Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida
-savol: O’qitish metodlari deganda nimani tushunasiz?
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
majmua SIRTQI MO\'M-22
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-Seminar mashg‘uloti MAVZU:Boshlang’ich sinf matematika o’qitish metodikasining tadqiqot metodlari. Reja
1-savol: O’qitish metodlari deganda nimani tushunasiz?
2-savol: Og‘zaki va amaliy metodlar haqida gapiring? 3-savol: Boshlang‘ich sinfda matematika o’qitishda tadqiqot metodlari haqida tushuncha bering. 4-savol: Rеprоduktiv mеtоd va bilimlаrni muаmmоli bаyon qilish metodlarini izohlang. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1.Jumayev M.E. Matematika o‘qitish metodikasi (OO‘Y uchun darslik)Toshkent. . “Turon-Iqbol” 2016 yil 426 b. 2. Jumayеv M.E, Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasi. (OO‘Y uchun darslik.) Toshkеnt. “Fan va texnologiya” 2015 yil. 3. Jumayеv M.E, Boshlang`ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasidan praktikum. (O O‘Y uchun ) Toshkеnt. “O‘qituvchi” 2018 yil 242 b 4. Jumayеv M.E, Boshlang`ich sinflarda matеmatikadan laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish mеtodikasi. Toshkеnt. “Yangi asr avlodi” 2006 yil. 20 b. 5.Tadjiyeva Z.G.,Abdullayeva B.S.,Jumayev M.E.,Sidelnikova R.I.,Sadikova A.V.Metodika prepodavaniya matematiki.-T. “Turon-Iqbol” 2011. 336s. 2-Seminar mashg‘uloti MAVZU:Boshlang’ich sinf matematika o’qitish metodikasining tadqiqot metodlari. Reja: 1. Tadqiqot metodlari haqida tushuncha. 2. Boshlang‘ich sinflarda qo‘llaniladigan interfaol metodlar Maqsad: Boshlang‘ich sinflarda matematika darslarida interfaol metodlardan foydalanish ko’nikma va malakalarni shakllantirish hamda 1-4-sinf matematika darslarida interfaol metodlardan ( aqliy hujum, zig-zag, klaster, BBB, zakovatli zukko va boshqalar ) dan foydalanishga o’rgatish. 1. Interfaol metodlar - ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar. 2. Interfaol ta’lim strategiyalari - guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma’lum ma’noda strategik yondashuvga qiyoslanadi. 3. Interfaol grafik organayzerlar- bunday mashg‘ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko‘rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. 61 Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasi o‘sishiga olib keladi. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng ko‘p tarqalgan va barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qo‘llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari ko‘p bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonining deyarli hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo‘llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to‘g‘ri tanlash muammosini keltirib chiqargan. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling