Mavzu: Boshlang'ich sinf o'quvchilarini har XIL janrdagi asarlarni o’qish darslarida umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash. Kirish I bob. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning ilmiy-nazariy


Download 189 Kb.
bet8/9
Sana03.02.2023
Hajmi189 Kb.
#1154968
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi

Birinchi o‘quvchi:
Hoy, gulbeor – gulbeor,
Qancha o‘rtoqlaring bor?
Ikkinchi o‘quvchi:
CHuchmoma –un- gulnora,
Rayhon, binafsha, lola
Tugmachagul, boychechak,
Qizil, pushti gulpechak,
Oppoq nargis, gulxayri,
Bog‘da o‘sadi bari.
O‘qituvchi tomonidan test savollari taraqatiladi. O‘quvchilar topshiriqni bajarganlaricha ikki o‘quvchi ishtirokida musobaqa o‘tkaziladi. Ular Vatan haqida kim ko‘p maqollar bilishi bo‘yicha bellashadilar.
Har bir aytilgan maqol uchun bittadan meva shakli sovg‘a qilinadi. Musobaqa yakunida to‘plangan sovg‘alar jamlanib, g‘olib aniqlanadi va rag‘batlantiriladi.
SHundan so‘ng test javoblari yig‘ib olinadi va natijalari e’lon qilinadi.
Sinfga bog‘bon ota kirib keladi. Bog‘bon ota bolalardan Vatan haqida she’r, qo‘shiqlar bilasizmi, deya so‘raydi.
O‘quvchilar she’r, qo‘shiqlar aytishadi. SHundan keyin otaxon tabiatni asrash haqida bolalarning bilimlarini sinab ko‘radi. (Bu borada o‘qituvchi bir nechta savol ham tuzadi) so‘zning yakunida bog‘bon ota o‘quvchilarga nasihat qiladi:

  • Bolalarim, tabiat boyliklarini asrang. Toki bu boyliklar kelgusi avlodlarga ham nasib etsin;

  • Maktab hovlisi, ko‘chalarga daraxt ko‘chatlari ekib, parvarish qiling;

  • Yilda to‘rt marta daraxtlarni oqlashni unitmang, ushanda zararkunanda hashoratlar ularga kamroq zarar etkazadi;

  • Uyda, sinf xonalarida gullar o‘stiring va ko‘paytiring;

  • Ariq va zovurlarga axlat tashlamang. Oqar suvlarni toza saqlash lozimligini unutmang;

  • Qanotli do‘stlarimiz - qushlar uchun in donxo‘rak yasab, ularni muhofaza qiling. Qish kunalarida ularga don berib turishni ham esdan chiqarmang.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 50 - moddasida: «Fuqarolar atrof, tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishiga majburdirlar» deb belgilab qo‘yilgan. Bu hozirgi va kelajak avlodlar oldida nihoyatda katta mas’uliyat yuklanganligidan dalolatdir. Demak, sizlar ham, shuni unitmangki, biz ona tabiatni qancha avaylab-asrasak, hayotmiz shuncha ko‘rkam bo‘ladi. Undan tashqari, konstitutsiyamizning 55-moddasida ham tabiat, uning boyliklaridan oqilona foydalanish zarurligi, bu boyliklar umumxalq mulki hisoblanib, ular davlat muhofazasida ekanligi yozib qo‘yilgan. Demak, ona tabiat barchamizniki, uni avaylab-sarash ham barchamizning burchimizdir. (Bog‘bon ota o‘quvchilar bilan xayrlashib chiqib ketadi.)
O‘qituvchi darsni ona tabiatga muhabbat, vatanni va o‘z millati bilan faxrlanish tuyg‘usining ulug‘ligi haqidagi so‘zlari bilan yakunlaydi:
- Vatan tuyg‘usi ona Vatanimizni qadrlash, uning buyukligini tan olish, dushmanlardan himoya qilish, kerak bo‘lsa, jonini fido qilishidir. Vatan tuyg‘usi bilan yashashdan bobolarimiz uni ko‘z qorachig‘idek asraganlar. Muqaddas vatan tuyg‘usi bizga bobolarimizdan merosdir. Siz ham bolalar, o‘z Vatanimizni, uning tabiiy boyliklarini seving, har bir qarichini ko‘z qorachig‘idek asrang.
O‘qituvchi dars yakunida o‘quvchilarning olgan baholarini e’lon qiladi.
Uyga vazifa qilib «Ona qishlog‘im tabiati va ekologiyasi» mavzusida insho yozib kelish.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish yuzasidan quyidagicha tajriba-sinov ishlari olib borildi. Bunda biz asosiy e’tiborni boshlang‘ich sinflarni barcha darslarda o‘quvchi egallagan bilim bilan birga umuminsoniy qadriyatlar yuzasidan olingan bilimlarini qay darajada o‘zlashtirganliklariga qaratdik.
Rivojlanayotgan jamiyatimizga sog‘lom fikrli avlodni tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish uchun ota-onalar va o‘qituvchilar hamkorligi muhim masalalardan hisoblanadi. Bu yo‘lda pedagoglar va ota-onalarga qulaylik yaratib berilishi kerak, shundagina ko‘zlangan maqsadga to‘la erisha olish mumkin.11
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni nihoyatda muhimdir.
Bugungi kunda o‘quvchi yoshlarni umuminsoniy qadriyatlar asosida Vatanga mehr-muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash muhim o‘rin tutadi. Ma’naviy-axloqiy tarbiya ommaviy axborot vositalarining targ‘iboti tufayli avloddan-avlodga o‘tib, kishilarning turmushi, mehnati muloqati va san’atida o‘z ifodasini topmoqda. SHuni alohida ta’kidlash joizki, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash har bir davrda ommaviy axborot vositalarining asosiy vazifasi bo‘lib kelgan.
Hozirgi vaqtda o‘quvchi yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol inson qilib voyaga etkazish masalasi davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston radiosining bolalar uchun tayyorlangan dasturlari o‘quvchi ma’naviy dunyosining kengayishi uchun va ruhiy olamining boyishiga xizmat qiluvchi vositalardan biridir.
Ta’kidlashimiz kerakki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, vatanparvarlik, insonparvarlik ruhida shakllantirishda maktab, mahalla, oila, ota-ona, pedagog va keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari va hamkorlikda ish olib borishlari talab etiladi.
XULOSA
Mustaqil O‘zbekistonimizni kelajak istiqbolini belgilab berish, uni dunyo hamjamiyatdagi o‘rni va nufuzini yuksaltirish so‘zsiz bugungi kun yosh avlodga bog‘liq. Ma’naviy barkamol yoshlarni tarbiyalash bu yuksak orzular sari bir qadam desak mubolag‘a bo‘lmaydi. SHunday ekan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida umuminsoniy qadriyatlarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. CHunki umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish jarayonida Vatan va uning tarixi, millat qadr-qimmati, boy o‘tmish madaniy merosimiz, odob –axloq masalalari, xalqimizning milliy urf-odatlari, buyuk allomalar va ularning boy adabiy meroslari keng miqiyosida o‘rganiladi.
Tadqiqot ishida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida umuminsoniy qadriyatlarini shakllantirishning asoslari ishlab chiqildi. Darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish nazariy va amaliy jihatdan tahlil etilgan.
Dars mashg‘ulotlarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlarni tarbiyalashning tashkiliy-uslubiy yo‘nalishlari ishlab chiqilgan. 1-4 sinflarning o‘qish darsligiga kiritilgan XIX asr shoir va yozuvchilarining ijod namunalari ham ma’naviy barkamollik manbai ekanligi ta’kidlab o‘tilgan.
Bu borada, boshlang‘ich sinflarda umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishda ijodkor, bilimdon o‘qituvchilarning o‘rni beqiyos ekanligi ko‘rsatib o‘tiladi. Boshlang‘ich sinflarda umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish tajribalari o‘rganiladi. Boy tariximizga nazar tashlanib, donishmand ajdodlarimiz siymosida - ma’naviyatimizning asl durdonalari mavjudligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Tajriba-sinov ishlari natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarni tarbiyalashda qo‘yidagilarga amal qilish lozim.

  • Boshlang‘ich ta’lim jarayonini aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli tashkil etish;

  • Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlarini ruhda tarbiyalashning shakl va uslublarini ishlab chiqish;

  • Ilg‘or pedagogik texnologiyalarning eng zamonaviy usullaridan unumli foydalanish;

  • O‘qituvchining malakalarini oshirishni va o‘z ustida muntazam ishlashlarini ta’minlash.

Kurs ishi natijasida qo‘yidagi xulosalarga keldik:
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishda boshlang‘ich ta’limning mazmun-mohiyati katta ahamiyatga ega.
Umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish asosida o‘quvchilarda ona vatanga muhabbat, muqaddas zaminga hurmat, milliy g‘urur, odob-axloq, do‘stga sadoqat, yuksak axloqiy fazilatlar shakllantiriladi. Bu esa mafkuramizning asosini tashkil qiladi.
Ta’lim tizimiga e’tibor kuchaytirilishi, kompyuterlardan, yangi pedagogik texnologiyalardan, boshlang‘ich ta’limning eng ilg‘or tajribalaridan unumli foydalanish zarur.
Ta’limni tarbiya bilan uzviy bog‘lab, sinfdan tashqari ishlarni ta’lim jaryoni bilan uzviy aloqada tashkil etish orqali o‘quvchilar ma’naviy dunyosini boyitish, dars samaradorligini oshirish maqsadga muvofiqdir.
Olib borilgan tadqiqot ishimiz natijalariga asosan qo‘yidagi tavsiyalarni taqdim etish mumkin:

  • O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni hayotga tadbiq etish ishlari davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biridir;

  • Vatanga muhabbat, ota-onaga hurmat, millatiga sadoqat, milliy qadriyatlarga, an’analarga va ajdodlarga, xalqiga, ona-tabiatga iliq munosabat, milliy odob hamda qoidalarga rioya qilish singari hislatlarni shakllantiruvchi uslubiy majmualar yaratish;

  • Respublikamizda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ma’naviy-axloqiy tarbiya berishda sog‘lom muhit ustivorligiga erishish;

  • Ta’lim va tarbiyaning uzuluksizligiga ahamiyat berish;

  • Ta’lim va tarbiya jarayonida bola ruhiyatini tarbiyalash;

  • Ta’lim jarayonida tarbiya samardorligini va ta’lim qudratini oshirish;

  • Ta’lim-tarbiyani dunyoviy tasnifda shakllantirish;

  • Vatan ravnaqi yo‘lida halol va fidokorana mehnat qilish ruhida tarbiyalash.;

  • Mehnat faxriylari va ilg‘orlari, ilm-fan xodimlari, ijodkorlar, priu badvalat qariyalar bilan uchrashuvlar tashkil etish;

  • Suhbat, munozara, ma’ruzalar, ertaliklar, musoboqalar uyushtirish, xalq og‘zaki ijodi namunalari hamda bolalar ongini o‘stiruvchi asarlardan foydalanish;

  • Boshlang‘ich ta’lim fanlari mazmuniga milliy va umumbashariy qadriyatlarni singdirish;

  • O‘quvchilarda umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan ilg‘or pedagogik texnologiyalarni zamonaviy usullari topish va uni amaliyotga joriy etish;

  • Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlarni tarbiyalashda umuminsoniy, milliy ma’naviy qadriyatlar, o‘zbek xalqning urf-odatlaridan foydalanish;

  • Mashg‘ulotlar jaryonida o‘quvchilarda umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishda maktab, oila va jamoatchilikning birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

  • Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish mazmuni, ish shakllari va uslublarini belgilab beruvchi pedagogik prinsiplar, ya’ni tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog‘liqligi, jamoada tarbiyalash va jamoaga suyanib ish ko‘rish, o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini hisobga olish, tarbiya jarayonining yaxlitligi, tarbiyaviy ta’sirlarning birligiga erishish.

Boshlang‘ich sinflarni umuminsoniy qadriyatlarni tarbiyalashga erishilsa, ularni tabiatga nisbatan qarashlari o‘zgaradi. Ular o‘z atrofida sodir bo‘layotgan voqealarga ongli munosabatda bo‘ladi, ularni tahlil qiladi, kerak bo‘lsa xulosalar chiqaradi.


Mavzularni o‘rganish jarayonida o‘quvchining so‘z boyligini oshirish, erkin va mustaqil fikr yuritish, ifodali va ravon so‘zlash ham uning ma’naviyatining bir bo‘lagi ekanligi singdiriladi.
Mavzular bilan bog‘langan holda o‘z xududlaridagi tarixiy obidalar, urush faxriylari, mehnat faxriylari bilan tanishtirlib, ular bilan suhbatlar uyushtirilib o‘quvchining ma’naviy dunyosi boyitiladi.
Bugungi kunda ushbu muammoni hal etish uchun amalga oshirish zarur bo‘lgan vazifalar:

  • Ma’naviy-barkamol yoshlarni tarbiyalashda xalq og‘aki ijodi, milliy urf-odat va an’analar, diniy ta’limotlar, buyuk mutafakkirlarimizning asarlari, xalqimizning serqirra va mushtarak madaniyatini o‘rganish;

  • Boshlang‘ich ta’lim jarayonini takomillashtirish, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilar jamoasini mustahkamlash, maktabda sog‘lom ma’naviy muhit yaratish, boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari uslub kengashi ishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, nazoratni kuchaytirish;

  • O‘quvchilarni mustaqil va erkin fikr yuritishga o‘rgatish, ularda xalqimizning ahillik, tenglik, adolat, saxiylik, hurmat, vatanparvarlik, insoniylik mafkuramizning nozik tomonlarini shakllantirish;

  • Maktabda turli xil tadbirlarni o‘tkazish, ularga barcha o‘quvchilarni jalb qilish, maktab, oila va jamoatchilik hamkorligini mustahkamlash - yosh avlodni ma’naviy barkamol shaxs sifatida kamol topishida muhim omillardan bo‘lib hisoblanadi. Ularda milliy va umumbashariy qadriyatlarni shakllantirish mas’uliyatini oshiradi.


Download 189 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling