Mavzu: boshlang’ich sinflar o’quvchilarining ekologik onggini va madaniyatni shakllantirish metodikasi. Reja


Download 26.6 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi26.6 Kb.
#1564189
Bog'liq
BOSHLANG’ICH SINFLAR O’QUVCHILARINING EKOLOGIK ONGGINI VA MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI.


MAVZU: BOSHLANG’ICH SINFLAR O’QUVCHILARINING EKOLOGIK ONGGINI VA MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI.

Reja:
1. Boshlang’ich sinflar o’quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslari.
2. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ekologik ongni shakllantirish darajasi.
3. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirish imkoniyatlari.


O’zbekiston Respublikasi istiqloli tufayli mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy hayotida tub burilishlar yuzaga kelmoqda. O’zbekiston jahon hamjamiyatida munosib o’rin egalladi. Prezidentimiz Islom Karimov erishilgan yutuqlarni tahlil qilar ekan o’zining “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida” nomli asarida mavjud kamchiliklar va havflar haqida ham insonlarni ogohlantirdi. Prezidentimiz xavfsizlikka tahdid solayotgan xavf-xatarlarga batafsil to’xtalib, ulardan biri ekologik muammolar ekanligini ko’rsatdi. XXI asrga kelib ekologiya insoniyat tarixida umumbashariy muammoga aylandi. Ekologik xavfsizlik kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun dolzarbligi, juda zarurligi bois eng muhim muammolar jumlasiga kiradi. Bu muammolar amaliy tarzda hal etilsa, ko’p jihatdan hozirgi va kelgusi avlod turmush sharoitini yaxshilash imkonini beradi. Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosidagi keskin ijtimoiy muammolardan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo’lib, sivilizasiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko’p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog’liqdir. Bugun dunyoda, shu bilan birga respublikamizda ham juda tez sur’atlar bilan fan va texnika taraqqiy etmoqda. Natijada davlatlarimizning qudrati yildan-yilga oshmoqda, kishilarning yashash sharoiti yaxshilanmoqda, ammo tabiyatni o’zgartirish bo’yicha amalga oshirayotgan ishlar har doim ham sosial ahamiyatli bo’lmas ekan. Bugungi kunda er yuzida yuz berayotgan ekologik vaziyat shundan dalolat bermoqda. 15 Prezidentimiz I.A. Karimovning, “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitoblarida ham alohida urg’u bilan ta’kidlab o’tilgan. “Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo’l qovushtirib o’tirish o’z-o’zini o’limga mahkum etish bilan barobardir. Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan”. 7 Tabiat va inson o’zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo’ladi. Bu qonuniyatlarni buzish o’nglab bo’lmas falokatlarga olib keladi. Insonning tabiat imkoniyatlarini va uning rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olmay jadal yuritilgan xo’jalik faoliyati, rim klubining “XXI asr yili” deb atalmish tadqiqotlaridan birida ko’rsatilib o’tilgandek, yer yuzida tuproq nurashi, o’rmonlardan mahrum bo’lish, baliqlarning haddan tashqari ko’p ovlanishi, tuzli yomg’irlar, atmosfera ifloslanishi, azon qatlamining buzilish va hokazolarning ro’y berishiga olib keldi. Buning natijasida butun dunyoda ekologik muhitning yomonlashuvi bilan bog’liq, turli-tuman kasalliklar ortib bormoqda. Hozir XXI asr bo’sag’asida, fan-texnika taraqqiyoti jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Dunyoning jug’rofiy-siyosiy tuzilishi o’zgarmoqda. Bunday sharoitda inson tomonidan biosferaga ko’rsatilayotgan ta’sirni tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o’zaro ta’sirini uyg’unlashtirish, inson va tabiatning o’zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo’lib bormoqda. O’zbekistonning ekologik xavfsizligi nuqtai nazaridan qaraganda, suv zahiralarining shu jumladan yer usti va yer osti suvlarining keskin taqchilligi hamda ifloslanganligi katta tashvish tug’dirmoqda. Respublikaning daryolari, kanallari, suv omborlari va hatto yer osti suvlari ham har taraflama inson faoliyati ta’siriga uchramoqda. Ichimlik suv taminoti manbasining ifloslanishi respublikada, ayniqsa, Orol bo’yida kasallikka chalinishning yuqori darajasiga sabab bo’lmoqda. Orol dengizining qurib borishi xavfi g’oyat keskin muammo, aytish mumkinki, milliy kulfat bo’lib qoldi. Orol tangligi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar fojealardan biridir. Dengiz havzasida yashaydigan qariyib 35 milion kishi uning ta’sirida qoldi. 1911-1962 yillarda Orol dengizining sathi eng yuqori nuqtada bo’lib, 53,4 metrni, suv hajmi 10064 kub kmni, suvning yuzasi 66000 kvadrat kmni va minerallashuv darajasi 1 metr suvda 10-11 grammni tashkil etgan edi. Unga har yili Sirdaryo va Amudaryodan 56 kub km. suv kelib quyilar edi. 1994 yilga kelib Orol dengizidagi suvning sathi 32,5 metrga, suv hajmi – 400 kub km. dan kamroqqa, suv yuzasining maydoni esa 32,5 ming kvadrat km. ga tushib qoldi. Orol sathi 20 metr pasayishi natijasida u endi yaxlit dengiz emas, balki ikkita qoldiq ko’lga aylanib qoldi. Uning sohillari 60 – 80 km. ga chekindi. Natijada yana bitta “qo’lbola” qumli sho’rxoh sahroga ega bo’ldik. Orol bo’yida dengizning munosabati bilan xalqaro, keng ko’lamli ahamiyatga molik bo’lgan ekologik, ijtimoiy – iqtisodiy va demografik muammolarning murakkab majmui vujudga keldi. “Tabiat bilan hazillashib bo’lmaydi. U hamisha haqqoniy, hamisha qattiqqo’l, hamisha jiddiy. U doimo haq, hato va yanglishlarga esa odamlarning o’zlari sababchidir”, - deb ta’kidlagan edi Gyote. Shu sababli, atrof – muhitni muhofaza qilish va tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, hozirgi kunda butun insoniyat uchun tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun ekologik masalalarni yaxshi anglab olish hamda ularni to’g’ri amalga oshirish jamiyatning va har bir kishining hayotiy zaruriyatiga aylanmog’i lozim. Ekologik xavfni ancha kech, 70 – yillarning boshlaridagina anglay boshladik. O’shanda mazkur masala dunyo miqyosidagi taraqqiyotga bag’ishlangan dastlabki G’arb modellarida keskin qilib qo’yilgan edi. Bu hol bamisoli bomba portlaganday ta’sir etdi. Insoniyat qanday xavf qarshisida 17 turganligini, atrof – muhitga inson faoliyati tufayli etqizilayotgan zarar qanday natijalarga olib kelganligini yaqqol his etdi. Ekologik havfsizlik kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun dolzarbligi, juda zarurligi bois eng muhim muammolar jumlasiga kiradi. Bu muammolar amaliy tarzda hal etilsa, ko’p jihatdan hozirgi va kelgusi avlod turmushining ahvoli va sifatini belgilash imkonini beradi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish bilan bog’liq tarmoqlarini ekologik jihatdan zararsiz texnologiya yordamida rivojlantirishni ta’minlash imkoniga ega bo’lindi. Ma’lumki, tabiatning holati birdaniga va darhol yomonlashib qolmaydi. Bu jarayon uzoq davom etadi. Boshqacha aytganda, ekologik vaziyat asta – sekin yomonlasha boradi. Ma’lumki, XXI asr bo’sag’asidagi insoniyat oldida nihoyatda og’ir muammo – ekologiya muammosi turibdi. Tabiat va jamiyatning bundan keyingi taraqqiyoti bu muammoning qay darajada hal qilinishiga bog’lik bo’lib qoldi. Biz ekologiya muammolari deganda tirik mavjudod bilan atrof – muhit, shu jumladan, inson bilan tabiat o’rtasidagi ziddiyatlarni tabiiy biologik muvozanat nuqtai nazaridan hal qilinishi, bu sohada o’z echimini kutayotgan masalalarni tushunamiz. Bugungi kunda insoniyat oldida bir-biri bilan uzviy bog’langan quyidagi ekologik muammolar turbidi: Aholining keskin ko’payishi bilan bog’langan demografik muammolar. Ma’lumki, aholining sonini kundan – kunga ortib bormoqda. Aholi sonini keskin ko’payishi bilan insonning atrof muhitga ta’siri, undan foydalanish ko’lami keskin kuchayib borgan. Bugungi kunda sayyoramizda qariyib 6 milliard kishi yashaydi. Mana shuncha kishi ta’bir joyiz bo’lsa, sayyoramizning tabiiy ne’matlarini – boyliklarini turli tomondan chumoliday kemirmoqda. Odamlarning fel – atvorida tabiatga nisbatan bosqinchilik, shafqatsizlik kuchaymoqda. Tabiat esa doimo bunga chidam bermayapti. Aholi ko’payishi bilan bog’langan oziq – ovqat muammosi. Ma’lumki, oxirgi 50 yil ichida fan va texnikaning yuksak darajada rivojlanishiga qaramasada dunyo aholisining katta qismi och - nochor yashamoqda. Eng 18 achinarlisi shundaki, aholining oziq – ovkat maxsulotlariga bo’lgan talabi ko’pincha, qayta tiklanmaydigan tabiiy boyliklar hisobiga qondirilmoqda. Bu esa tabiatning emirilishiga, ekologik muvozanat buzilishiga olib kelmoqda. Tabiiy boyliklar va xom-ashyo taqchilligi muaommosi. YEr yuzida tabiiy boyliklar va xom-ashyo bir – hil taqsimlangan emas. O’tmishda odamlarning tabiiy boyliklarga bo’lgan ehtiyoji faqat aholi zich joylardagina kuzatilgan. Bugungi kunda esa insonning ehtiyojini xatto tabiatda mavjud, bor bo’lgan boyliklar hajmidan ham oshib ketmoqda. Natijada tabiiy boyliklar qayta tiklanish xususiyatini yo’qotib taqchillik vujudga keldiki, bu hol tabiatning yanada aziyat chekishiga olib kelmoqda. Tabiatni qayta o’zgartirish sharoitida inson salomatligini saqlash muammosi. Tadqiqotchilarning kuzatishlariga ko’ra, kishilarning o’rtacha umri qisqarib bormoqda. Aholi salomatligi kamida 50 foiz turmush tarziga, 15-20 foiz atrof – muhitga, yana shuncha miqdorda odam irsiyati va sog’liqni saqlash xizmatiga bog’liq ekan. Shu sababli inson salomatligi nuqtai nazaridan ham atrof muhitni muhofaza qilish zaruriyati vujudga kelgan. Atrof – muhitni ifloslanishidan himoya qilish muammosi. Ishlab chiqarishning atrof-muhitga tasiri muttasil kuchaymoqda. Sanoat qishloq xo’jaligi va maishiy xizmat korxonalarining chiqindi va oqavalari tufayli tabiat o’ziga yot moddalar bilan to’yinmoqda suv havo va tuproqning tabiiy sifati buzilmoqda. Tirik tabiat irsiyatini muhofaza qilish muammosi. Atrof muhitning ifloslanishi tufayli tirik mavjudotlar irsiyatida salbiy o’zgarishlar-mutasiyalar paydo bo’lmoqda. Ko’plab o’simliklar va hayvonot turlari halokat yoqasida turibdi. Yuqorida ta’kidlangan ekologik muammolarning keskinlashuvi yer yuzining ayrim hududlarida ekologik ofatlar ro’y berishiga sababchi bo’lmoqda. Mana shunday inqirozlardan biri bizning Respublikamiz, ya’ni orol va orolbo’yi mintaqasida ham ro’y bermoqda. Bu muammo bo’yicha 19 Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining bir necha bor uchrashuvi bo’lib o’tdi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Havo bo’shlig’ining ifloslanishi ham Respublikamizda ekologik xavfsizlikka solinayotgan taxdiddir. Har yili Respublikamizning atmosfera havzasiga 4 mln. tonnaga yaqin zararli moddalar qo’shilmoqda. Shularning yarmi uglerod oksidiga to’g’ri keladi. Atmosferada uglerod yig’indisining ko’payib borishi natijasida yer havosining o’rtacha harorati ortib ketadi. O’zbekiston MDH davlat boshliqlarining 1992 yil 8 fevralida imzolangan bitimiga muvofiq tuzilgan MDH mamlakatlari Davlatlararo ekologik kengashining to’la huquqli a’zosidir. Respublikada istiqbolga, ya’ni atrofmuhitni muhofaza qilish va tabiiy zahiralardan oqilona foydalanish bo’yicha 2005 yilgacha mo’ljallangan davlat dasturi ishlab chiqildi. Respublikamiz rahbariyati ekologik muammolarnti tez va ijobiy hal qilishga, onalik va bolalikni himoya qilishga birinchi navbatda e’tibor bermoqdi. Respublikamiz Prezidenti I.Karimovning maxsus farmoni bilan “Sog’lom avlod uchun” ordeni va shu nomdagi jamg’arma tashkil etilganligi bunga misoldir. Zero, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog’lom avlodni tarbiyalash va millatni sog’lomlashtirish eng avvalo tabiatni, atrof-muhitni muhofaza qilish, uning sifatini yaxshilashni talab etadi. O’tmishdan ma’lumki, tabiat insoniyat uchun bebaho qadriyatdir. Inson tabiat bilan birga yashaydi, o’sadi va rivojlanadi. Insoniyat tabiatga bog’liq bo’libgina qolmasdan unga bevosita bog’liq hamdir. Tabiatga bog’liq omillar bu texnikaviy, iqtisodiy, ekologik munosabatlarni ham belgilaydi. Ana shu holat kishilarning atrof muhitga bo’lgan munosabatlarini muvofiqlashtirish zarurligini taqozo etadi. Tabiat, jamiyat va hayotni inson uchun yaratilgan moddiy – manaviy nemat sifatida talqin etish uni asrab avaylashga da‟vat etish qadimgi manaviy merosimizning buyuk gumanistik mavzuni tashkil etadi.”Avesto” – buning yorqin namunasidir. “Quroni karim” va “Hadisi sharif”da ham tabiatni 20 muhofaza qilish, boyitish pokiza saqlashga oid pand – nasihatlar o’z aksini topgan. Tabiat insoniyat uchun nafaqat iste’mol manbai, balki uning ma’naviyatini o’stirish, estetik dunyoqarashini tarbiyalash omili hamdir. Shu sababli tabiatning sofligini saqlash, uni ko’paytirish insoniyat istiqbolini kafolatlabgina qolmay, shu bilan birga kelgusi avlodning ma’naviy kamolotini ta’minlashga o’z hissasini qo’shadi. Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tabiatning insoniyat hayotiga faol ta’sirini quyidagicha ifodalaydi: “Tabiatga yaqinlik, jonajon o’lkaning benihoya go’zalligidan bahramand bo’lish ma’naviyatga oziq beradi, kuchaytiradi. Ma’naviyat o’z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifasini chuqur bilish va tushunib etishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. Tarixga murojat qilar ekanmiz, bu xalqning xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo’lmaganidek, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi”.8 O’zbek xalqining boy ma’naviy-madaniy merosi, milliy qadriyatlari o’sib kelayotgan avlodda eng oliy insoniy sifatlarni tarbiyalashda katta imkoniyatlarga ega. Markaziy Osiyo allomalarining jahon ilm-fani rivojini ta’minlagan ilmiy qarashlari o’zining pedagogik (ta‟limiy-tarbiyaviy) mohiyatiga ko’ra milliy qadriyatlar orasida alohida o’rin tutadi. Ular tomonidan ilgari surilgan hamda asrlar davomida yoshlarda atrof-muhitga to’g’ri munosabatni tarbiyalash, tabiat muhofazasi uchun mas’uliyat xissini shakllantirishga yordam beruvchi ekologiyaga oid qarashlaridan foydalanish bugungi kunda ham ekologik ta‟lim-tarbiyaning samarali bo’lishi uchun muhim g’oyaviy asos sanaladi. Boshlang’ich ta‟lim o’quvchilarda dastlabki ekologik bilimlarni berish, ularda yoshlikdanoq tabiat va atrof-muhitga mas’uliyatli yondashish ko’nikma va malakalarini tarbiyalashda alohida o’rin tutishini hisobga olgan holda boshlang’ich ta‟lim fanlari o’quv materiallarini mazmunan Markziy Osiyo allomalarining ekologiyaga oid qarashlari bilan boyitishga jiddiy e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Dars jarayonida ekologiyaga oid materiallardan foydalanish boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologik bilimlarini o’rganishga qiziqishni yuzaga keltiradi, shuningdek, milliyma’naviy qadriyatlar mohiyatini chuqur anglashlari uchun imkoniyat yaratdi.
Ekologik madaniyat haqidagi tushunchalarni shakllantirishda yozuvchi va shoirlarning asarlarini o’rganish juda muhimdir. Chunki yozuvchi va shoirlar o’z asarlarida inson va tabiat munosabati masalasini hech qachon chetlab o’tmaydilar.Ularning asarlarida ekologik tarbiya faqat tabiatni muhofaza qilish tarzidagina emas, balki insonparvarlik, inson tafakkurini rivojlantirish, ma‟naviy axloqiy xislatlarni tarbiyalash kabi muhim muammolar bilan bog’liq holda o’z ifodasini topadi. Badiiy adabiyot namoyandalari insonning o’zini ham tabiatning bir zarrasi sifatida dunyini o’zgartiruvchi, uni boyituvchi mavjudod degan nuqtai nazarni ilgari suradilar. Bu borada Alisher Navoiy asarlariga murojaat etish, undagi tabiat masalalarini tahlil etish o’quvchilarning ekologik madaniyat haqidagi tushinchalarini rivojlantiradi. Chunki Alisher Navoiy o’z ijodi va faoliyati davomida atpof-muhitga, tabiatning bir qismi bo’lgan insoniyat turmush 23 tarziga katta e‟tibor beradi. Inson saalomatligi uchun tabiatning qanchalik muhim ekanligini kishilar ongiga yetkazishga harakat qiladi. Shoir jismonan sog’lom, aqlan yetuk kishilarning ko’p bo’lishi uchun avvalambor “sog’lom ijtimoiy muhit” yaratish kerakligini nazarda titadi va bu ishlarni amalgam oshirishda o’zi bosh-qosh bo’ladi. U obi-hayot, suv muammosiga alohida e‟tiborini qaratadi. Navoiy ariq qazish, zovurlarni tozalash, suv chiqarish kabi ishlarga rahbarlik qiladi va o’zining asarlarida ham bu g’oyalarni ilgari suradi. Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” dostonida faqat sevgi sadoqatni kuylab qolmasdan, tl-yurt obodonchiligi, kishilarning baxt-saodati, sog’lom turmush tarsi, mardlik va jasurlik g’oyalarini ilgari suradi. Tabiat va ijtimoiy muhit qo’ynida kamol topgan Farhod obrazi orqali vatanparvar, xalqsevar, yuksak ma‟naviyatli, har tomonlama yetuk, jismonan sog’lim, ruhan pok, irodasi kuchli, tafakkuri serqirra, polvon, fozil va komil o’g’lon obrazini gavdalantiradi. Farhod bor kuch – g’ayratini insonlarning farovon turmush tarziga bag’ishlaydi. Ariqlar qazib, zovurlarni tozalaydi, tog’ – toshlarni yorib, suv keltiradi. Tabiatni obod qilib, insonlarga sog’lom turmush tarzini yaratadi. U birgina Shirinni sevib qolmasdan, balki uning Vatanini, elini, tabiatini ham e‟zozlaydi. Alisher Navoiy Farhodga o’xshash fozil va botir, bilagi kuchga to’lgan, irodali, ishbilarmon yoshlarning ko’payishini orzu qiladi. Mana shunday ”sog’lom avlod” ning o’sib ulg’ayishi uchun zarur bo’lgan sog’lom ijtimoiy muhit bo’lishi haqidagi ilg’or dolzarb, umumbashariy g’oyalarni ilgari suradi. Alloma uzoq o’lkalarning fasl o’zgarishlarini bir – biridan farqi, o’simlik va hayvonot dunyosining ham tabiatga moslashib yashashi, joy tanlashi kabi ma‟lumotlarni o’z davri nuqtai nazari bilan yondashgan holda kishilar ongiga yetqazishga harakat qiladi. Shoir kishilarning mavsum bilan bog’liq holda kiyinishini ham ta‟riflab o’tadi. Kiyim xushbichim va chiroyli bo’lishi, har bir 24 kishi yoshiga mos mato va rang tanlashi zarur ekanligini quyidagi hikmatli so’zlarda keltirib o’tadi: Quruq yog’ochqa erur, bog’lamoq shukufayu barg, Qariki istasa kiymak qizil, yoshil xil‟at. Qarigan odam qarigan paytida yoshlarga o’xshashni orzu qilib qizil yoki yashil libos kiysa, go’yoki bu qurigan yog’ochga gul va barg bog’lab qo’yish bilan barobardir. Navoiy tashabbusi bilan Hirotda ”Dorushshifo,” ya‟ni inson salomatligi uchun xizmat qiladigan davolash uyi ochiladi. Mana shu ashyoviy dalillarda bu ulug’ zotning tabobat fanini yaxshi bilishi, tabobat bilan qiziqishi, insoparvarlik harakatlari o’z ifodasini topadi. Alisher Navoiy ijodida ta‟biyatga oid g’oyalar, fikrlar va qarashlarni alohida o’rganish, yoshlarimiz ongida tabiat hodisalari, uning go’zalligiga, undagi mavjud jonsiz va jomli borliqqa nisbatan mehr – muhabbat, muruvvat, mehr – shavqat va nafosat tuyg’ularini rivojlantirishda muhim omildir.
Ekologik havfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi alohida e’tiborga molikdir. Bu muammo ona tabiat quchog’ida kamol topayotgan har bir insonning asosiy vazifasiga aylanmog’i lozim.. Lekin ba’zida ko’chadan ketaverib katta-katta axlat uyumlariga duch kelamiz, ko’chada papirosni tutaverib oxirida oyog’i ostida ezib bemalol ketayotgan, ko’chada ketaverib tupurib ketayotgan, mashinasining orqasian tutunlarni burqsitib, bemalol ketayotgan insonlarni, ariq suviga bemalol axlat ag’darayotgan kelinchakni, daraxtni sindirayotgan bolani, ko’chada xazon yoqayotgan qizaloqni, o’simlikni payxon qilayotgan odamni tez-tez uchratamiz. Lekin odamlar ularni ko’rib o’zlariga aloqasi yo’qdek o’tib ketaveradilar. Lekin bularning barchasi odamlarning sog’ligini kemirayotgani, bir qancha kasalliklarga asos yaratayotganligi, umrini qisqartirayotganligi hech kimning xayoliga kelmaydi. Sodir etilayotgan ekologik ahvolning asosiy sababi kishilarning hali tabiat qonunlarini chuqur bilmasligi, ya’ni ekologik bilimlar va tarbiyaning yetishmasligi va yaxshi yo’lga qo’yilmaganligining oqibatidir. Bir chet elda bo’lgan insonning aytgshanlari: “Men ko’chada ketaverib bilmasdan tupuribman. Shunda ikki kishi oldimga yugurib keldi va “Nega 29 tupurasan, axir biz bu havodan nafas olamizku, tezda tozalab ol” deb menga o’shqirishdi. Tavba, bular mehmonni ham bilishmaydi deb hayron bo’ldim”. Darhaqitqat mehmon o’z yo’liga lekin sog’lik hamma uchun birinchi o’rindagi muammo bo’lishi lozim. Yaponiya davlatida bir qancha cheklovlar borki, jumladan, tamakini ko’chada tutatib chekish mumkin emas, ko’chada axlatlarni tashlash mumkin emas va bular qonun bilan nazoratga olingan. Demak insonlarni tabiatni, uning sofligini asrashga o’rgatish kerakligi kechiktirib bo’lmaydigan ishdir. Buning uchun insonlarni juda kichikligidanoq (Hatto dunyoga kelganidan boshlab) ekologik madaniyatni tarbilash, buni ularning ongiga mustahkam singdirish kerak. Bu sohada oilaning, ya’ni ota-onalarning mas’uliyatini oshirish kerak. Chunki insonning ongi, xarakteri endi shakllanish davrida, asosan, otaonaning tarbiyasi muhim o’rin tutadi. Ota-onalarning o’zida eologik madaniyat shakllangan bo’lsagina ular bu sifatni bolalari ongiga singdira oladilar. Albatta, bunday sifatlarning shakllanishiga jamiyatdagi qonunlar muhim o’rin tutadi. Faqat qonunlargina insonlarni ba’zi majburiyatlarni bajarishga undaydi. Bola maktabga kelgan birinchi kundanoq tashqi olam, undagi uyg’unlik ona tabiat bizning yashashimiz uchun zarur bo’lgan barcha boyliklarni beradigan manba ekanini, uni avaylab-asrash kerakligini uqtirish zarurdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilari orasida ko’p hollarda turli qushlar, hayvonot olamiga nisbatan munosabat yaxshi deb bo’lmaydi. Ayniqsa undagi o’zaro bog’lanish va umumiylik haqidagi tasavvurning noto’g’riligi tufayli o’quvchilar orasida qushlarni tutib, qiynash, inlarini buzish, foydali qurtqumrsqalarni nobud qilish hollarining uchrashi tabiiy bir holdir. Ana shu nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi bola maktab ostonasiga ilk bora qadam qo’ygan kundanoq, uning ekologik 30 tasavvur va tushunchalarini o’stirishga harakat qilmog’i muhim ahamiyat kasb etadi. Agar boshlang’ich sinfdanoq bolaning ekologik tasavvur va tushunchalarini shakllantirish to’g’ri yo’lga qo’yilsa, uning murg’ak qalbida ona tabiatga nisbatan mehr uyg’onib, tabiatning jonkuyar va faol qo’riqchisiga aylanishi mumkin. Zero, kelajak ana shu murg’akkina bolakaylardan jamiyat oldidagi, ona zamin tabiat oldidagi o’z burchini to’la anglay oladigan barkamol insonlar shakllanmog’i lozim. Lekin o’quvchiga zamonaviy bilim berish uchun, uning ongi, tafakkuri, tushunchalarini to’g’ri shakllantirish uchun avvalo murabbiyning o’zi ana shunday bilimga ega bo’lishi lozim. Bu masalani yechmasdan turib, kelajak avlod tarbiyasi to’g’risida gapirishning o’zi mutlaqo nomaquldir.

Adabiyotlar ro’yxati:


  1. Egamberdiev R. Ekologiya. –T.: O’zbekiston, 1993.

  2. Tursunov X.T. Ekoloiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. –T.: Saodat RIA, 1997.

  3. Ergashev A., Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. –T.: Yangi asr avlodi, 2005.

  4. To’xtaev A., Xamidov A. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. –T.: O’qituvchi, 1995.

  5. www.ziyonet.uz

Download 26.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling