Mavzu: boshlang’ich sinfda matеmatika o’qitish mеtodikasi fan sifatida boshlang’ich sinf matеmatika kursining mazmuni boshlang’ich sinfda matеmatika o’qitish


Download 124.35 Kb.
bet15/27
Sana09.01.2022
Hajmi124.35 Kb.
#263732
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
1-maruza

Uchinchidan, murakkabroq bo‘lgan mantiqiy, qiziqarli va nostandart xarakterdagi masalalar bilan shug‘ullanish o‘quvchilarga fanni chuqurroq o‘zlashtirishga, avval o‘rganilgan tushunchalarni takrorlashga va ularga tanish algoritmlarini odatiy bo‘lmagan, qiziqarli usulda o‘zlashtirishlariga imkon beradi. Demak, shunday turdagi masalalar A1+, A2+ va B1+ darajalariga kiritilishi tayanch kompetentsiyalarga samarali erishishga, o‘zlaridagi noyob iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishga olib keladi.

O‘qitish usuli haqida.

Kompetentsiyaviy yondashuv asosida ta’lim berish sharoitida o‘qituvchilarning o‘z faoliyatiga yondashuvi ham o‘zgarishi kerak. O‘qituvchi bundan buyon darslik bilan birgalikda o‘quvchilarga “ob’ektiv bilimlarni” yetkazuvchisi bo‘lib qolmaydi. Zamonaviy o‘qituvchining asosiy vazifasi o‘quvchilarda tashabbuskorlik va mustaqillilik hissini hosil qilish, ularning har biri uchun o‘zining iqtidori va qiziqishini amalga oshira oladigan rivojlantiruvchi muhitni yaratishdan iborat. Shuning uchun ham, matematika fani o‘qituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari, pedagogika ta’lim muassasalaridagi ta’lim mazmunini qayta ko‘rib chiqilishini hamda zamonaviy metodik qo‘llanmalarni yaratishni tavsiya etamiz.

Bitiruvchilarning matematika fanidan egallagan kompetentsiyalari darajalariga qo‘yiladigan talablar ta’lim mazmuniga muvofiq ishlab chiqilgan, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim bo‘yicha uzviy bo‘lib, matematik kompetentsiyalarning deskriptorlari “can do” mazmunida tasvirlangan. Xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida ta’lim mazmuni va matematik kompetentsiya deskriptorlari Trends in international mathematics and science study center (TIMSS)) baholash standartlariga4 o‘zaro bog‘liq holda olindi hamda ular sodda va tushunarli shaklda berildi. Bitiruvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malaka darajalariga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqib, deskriptorlar:

– har bir darajani to‘liq egallanganlikni ta’minlash uchun ta’limning barcha bosqichlarida o‘quv dasturlari va darsliklarni ishlab chiqishda tuzuvchilar tomonidan inobatga olinishi,

– O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz majburiy ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining davlat attestatsiyasi uchun baholash mezonlarini ishlab chiqishda nazarda tutilishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz majburiy ta’lim tizimida Davlat ta’lim standartlariga asoslangan holda matematika fanini o‘rganish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:



Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajalari

Umumiy o‘rta ta’lim


Boshlang‘ich sinf (4-sinf) bitiruvchilari

A1

Matematika chuqurlashtirilib o‘qitiladigan ihtisoslashtirilgan maktablarning boshlang‘ich sinf (4-sinf) bitiruvchilari

A1+

9-sinf bitiruvchilari

A2

Matematika chuqurlashtirilib o‘qitiladigan ihtisoslashtirilgan

maktablarning 9-sinf bitiruvchilari



A2+

Umumiy o‘rta ta’lim

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi



11-sinf bitiruvchilari

B1

Aniq fanlarga ixtisoslashtirilmagan akademik litseylar bitiruvchilari

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari

Matematika chuqurlashtirilib o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarning11-sinf bitiruvchilari

B1+

Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan akademik litseylar bitiruvchilari

Mazkur standart asosida matematika bo‘yicha ta’lim muassasasi xususiyatlarini inobatga olgan holda davlat attestatsiyasi uchun nazorat-baholash ko‘rsatkichlari, o‘quv dasturlar ishlab chiqiladi va tegishli vazirliklarning buyruqlari bilan tasdiqlanadi.

Маmlаkаtimizdа yuz bеrаyotgаn ijtimоiy-iqtisоdiy munоsаbаtlаr, хаlq tа`limi tizimidа bo`lаyotgаn o`zgаrishlаr hаr bir bоshlаng`ich sinf o`qituvchisi оldidа muhim vаzifа qo`ymоqdа. Bu mаqsаdlаr bоshlаng`ich tа`lim uchun õîñ bo`g`inlarni ajratish imkonini beradiki, bu bo`g`inlar xilma-xil o`quv fanlari dаsturlаrida, o`quv rеjаlаrida, darsliklarda tа`limning joriy etilishi hamda metodik tizimida biror tarmoqni hоsil qilishi mumkin.

Dаvlаt stаndаrtlarining aniq o`quv fani bo`yicha emas, balki ta’lim sohalari bo`yichа ishlab chiqilishi o`quv fаnlаrini vаriаtiv tаnlаsh аsоsidа o`quv-metodik mаjmuаlar (dаstur, o`quv rеjаsi, darsliklar)ni yarаtish uchun keng imkоniyatlar ochib bеrаdi, shuningdеk, o`quv fanlararo bog`lanish va bilimlarini muvofiqlashtirish tаmоyili аsоsidа o`quv fanlarinig ichki bog`liqligi va o`quv fаnlаrаrо аlоqаsini tа`minlаshgа xizmat qiladi.


Download 124.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling