizimini boshqarishda qo’llanilib kelinayotgan Internet yoki Intranet tarmog’i orqali elektron shakldagi ta‘lim turi elearning (elektron ta‘lim) atamasi bilan kirib keldi. Elektron ta‘lim — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosidagi ta‘limning turli ko’rinishlarini anglatuvchi keng tushunchadir. Elektron ta‘limni tashkillashtirishning ko’pgina manbalari orasidan quyidagilarni ko’rsatish mumkin: Mualliflik dasturiy mahsulotlari (Authoring tools); Virtual ta‘lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar LMS (Learning Management Systems); Ichki kontentni boshqaruvchi tizimlari CMS (Content Management Systems).

Ushbu bobda mualliflik dasturiy ta‘minotlar tahlilini keltiramiz. Respublikada 2006 yildan e‘tiboran, elektron o’quv adabiyotlaridan foydalanishning uchinchi bosqichi boshlangan, ta‘lim muassasalari uchun elektron darslikni yaratish va ularni o’quv-tarbiya jarayonida qo’llash bo’yicha ishlar hozirda asta takomillashmoqda.

Uzluksiz ta‘lim tizimida fan va texnologiyalarning rivojlangani sari mazmuni tez o’zgaruvchan, chuqurlashtirilib o’qitiladigan umumkasbiy va maxsus fanlar bo’yicha asosan kam adadli elektron o’quv adabiyotlarini tayyorlash o’qitish jarayonida yaxshi samara beradi[3,4,5]. Elektron o’quv adabiyotlarni tayyorlashda mualliflikdasturiy ta‘minotlardan foydalanish maqsadga muvofiq.

Mualliflik dasturiy ta‘minot – kompyuter texnologiyalari yordamida o’quv jarayonini qisman yoki to’liq avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan dasturiy vosita hisoblanadi. Ular ta‘lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o’qitish vositasi sifatida ishlatiladi.

Mualliflik dasturiy ta‘minot yordamida quyidagilarni yaratish mumkin:


  • o’rgatuvchi dasturlar – o’quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltiradi;

  • testlar – egallangan bilim, malaka va ko’nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo’llaniladi;

  • mashq qildirgichlar - avval o’zlashtirilgan o’quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;

  • o’qituvchi ishtirokidagi virtual o’quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar;

  • multimediali ilovalar (ma‘ruzalar, elektron o’quv adabiyotlar) yaratish imkoniyatini beruvchi dasturlar kiradi. Mualliflik dasturiy ta‘minotlar yordamida elektron dasrliklar yaratish juda qulay. Elektron darsliklar, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda eng muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish hamda yodda saqlashni maksimal darajada engillashtiradi.

Elektron o’quv adabiyotlari bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va qo’shimcha ma‘lumotlar bilan ta‘minlashga yo’naltirilgan bo’ladi.

Elektron o’quv adabiyotlarining uchinchi, ya‘ni o’quv jarayonida keng foydalanish bosqichiga o’tishda, o’quv adabiyotlarining yangi avlodini ishlab chiqish va ta‘lim muassasalarini ta‘minlashni jadallashtirish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridandir. Bu borada fanlardan elektron darslikni yaratish muhim masala hisoblanadi.

Elektron darslik - kompyuter texnologiyalariga asoslangan ta‘lim metodlaridan foydalanishga mo’ljallangan o’qitish vositasi bo’lib, undan mustaqil ta‘lim olishda va o’quv materiallarini har tomonlama samarali o’zlashtirishda foydalanish mumkin. Elektron darslikda fanning o’quv materiallari o’quvchiga interfaol usullar bilan etkazilib, psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, audio va videoanimatsiyalar imkoniyatlaridan o’rinli foydalaniladi.

Elektron darslik kompyuter texnologiyasiga asoslangan o’quv uslubini qo’llashga, mustaqil ta‘lim olishga hamda fanga oid o’quv materiallar, ilmiy ma‘lumotlarning har tomonlama samarador o’zlashtirilishiga mo’ljallangan bo’lib, quyidagi shakllarda ifodalanadi:



  • o’quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklida;

  • o’quv materiallari verbal (matn) va ikki o’lchamli grafik shaklida;

  • multimedia (multimedia - ko’p axborotli) qo’llanmalar, ya‘ni ma‘lumot uch o’lchamli grafik ko’rinishida, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklida;

  • taktil (xis qilinuvchi, seziladigan) xususiyatli, o’quvchi (talaba, tinglovchi)ni «ekran olamida» stereonusxasi tasvirlangan haqiqiy olamga kirishi va undagi ob‘ektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda.

Ta‘lim muassasalarining o’quv-tarbiya jarayonida foydalanish uchun mo’ljallangan elektron darsliklar quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi lozim:

  • predmetdagi axborotlarning yaxshi tuzilishga egaligi:

  • o’quv predmetining tuzilishidagi elementlariga gipermatnli, namoyishli, audio va videoizohlarga asosiy mavzularning mos kelishi;

  • matn va namoyish qilish bilan bir qatorda, darslikning asosiy bo’limlari bo’yicha o’qituvchilarning o’quv materiallarining video-yoki audioyozuvli bayonlarini berilishi;

  • rasm, model va sxemalarni tezlikda tushuntirish tizimiga ega bo’lishi va bunda gipergrafikadan foydalanilishi;

  • ko’p oynalik interfeysning qo’llanilishi;

  • matn qismlarida zarur manbalarga murojaat etishga mo’ljallangan gipermatn tizimining mavjudligi;

  • matn bilan tushuntirish qiyin bo’lgan predmetning boblari qo’shimcha videoaxborot va animatsiyali kliplar bilan ta‘minlanishi;

  • audioaxborotlar musika bilan olib borilishi;

  • o’quvchilar sinf va sinfdan tashqarida bajarishi kerak bo’lgan vazifa va mashqlarning, shuningdek, ularning javoblarining berilishi;

  • asosiy tushuncha va modullarning izohli lug’atining mavjudligi bilan an‘anaviy darsliklardan farq qilishi kerak. Elektron darslikning har bir bo’limidan so’ng o’quv materialini mustahkamlash uchun savollar berilishi maqsadga muvofiq.

O’quv-tarbiya jarayonini jadallashtirishning asosiy omillari:

  • o’quvchilarning motivatsiyasini kuchaytirish;

  • o’quv mazmunining axborotli hajmini kengaytirish;

  • o’quvchilarning o’quv-bilish harakatini faollashtirish;

  • o’quvchilarning o’quv-amaliy darajasini tezlashtirishlarni kiritish mumkin. Elektron darsliklar quyidagi qismlardan iborat bo’lishi zarur:

1.O’rgatuvchi qism — gipermatnga asoslangan va statik, dinamik rasmlardan iborat.

    1. Mashq qildiruvchi - xatolarni ko’rsatib beruvchi va to’g’ri xulosaga olib keluvchi qism.

    2. Nazorat qiluvchi - testlar orqali nazorat qiluvchi tizim asosida shakllanadi.

Elektron darslik moduli - an‘anaviy darslikning mavzulari yoki paragraflariga o’xshash, o’quv fani bo’limlarining tashkil etuvchisi.

Elektron nazorat (testlashtirish) - elektron o’quv adabiyotining komponenti bo’lib, an‘anaviy kompyutersiz testlashtirishning analogidir. Elektron testlashtirish holatida kompyuter test va uning natijalarini ko’rsatib beradi, bu bilan bog’liq bo’lgan algoritmlarni joriy qiladi. (Masalan, bajarilgan yoki o’tkazib yuborilgan topshiriqlarga qaytish imkoniyatining borligi yoki yo’qligi, bitta testga vaqtning chegaralanganligi va h.k.).

Elektron testlar - saqlangan, ishlov berilgan va testlashtiruvchiga kompyuter yoki telekommunikatsion texnikasi yordamida taqdim etiladigan testlar. Testlashtiruvchi «qog’oz» blankalarni to’ldirib, so’ngra unga kompyuterda ishlov bersa, bular kompyuterli test bo’lib hisoblanmaydi.

Elektron topshiriqlar - o’qituvchiga ta‘lim oluvchilarning individul imkoniyatlarini hisobga olgan xolda mustaqil va nazorat ishlari uchun tartibga keltiradigan topshiriqlar majmuini o’zida aks ettiruvchi axborot manbasining muhim ko’rinishidir. YAratilgan topshiriqlar ta‘lim oluvchilarga an‘anaviy «qog’oz» li va elektron variantlarida tavsiya etilishi mumkin.

Elektron kutubxona- talaba hamda pedagoglar uchun hujjatlashtirish va xavfsizlikning xususiy tizimi bilan ta‘minlangan, to’liq matnli elektron axborotni resurslar, telekommunikatsiya vositalari asosida jamlash va etkazish imkoniyatini ta‘minlovchi dasturli majmuadir.

Elektron nashr (EN)-bu grafikli, matnli, raqamli, nutqli, musiqali, videofoto va boshqa axborot ob‘ektlaridan iborat bo’lgan jamlanmasi hisoblanadi. EN magnitli (magnit tasmalarda, magnit disklarda), optik (CD-ROM, CD-I, CD-R, CD-RW, DVD) elektron axborot tashuvchi vositalarida hamda kompyuter tarmog’ida chop etilishi mumkin.

Elektron darsliklarning nazariy qismlarini tayrlashda bir necha dasturlardan foydalanish mumkin. Gipermatn xujjatlarini ishlab chiqishda ushbu instrumental vositalar: Microsoft FrontPage (NTML-Nureg Text Markup Laguage), Alliare HomeSite (NTML), Microsoft PowerPoint, Microsoft Word va boshqalardan foydalaniladi.

Strategik illyuctratsion o’quv materiallarini (turli manzaralar)ni yaratishda rastorli yoki vektorli rasmlar bilan ishlovchi dasturlardan foydalanish zarur bo’ladi. Ularga SorelDraw, Corel Xara, Corel Photo Paint, Adobe Photo Shop, Adobe Illustrator va boshqalar kiradi. Dinamik illyustratsion o’quv materiallari roliklarini yaratishda esa, ularni tuzish uchun maxsus muharrirlar va quyidagi Web-animatsiyalar: foydalaniladi: Disreet 3D Studio MAX, Alais Wave Front, Maya, Light Wave, Soft Image 3d, Adobe Image Ready, Gif Animator, Macromedia Flash, Adobe Primier va boshqalardan foydalaniladi [50].

Tovush bilan kechadigan yozuvlar va tovushni taxrir qilish Sonic Foundry Sound Forge, Wave Lab, Sound Recorder va boshqa dasturlar yordamida amalga oshiriladi. Ma‘lumotlar bazasidan foydalanish zarurati tug’ilganda, Microsoft Exsel kabi ma‘lumotlar bazasi yordamga chaqiriladi. Elektron darslik yoxud o’quv qo’llanma uchun illyustrativ materiallarni yaratishda, shuningdek, skanerlar, videoushlash va yig’ish platalari, tovush platalari kabi apparatli vositalardan foydalaniladi.

Matnli protsessorlar va maxsus dasturlar yordamida elektron darsliklarni yaratishda, o’quvchida undan qisman foydalana olmaslik bilan bog’liq muammolar tug’ilishi ham tabiiy. Gap shundaki, foydalanuvchi darslikni yaratish dasturiga ega bo’lishi zarur bo’ladi. SHuningdek, darslikni INTERNET tarmog’iga joylashtirish bilan bog’liq muammo ham tug’iladi.

NTML gipermatn xujjatlaridan foydalanishda bunday muammolar tug’ilmaydi, chunki NTML-INTERNET tizimining gipermatnli tili hisoblanadi va NTML xujjatlarini o’qish dasturi

Microsoft Windowsning operatsion tizimi tarkibiga kiradi. SHuni ta‘kidlash joizki, bunda elektron darslikning imkoniyatlari va mukammalligi faqat dacturchining kobiliyat darajasi bilan chegaralanadi.

Elektron o’quv qo’llanma – bu yakunlangan dasturli mahsulot bo’lib, uning o’ziga xos xususiyati avtomatlashtirilgan hamda loyihalashtirish samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan katta dasturli tizimlarni loyihalashtirishning zamonaviy konsepsiyalaridan foydalanish hisoblanadi. Elektron o’quv qo’llanmalar yaratish imkoniyatini beruvchi dasturlar soni hozirgi vaqtga kelib juda ko’p hisoblanadi.

Yuqorida keltirilgan talablarga javob beruvchi elektron darsliklar yaratish uchun mualliflik dasturiy ta‘minotlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Ikkinchi va uchunchi darajadagi elektron dasrsliklar yaratish uchun mo’ljallangan dasturiy vositalardan barcha foydalanib kelmoqda. Ammo to’rtinchi darajali elektron darslik yaratish uchun aynan mualliflik dasturiy ta‘minotlardan Authoring tools: Articulate Storyline, Adobe Captivate, Courselab, Lectore, Ispring, Power Point foydalanish tavsiya etiladi. Dasturiy ta‘minotlar yordamida audiovideo yozuvlar, rasmlar, turli murakkab flesh-animatsiyalar, testlar (turli shakllarda) mavjud multimediyali ma‘ruzalar yaratish juda qulay. Keyingi rejalarda mualliflik dasturiy vositalarning har birini imkoniyatlari yoritiladi.




Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling