Mavzu: Boshlangʻich sinfda oʻqish darslarida nasriy asar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlari Mundarija


Download 1.01 Mb.
bet16/17
Sana20.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1633786
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Mavzu Boshlang ich sinfda o qish darslarida nasriy asar ustida

Xulosa


Boshlang’ich sinf o’qish darslarida asosan she’rlar,masallar,ertaklar, hikoyalar, afsonalar,maqollar va topishmoqlar,ilmiy-ommabop asarlar o’qib o’rganiladi.


Yuqorida ta'kidlangan metodlardan tashqari, boshlang'ich sinf o'qish darslarida zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan Aqliy hujum, Tarmoqlash, Guruhlar bilan ishlash, Blits texnologiyasi kabilardan ham foydalanish yaxshi
samara beradi.
Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, har bir darsda qanday metoddan foydalanish, darsda qanday usullarni qo’llash o'qituvchi tomonidan oldindan belgilab olinishi va puxta ishlab chiqilishi kerak.
Ma’lumki, boshlangʻich sinf ona tili darslarida oʻquvchilarning keng miqyosda mulohaza yuritish va mustaqil fikrlash, qarorlar qabul qilish koʻnikmalari toʻliq shakllanmagan boʻladi. Shu bois, birinchi sinf ona tili darslarida oʻquvchilarda asosan mashq ustida ishlash koʻnikmasi shakllantiriladi. Bunda koʻproq oʻqituvchi tomonidan bolalar oʻzlashtirishi lozim boʻlgan bilimlarni tayyor holda beradi, oʻzi savollar qoʻyadi, savol va topshiriqlarning yechimini topish yoʻllarini ham oʻqituvchining oʻzi koʻrsatadi. Bu bilan oʻquvchilarga ta’lim berishda yuqori samaradorlikka yerishib boʻlmaydi. Chunki, hozirgi kunning talabi oʻquvchilarni faol harakatga keltirishdan iboratdir. Shunday ekan, ona tili mashgʻulotlarida oʻquvchilarni faol harakatga keltiradigan, ularni mustaqil fikrlashga undaydigan, mulohaza yuritishga chorlaydigan topshiriq va mashqlarni tavsiya etish maqsadga muvofiqdir.
Shuni ta’kidlab oʻtish kerakki, nutq oʻstirish mashgʻulotlarida, ayniqsa, bolalarning badiiy asarlarni oʻqib, hikoya qilib berishlariga katta ahamiyat beriladi. Badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berishga oʻrgatish va ularni sahnalashtirish, she'rni yod oldirish oʻqituvchiga katta mahorat va mas'uliyat yuklaydi. Muallif tomonidan badiiy asar mazmuni qanchalik yorqin ifodalangan boʻlsa, unda ishtirok etuvchilarning nutqlari (gaplari) bolalarga ifodali, mazmunli yetkazilsa, u bolalarni hayajonlantiradi, his-tuygʻularining rivojlanishiga, asar qahramonlari bilan boʻladigan voqealarning uzoq esda saqlanishiga, lugʻatining boyishiga hamda nutqining grammatik jihatdan toʻgʻri shakllanib borishiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Bolalar hech qanday qiyinchiliksiz oʻqituvchining asar yuzasidan bergan savollariga javob bera oladilar, ayrim soʻzlarni, jumlalarni takrorlaydilar, qahramonlarning ijobiy va salbiy tomonlarini xarakterlab beradilar, oʻqituvchiga taqlid qilib, ularning ovozini oʻxshatishga harakat qiladilar.
Boshlangʻich sinf oʻqish darslarida oʻquvchilarning yuqori darajada aqliy va nutqiy rivojlanishini, ularning til qobiliyatlari shakllanishini ta’minlash imkonini beruvchi usullarni tashkil etishning maqbul shaklini izlash, nazariy va amaliy tadqiqotlarda bunday oʻquvning mazmuni va shakllari haqidagi masalalar hal etish yuzasidan yangicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, berilayotgan ta’lim sifati natijadorligini ta’minlash zamonaviy oʻqituvchidan katta pedagogik mahorat, yuqori kompetentlik va ijodkorlikni talab etadi.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling