Mavzu: Boshlangʻich sinfda oʻqish darslarida nasriy asar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlari Mundarija


Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish ustida ishlash


Download 1.01 Mb.
bet12/17
Sana20.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1633786
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Mavzu Boshlang ich sinfda o qish darslarida nasriy asar ustida

1.3. Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish ustida ishlash


Yangi kishini shakllantirishda g‘oyaviy, axloqiy, nafosat ta’sir kuchini o‘zida mujassamlashtirgan badiiy asarga xos tasviriy vositalar, o‘ziga xos xususiyatlar o‘quvchiga tushunarli bo‘lgan taqdirdagina uning tarbiyaviy ahamiyati, ta’sir kuchi to‘liq namoyon bo‘ladi. Buning uchun esa badiiy asar tilini lisoniy tahlil qilmasdan turib, ko‘zlangan maqsadga erishish qiyin.


Badiiy asarni tahlil qilishda o‘quvchilar asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o‘zinig shaxsiy va axloqiy tushunchalaridan foydalanadi.Ular axloqiy sifatlardan botirlik, to‘g‘rilik, mehnatsevarlik yaxshilik tushunchalarini anglab yetganlar va ko‘p ishlatadilar. Qahromonlarning boshqa sifatlarini tasvirlash uchun ularning so‘z boyligi yetishmaydi. Bu jarayonda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan asar matnini tahlil qilib, ular nutqiga personajlarning axloqiy intellektual, emotsional sifatlarini tasvirlovchi so‘zlarni kirita boradi.
Badiiy asar qahromonlarning xarakterini yaxshi yoritish uchun xizmat qiladi.Bu asar quyidagi muhim qoidalar asosida tahlil qilinadi:
Asar mazmunini tahlil qilish va to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakalarini shakllantirish bir jarayonda boradi.
Asarning g‘oyaviy-tematik asoslarini uning obrazlari,syujet chizig‘i, kompozitsiyasi va tasviriy vositalarni tushuntirish o‘quvchilarning shaxs sifatida umumiy kamol topishida yaxshi xizmat qiladi.
O‘quvchilarning hayotiy tajribasiniga tayanish,asar mazmuninni ongli idrok etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Sinfda o‘qishga o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish hamda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishdan iborat.11
Matnni tahlil qilish o‘quvchida fikr qo‘zg‘atishi, hayotiy tajribasining muallif qayd etgan ma’lumotlarga to‘g‘ri kelish-kelmasligini aniqlash zarur.
Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar turlaridan hikoya, she’r, ertak, masal, maqol va topishmoqlar amaliy ravishda o‘rganilaadi. Shunga ko‘ra turli janrdagi badiiy asarlarni o‘qishda o‘qituvchi unga mos metodlar tanlanadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish maqsadida ertaklar berilgan. Ertakinsonning ma’naviy va jismoniy kuchiga ishonch ruhi bilan to‘lib-toshgan. U insonga butun real va tabiatdan tashqari kuchlarning bo‘ysunganini ifodalaydi. Ertaklar sodda va anglasharli bo‘lgani uchun katta va kichikda, savodli va savodsiz kishiga tez yetib boradi. Ular orqali ham insonnning ijtimoiy axloq normalari shakllanadi.
Ba’zan bu axloqiy normalar masal tarzida, allegorik ravishda ifodalanib kelgan. Bu hol, ayniqsa, hayvonlar haqidagi ertaklarda aks etgan.Ertakning o‘tkir syujeti, voqea rivojidagi favqulodda vaziyat bolalarni maftun qiladi; undagi mard, kuchli, topqir,dovyurak chaqqon qahramonlar, ertakning g‘oyaviy yo‘nalishi, unda ezgu kuchning - yaxshilikning doimo g‘alaba qilishi bolalarni o‘ziga tortadi. Ertakdagi bir xil so‘zlarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi,tilning ta’sirchanligi,ifoadali vositalarning jonliligi bolalar uchun juda qiziqarlidir.Ertakda qatnashuvchilar ko‘pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo‘lgan yovuz, baxil, ochko‘z obrazlarga bo‘linadi.
Shuningdek, boshlang‘ich sinf darsliklarida o‘quvchilar dunyoqarashini kengaytirish maqsadida hikoya janridagi asarlar ham berilgan.Hikoya-kichik hajmli badiiy asar bo‘lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea hayotning muhim tomonlarini umumlashtirib tasvirlanadi. Hikoya ko‘pincha kishi hayotida sodir bo‘lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertaklarga nisbatan hayotiy bo‘ladi. Hikoya mazmuni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni qahramonning xatti-harakati,tashqi ko‘rinishi, portret tasviri, voqeahodisalar haqidagi hikoyalar ko‘proq qiziqtiradi. Shuning uchun bolalarni hikoya bilan tanishtirish uning syujetini tushuntirish uning syujetini tushuntirishga bog‘lab olib boriladi.
Boshlang‘ich sinflarda hikoyani o‘qishga bag‘ishlangan darslarda, hikoya mazmunini ochishda, lug‘at ustida ishlash o‘qilgan matnni qayta hikoyalash asosiy o‘rinni egallaydi. Hikoya savollar asosida tahlil qilinadi. Bunda savollar hikoyadagi shaxslarning xatti-harakati va xarakterini tahlil qilishga yordam beradi.Hikoya mazmunini tahlil qilishda faktlar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea hodisalar o‘rtasidagi umumlashtirish uchun foydalaniladi.Hikoyani o‘qish jarayonida ma’nosini tushunmaydigan so‘z va iboralarning ma’nosini tushuntirish lozim bo‘ladi.
Hikoyani o‘qishda uni tahlil qilishda o‘quvchilarning nutqini o‘stirish markaziy o‘rinni egallaydi. Hikoya o‘qilgach, savollar orqali hikoya bolalarga yoqqan-yoqmayaotganini hikoyadagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta’sir etgani, qahramonning ijobiy va salbiy xarakterlari haqida fikrlaydi. Shundan so‘ng hikoya syujeti, voqeaning yo‘nalishini tushunishga nihoyat asarning g‘oyasini bilib olishga muvaffaq bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinflarda turli xil mazmundagi hikoyalar berilgan shulardan Oybekning “Mehnatkash qiz” hikoyasi haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, dastlab hikoya o‘quvchilarga ifodali o‘qib beriladi. So‘ng matn yuzasidan o‘quvchilarga savollar beriladi:
1.Unsin qandey xarakterga ega?
2.Unsin qanday yumushlarni bajaradi ?
3.Shokir ota qaysi hunar bilan shug‘ullanadi ?
4.Unsinni mehnatkashligi tasvirlangan qismlarni topib o‘qing.
5.Unsinni qaysi xislatlari sizga yoqdi ?
6.Siz ham uy yumushlarda ota-onangizga yordamlashasizmi?
O‘quvchilar yuqoridagi savollarga javob berishi orqali hikoyadagi qahramonlarning xatti-harakatlari, har bir epizodning ijobiy yoki salbiy xususiyatlari haqida fikr yuritadi. Asardagi voqea sujet rivoji ochiladi. Shuningdek asar orqali o‘quvchilarga tarbiyaviy jihatlarni ham singdiramiz. Ya’ni, Unsin kabi mehnatkash, doimo mehribon bo‘lishi, ota-onasiga yordam berish lozim kabi jihatlari aytib o‘tiladi 12
Boshlang‘ich sinf darsliklarida maqollar ham ko‘p qo‘llaniladi. Maqol turmush tajribalari zaminida tug‘ilgan va xalq donoligini ifodalagan qisqa, ko‘pincha she’riy shakldagi hikmatli so‘zlar, chuqur ma’noli iboralardir. Maqol xilma-xil mavzularda bo‘lib, hayotning turli masalalarni qamrab oladi.Ko‘pincha maqol o‘git, nasihat xarakterida bo‘ladi; “Yer haydasang –kuz hayda , kuz haydamasang yuz hayda” kabi.
Maqol xalq og‘zaki ijodining juda qadimiy shakllaridan biri bo‘lib, unda xilma-xil badiiy ifoda vositalari ohangdor tovushlar takrori bo‘ladi. Savod o‘rgatish davridayoq o‘quvchilar maqollarni o‘qiydilar. Alifbe davrida berilgan maqollar matn mazmuni bilan bog‘liq bo’lib, ular matn g‘oyasini o‘quvchilarga lo‘nda,aniq yetkazish uchun xizmat qiladi.
1-2-sinflarda maqolni ifodali o‘qish va yod olishga ahamiyat beriladi. Bu sinflarda maqolning mazmunini o‘rganish va yod olishlaridan tashqari, uning matnidagi izohtalab so‘zlar, birikmalar ustida lug‘at ishi o‘tkazish, badiiy til vositalari, ko‘chma ma’noli, qarama-qarshi ma’no bildiruvchi, maqolda takrorlanib kelayotgan so‘zlar ma’nosi yuzasidan ish olib borish talab etiladi.
3-4-sinflarning “O‘qish kitobi”da” Xalq og‘zaki ijodi”bo‘limi tarkibida “Maqollar” mavzusi alohida olingan. Bu mavzuni o‘rganishda maqolning kelib chiqishi, yaratilishi haqida dastlabki elementar ma’lumotlar beriladi.Bunda maqollar xalqning uzoq yillik hayotiy tajribasi asosida vujudga kelganligi to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. 4-sinf “O‘qish kitobi”da maqollar “Ona yurting-oltin beshigin”, “Eldan ayrilguncha, jondan ayril”, “Mehnat-baxt keltirar” kabi mavzular asosida berilgan. Ushbu maqollar mazmuniga mos asarlar keltirilib, uning mazmun – g‘oyasini maqol bilan bog‘lab o‘rgatiladi. Bu jarayonda o‘quvchilarning hayotiy tajribalari asosida misollar keltirish orqali maqollarni izohlash yoki o‘quvchilarga maqol g‘oyasiga mos birorta hikoya tuzish topshirig‘i beriladi.
3-4- sinflarda maqol janri bo‘yicha tahliliy ishlar o‘quv yili davomida izchil uyishtirib boriladi, ya’ni “Asar g‘oyasiga oid maqol ayting”, “Maqollar asosida boshqotirma tuzing, rebus yarating” kabi topshiriqlar beriladi, “Maqollar aytish musaboqasi“,“Maqollar mushoirasi” kabilar tashkil qilinadi.Shu tariqa boshlang‘ich sinflarda badiiy asarlar ustida tahlil ishlari olib boriladi.
Biror matnni o‘qish va tahlil qilish orqali bolada mustaqil fikrlash qobilyati o‘sadi, unung nutqi rivojlanadi, aqliy darajasi ortadi. O‘quvchilarni badiiy asar ustida ishlashga o‘rgatish ularda adabiy- estetik tahlil malakasini shakillantirish va o‘stirish orqali ta’lim tarbiya berishni nazarda tutadi. Asarning matnini tahlil qilish muallifning fikrni, hissiyoti va xulosalarini tushinshga yordam beradi. Asarda ifoda etilgan voqealarga munosabat uyg‘otadi .
Asar tahlili o‘qtuvchidan o‘quvchilar faoliyatini ma’lum maqsadga yo‘naltirishni taqozo etadi.
Maktabda badiiy asarni tahlil qilishdan asosiy maqsad, asarda ifodalangan hayotiy voqeani yoritish orqali o‘quvchilarni badiiy adabiyot olamiga olib kirish, tasvirlanayotgan voqealarga nisbatan muallifning munosabati va niyatlarini payqab olishga imkoniyat yaratadi.

II Bob.Boshlangʻich sinfda oʻqish darslarida nasriy asar ustida ishlashda innavatsion ta’lim metodlaridan foydalanish va ularning ta’limiy ahamiyati

2.1. Boshlangʻich sinfda oʻqish darslarida nasriy asarlarni tahlil qilish orqali oʻquvchilar nutqini oʻstirish metodikasi


Oʻqish darslarida oʻquvchilar nutqini oʻstirish, ularning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish orqali oʻqilayotgsn matinning mazmunini oʻzlashtirish imkoni yaratiladi.
Badiiy matnlarni tahlil qilish usuli orqali oʻquvchilarning nutqini oʻstirish maqsadga muofiqdir. Ma'lumki, soʻzlashuv tili nutq oʻstirishning dastlabki bosqichi hisoblanib, u asta-sekin takomillashib boradi. Soʻzlashuv tili esa oʻqilgan matnlarni ogʻzaki hikoya qilishda namoyon boʻladi. Soʻzlashuvga oʻrganish barcha darslar jarayonida amalga oshadi, lekin oʻqish darslari yetakchib ahamiyat kasb etishi kerak. Kichik-yoshdagi rnaktab oʻquvchilaridagi ma'naviy kamolot ona tili orqali mujassamlashadi. Ona tili shu jumladan, oʻqish va nutq oʻstirish ta’lim-tarbiya jarayonidagi eng muhim vositalardandir.
Oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma nutqlarini me'yorlashda, ularning mutanosibligini ta'minlashda, milliy tilning tabiati va oʻziga xos xususiyatini belgilashda, ifoda va talaffuz qonuniyatlarini aks ettirishda ohangdorlik, ya'ni qiroat bilan oʻqishning amaliy ahamiyatini oʻstirish, adabiy til me'yori va mezonlariga rioya qilish, oʻqish metodlarini takomillashtirish yoʻllarini izlash va eng qulaylarini amaliyotga tatbiq qilish zarur.13
Til qonunining ta'limga tatbiqi munosabati bilan bolalarni oʻqishga oʻrgatishdagi usullarni toʻgʻri qoʻllash (koʻrgazmalilik, tarqatib beriladigan topshiriqli qogʻozlar bilan ishlash yoʻllarini bilish) usullari takomillashtiriladi.
Bolalarning oʻz fikr-taassurotlarini ifodalashlari uchun savol-javob nutqni egallashlariga koʻproq oʻrin beriladi. His-tuygʻuli nutq, fikrni ta'sirli ifoda etish, oʻqish paytidagi nutq, ertak aytib berishdagi ohang va nutq, hazil-mutoyibadagi nutq uygʻunlashishi, oʻquvchilarga zavq-shavq bagʻishlashi lozim.
Bolalarni faollikka oʻrgatish uchun ma'nodosh soʻzlarni topish oʻyinlarini tashkil etish, bunday soʻzlarni nutqda oʻrinli qoʻllashni gap tuzishda esa soʻzlar orasidagi bogʻlanishga mos turli oʻxshatishlar topish kabi ishlar doimiy ravishda oʻtkaziladi.Rasmlarga yoki tasviriy vositalarga qarab gap tuzishni gapda soʻzlarning tartibiga, ularning bir-biriga bogʻlanishiga, soʻzlar oʻrnini almashtirib, gapni qayta tuzib oʻqishda, izchillikka rioya qilish mashqlarini oʻtkazishga e'tibor beriladi.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darslarida hikoya, ertaklar matnini soʻzlab berishda qahramonlar ovoziga taqlid qila bilish; rasm va narsalarni taqqoslab tasvirlash, sayr, tomosha, oʻyin, mehnat haqida hikoya qilish, misollar keltirish, matnda tasvirlangan voqealar haqida xulosalar chiqarish, badiiy matn ustida ishlashga oʻrgatish, matnni qismlarga bolib, ular mazmuniga mos sarlavhalar topish, ijodiy rasmlar ishlash kabi jarayonlarda bolalar tafakkur qilishga oʻrganadilar.
Bolalarda nutq madaniyatini tarbiyalash uchun ogʻzaki nutq namunalaridan foydalanish, ularga taqlid qilish, koʻproq yod olishga e'tibor berish mashqlarini oʻtkazish tavsiya etiladi. Bolalarga hamisha oʻz nutqiga e'tiborli boʻlish, oʻrtoqlarining nutqiga odilona baho berishga oʻrgatiladi. Kichik yoshdagi maktab oʻquvchilarining yod olish qobiliyatlarini rivojlantirish borasida oʻtmishdagi maktablar tarjibasi juda qoʻl keladi. Qadimda maktablarda bolalar oʻqiganlarini yod olish usullarini oʻzlashtirib olganliklari uchun ularning xotiralari yaxshi boʻlganligi ma'lumdir. Shularni hisobga olib, oʻquv dasturida yodlash uchun 12-14 ta she'r namunalari berildi. Ular ham ta'limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga egadir. She'rni yoddan aytishda ifodalilikka, nutq odobiga rioya qilish, shoshilmay, yoqimli ovozda oʻqish talab etiladi.
Oʻqituvchi “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darslarida oʻz nutqining bolalarga qanday ta'sir etayotganini kuzatishi, tushunarli va qiziqarli boʻlganini hisobga olishi kerak. Agar bolalar darsda e'tiborsiz oʻtirsalar, demak, oʻqituvchi nutqining ta'sir kuchi sust. U oʻz nutqini hamma bolalarga, goho ayrim bolalarning xulq-atvoriga qaratgan holda boshqarishi, qiziqarli misollar aytishi, oʻquvchilar e'tiborini tortib, oʻrinli imoishoralar ishlatishi, qoʻlni besabab harakatlantirmasligi, bir nuqtaga qarab emas, balki sinf jamoasining diqqatini tortgan holda gapirishi kerak.
“Ona tili va oʻqish savodxonligi” darslarida koʻpincha obrazli nutq asosidagi suhbat, savol-javob kabi usullardan foydalaniladi. Tilimizning lugʻat boyligi tarkibida yorqin, ifodali nutqni rivojlantirish uchun zarur boʻlgan hamma vositalar mavjud. Soʻzlarni koʻchma ma'noda ishlatish imkoniyati va buning natijasida soʻzlarning koʻp ma'no kasb etishi lugʻatimizning yanada boyishiga imkon beradi.
Bola nutqining taraqqiyotini aniqlash yuzasidan oʻtkazilgan tajribalar dastlab soʻzlarning vujudga kelishi va shu asosda dastlabki umumiy tushunchalarning paydo boʻlib, shakllanishini koʻrsatadi.14
“Ona tili va oʻqish savodxonligi” darslarida xilma-xil usullarni qoʻllash bola uchun qiziqarlidir. Jumladan, ovozni saqlay bilish. Oʻqituvchi bu ishga jiddiy e'tibor berishi, bunda oʻzi namuma boʻlishi zarur.
Bolalarning nutqini oʻstirishda ikki asosiy talabni hisobga olish lozim: ogʻzaki nutqdagi izchillik, fikrlash, ifodalilik, pauza (toʻxtam), temp (sur'at). Yozma nutqda ogʻzaki nutq asosida hosil boʻlgan bilim-malaka va tushunchalarning uzviyligini ta'minlash. Umumiy oʻrta ta’limning Milliy oʻquv dasturi talablariga koʻra oʻquvchilar erkin fikrlashga oʻrganishlari lozim. Fikrlash esa bolada darrov hosil boʻlmaydigan jarayon boʻlib, uni yuzaga chiqarish uchun rejali ish olib borish lozim.
Fikrni rejali ifodalash nutq oʻstirish ishlarida ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Reja tuzishni oʻquvchilai birinchi sinfdanoq mashq qilganlari uchun ma'lum koʻnikmaga ega ekanliklarini hisobga olib, ikkinchi sinfda bu ishni tez-tez takrorlash maqsadga muvofiqdir. Mazkur sinfda ham reja tuzish ishlariga oʻqituvchi rahbarlik qilishi va oʻquvchilarda mas'uliyatni sezish hissini yuzaga keltirishi kerak. Reja darak, soʻroq, ba'zan atov gap shaklida ham tuziladi. Reja asosida bayon qilingan matn tahlili oʻquvchilarga tushunarli boʻladi
Boshlangʻich sinf “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsliklarida berilgan matnlar oʻquvchilarining nutqining ravon boʻlishiga, nutqdagi izchillik, fikrlash, ifodalilikning namoyon boʻlishiga e’tibor qaratiladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling