Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida
Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
majmua SIRTQI MO\'M-22
Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi:
1. Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O‘quv keyslari”), “Blist-so‘rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va b. 2. Interfaol ta’lim strategiyalari.“Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va k. Interfaol ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma’lum ma’noda strategic yondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko‘proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q. 3. Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konsteptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va b. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg‘ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko‘rinishda 62 ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham ko‘proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q. Interfaol ta’lim metodlarini ko‘pincha turli shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari texnologiyalari bilan bir vaqtda qo‘llanmokda. Bu metodlarni qo‘llash mashg‘ulot ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi. Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Interfaol ta’lim jarayonida dars o‘quvchilarning o‘zaro muloqotlari asosida amalga oshiriladi. Interfaol metod ta’lim jarayonida o‘qituvchilar va o‘quvchilar orasidagi faollikni oshirish orqali ularning o‘zaro harakati, ta’siri ostida bilimlarni o‘zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinflarda ”aqliy hujum”, ”6*6*6”, ”klaster”, “zakovatli zukko”, “qarama-qarshi munosabat”, ”ven diagrammasi”, ”insert”, ”topqirlik o‘yini” kabi interfaol metodlar muhim o‘rin tutishi amaliyotda o‘z tasdig‘ini topmoqda. Boshlang‘ich ta’limda matematika darslarini tashkil etish va uni o‘tkazishda interfaol metodlardan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari mavjud. Boshlang‘ich maktabda matematika ta’limi o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishga, o‘z fikrlarini mustaqil bayon qila olish, egallagan bilimlarini ijtimoiy faoliyatlarida qo‘llash hamda ta’limning ikkinchi bosqichida o‘qishni davom ettirish uchun matematik tayyorgarlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Matematika darslarida natural sonlar va nol to‘g‘risida tasavvurni shakllantirish, puxta hisoblash ko‘nikmalarini hosil qilish, amaliy masalalarni yechishda natural sonlar va arifmetik amallarni qo‘llay olishga o‘rgatish, eng sodda geometrik shakllar, ularni tekislikda tasvirlash xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lish hamda og‘zaki va yozma hisoblash va matematik munosabat belgilaridan foydalana olish malakasini hosil qilishga alohida e’tibor beriladi. Talabalar ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslaridan olgan bilim, malaka va ko’nikmalaridan foydalangan holda quyidagi savollarga javob berishadi: Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling